Odam fiziologiyasi


Download 5.32 Mb.

bet16/70
Sana28.11.2017
Hajmi5.32 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70

orqali  isbotlab  berdi.  Quyon  b o‘ynidagi  simpatik  asab  elektr  toki  bilan 

ta’sirlansa,  shu  tomondagi  quloq  arteriyalari  va  arteriolalari  torayib,  quloq 

oqaradi,  uning  harorati  pasayadi  va  hajmi  kichrayadi.  Simpatik  asab  qirqib 

qo‘yilganda  shu  tomondagi  quloq  tomirlari  kengayadi,  quloq  qizaradi  va 

harorati  ko‘tariladi.  Buni  zamonaviy  izlanishlar  ham  tasdiqlab  berayapti, 

ya’ni  simpatik  asab  qon  tomirlariga  haqiqatan  ham  vazokonstriktor 

(tomirlami  toraytiruvchi)  ta’sir  etadi.

Tinch  holatda  tomirlarga  vazakonstriktor  tolalari  orqali  muntazam 

ravishda  asab  impulslari  boradi  ulaming  tonusini  saqlab  turadi.  Shu  sababli, 

simpatik  tolasi  qirqilganda  tomirlaming  kengayishi  kuzatiladi.  Aksincha 

simpatik  asablar  bosh  miya,  o ‘pka,  yurak  va  ishlayotgan  mushaklar 

tomirlariga  teskari  ta’sir  qiladi  ulami  kengaytiradi.  Simpatik  asablar 

qo‘z g ‘olganda  bu  a’zolaming  tomirlari  kengayadi.

Kengaytiruvchi  (vazodilatator) 

asablar 

parasimpatik  (adashgan) 

asablar  tarkibiga  kiradi.  Bu  asab  tolalari  simpatik  asab  hamda  orqa 

miyaning  orqa  ildizlari  tarkibiga  ham  kiradi.

Parasimpatik tabiatli  tomir kengaytiruvchi 

(vazodilatator) asab tolalari

Ilk  bor  bosh  miya  asablarining  VII  jufti  -  yuz  (bet)  asabining  tarkibida 

tomir  kengaytiradigan  asab  tolalari  borligini  Klod  Bemar  kashf  etgan.  U  bet 

asabiga  ta’sir  etib  jag‘  osti  bezi  tomirlarining  kengayishini  isbot  qilib 

bergan.  Bundan  tashqari,  hozirgi  kunda  bunday  asab  tolalari  til-yutqin  (bosh 

miyaning  IX  juft)  asabi  va  adashgan  (bosh  miyaning  X  juft)  asabi  tarkibida 

borligi  ham  aniqlangan.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Simpatik  tabiatli  tomir  kengaytiruvchi  (vazodilatator)  asab  tolalari

Simpatik  vazodilatator  tolalar  skelet  mushaklarini  innervatsiya  qiladi 

(boshqariladi).  Ularga  ta’sir  qilganda  tomirlar  kengayadi  va  jimsoniy 

mashqlar  paytida  skelet  mushaklarining  qon  aylanishi  kuchayadi.  Shunga 

qaramay?  arterial  bosimning  reflektor  boshqarilishida  simpatik  vazodilatator 

tolalar  ishtirok  etmaydi.

Orqa miyaning tomir  kengaytiruvchi  tolalari

Sezuvchi  (sensor)  tolalar  orqa  miyaning  orqa  ildizchalari  tarkibiga 

kiradi.  Ularning  periferik  qismlariga  ta’sir  qilganda  qon  tomirlarining 

kengayishi  kuzatiladi.

Tomirlar tonusining  gumoral  boshqarilishi

Tomirlar  tonusining  boshqarilishiga  kimyoviy  moddalar  ham  ta’sir 

etadi.  Qon  orqali  tarqaladigan  gormonlar,  tuzlar  va  peptidlar  tomir 

devorlariga  bevosita  ta’sir  qiladi  yoki  asablaming  oxiriga  vositali  ta’sir 

yetkazib,  qon  tomirlaming  faoliyatini  o 4zgaratiradi.

Qon  tomirlariga  ta’sir  yetkazadigan  gumoral  moddalar  ikki  guruhga ' 

bo‘linadi: 

tomir  toraytiruvchi 

va 

tomir  kengaytiruvchi. 

Tomirlami 

toraytiruvchi  moddalarga 

adrenalin,  noradrenalin  (buyrak  usti  bezlarining 

mag‘iz  qismi  gormonlari),  vazopressin  (gipofizning  orqa  bo‘limi  gormoni), 

buyrak  proteolitik  fermenti  -renin  ta’siri  ostida 

a^  -   globulindan  hosil 

boiadigan  neyropeptid-angiotenzin  «gipertenzin»,  biologik  faol  modda- 

serotonin  va  boshqa  kimyoviy  jihatdan  yaqin  bo‘lgan  moddalar  kiradi. 

Ko‘rsatilgan  gumoral  omillar  ko‘pincha  arteriya  va  kapillarlami  toraytiradj.  ,т_

Tomirlarni  kengaytiruvchi  moddalarga 

gistamin,  atsetilxolin,  to‘qima 

gormonlari-  kininlar,  prostoglandinlar  kiradi. 

Gistamin  -  oqsil  tabiatli 

modda 

b o iib ,  bazofillar  va  me’da  ichaklaming  devorlarida  hosil  boMadi. 

Gistamin 

faol  vazodilatator  hisoblanib,  ingichka  tolalami  -   arterial  va 

kapillarlami  kengaytiradi.  Atsetilxolin  esa  mahalliy  kichik  qon  arteriyalarini 

kengaytiradi.

Kininlaming  asosiy  vakili-bradikinin  hisoblanadi.  U  ham  kichik  qon 

arteriyalarini  va  prekapillar  sfinkterini  kengaytirib,  a’zolarda  qon  aylanishini 

kuchaytiradi. 

Prostoglandinlar  odam  organizmining  hamma  a’zo 

va 

to4qimalarida  mavjud.  Ulaming  ba’zi  vakillari  mahalliy  qon  tomirlami 

kengaytiradi.  Tomirlarni  kengaytiruvchi  moddalarga  sut  kislotasi,  kaliy  va 

magniy  ionlari  ham  kiradi.

Shunday  qilib,  qon  tomirlari  faoliyati,  ulaming  tonusi  asab  tizimi  va 

gumoral  omillar  orqali  boshqariladi.  Ularga  biologik  faol  moddalarining 

katta  guruhi  kirib,  vazokonstriktor  va  vazadilator  ta’sir  etadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Tomirlarni  harakatlantiruvchi markaziar

Tomirlar  markaziy 

asab 

tizimidan  keladigan 

impulslar  ta’sirida 

kengayadi  yoki  torayadi.  Arterial  tomirlaming  muayyan  darajada  torayishini 

ta’minlaydigan  asab  markazi  tomir  hairakatlantiruvchi  markaz  orqa  miyada 

joylashganini 

rus 

olimi 

V.F.Ovsyanikov 

1871 

yilda  aniqlagan. 

Bu 

markazning  qayerda  joylashganligi  miya  stvolini  turli  yeridan  qirqib  k o‘rish 

yo‘li  bilan  aniqlangan.  Miya,  agar  uzunchoq  miya  bilan  orqa  miya 

oralig‘idan  kesilsa,  uyqu  arteriyasida  tomirlarning  tonusi  pasayganligi 

sababli  qonning  maksimal  bosimi  m e’yordagi  100-120  mm  dan  60-70  mm 

ga  tushadi.  Keyinchalik  tomirlar  tonusining  muntazam  tiklanishi  kuzatiladi 

va  arterial  bosim  bosqichma-bosqich  ko‘tarilib  yuqori  darajada  saqlanib 

turadi.

Arterial  qon  bosimining  tiklanishi  orqa  miyaning  ко‘кгак  va  bel 

segmentlarida joylashgan  simpatik  asabni  boshlab  beradigan  neyronlar  orqali 

amalga  oshiriladi.  Bu  asab  hujayralari  tananing  turli  qismlarida  joylashgan 

qon  toniirlari  bilan  morfo-funksional  aloqada  b o‘lib,  orqa  miyaning  tomir 

harakatlantiruvchi 

markazlar  funksiyasini  bajaradi 

va  tomir  tonusini 

boshqarib  turishda  muhim  rol  kasb  etadi.

Uzunchoq  miya. 

F.V.Ovsyanikov  o ‘z  tajribalarida  hayvonlar  orqa 

miyasini  yuqorirog‘idan  (to‘rttepalikdan)  qirqib,  uzunchoq  miyada  tomir 

harakatlantiruvchi  markazning  mavjudligini  aniqlab  berdi.  Bu  markaz  orqa 

miyada  joylasiigan  tomir  haratlantiruvchi  markazlar  faoliyatini  boshqaradi, 

shu  bilan  birga  bu  ikki  markaz  orasida  afferent  va  efferent  bogianish 

borligini  ham  dalillar  bilan  isbotlab  berdi.

F.V.Ovsyanikovning  bu  taxminlarini  zamonaviy  fiziologiya  fani  ham 

ma’qulladi.  Tomirlami  harakatlantiruvchi  markaz-bu  juft  tuzilma  b o iib , 

rombsimon  miyaning  chuqurchasida  (IV  qorinchada)  joylashgan  b o iib , 

pressor 

va 

depressor 

boiim lar  deb  ataluvchi  ikki  qismdan  iborat  ekanligi 

yanada  sinchiklab  tekshirishda  m aium   b oidi.  Pressor  boiim ga  ta’sir 

etilganda  arteriyalar  torayadi  va  qon  bosimi  ko  tariladi,  depics»5oi  b oiim ga 

ta’sir etilganda  esa  arteriyalar  kcr

0 ’rta miya  va gipotalamus

Amerikalik  olim  N.Gerrik  ishlariga  ko‘ra,  o ‘rta  miyaning  neyronlariga 

ta’sir  yetkazib  tomir  tonusini  oshib  borishi  mumkin  buning  natijasida 

arterial  bosim  ham  k o‘tariladi.  Gipotlamusning  oldingi  guruh  yadrolari 

ta’sirlansa, 

tomirlar 

tonusi 

pasayadi 

va 

arterial 

bosim 

tushadi. 

Gipotlamusning  orqa  guruh  yadrolari  ta’sirlanganda,  aksincha,  tomirlar 

tonusi  va  arterial  bosim  ko‘tariladi.  Gipotalamusning  bu  ta’sirchanligi 

asosan  uzunchoq  miyadagi  tomir  harakatlantiruvchi  markazlar  orqali  amalga 

oshiriladi  (Baklavadjyan,  1989,  Latash,  1979).

www.ziyouz.com kutubxonasi



Tomirlar  tonusining  refleks yo‘li  bilan  boshqarilishi

Qon  tomirlari  tonusining  rsfleks  y o ii  bilan  o ‘zgarishi  -  

tomirlari 

refleksi 

rus'  olimi  V.N.Chemigovskiy  tasnifiga  muvofiq 

xos  va  birga 

o‘tuvchi  reflekslar 

deb  ikki  guruhga  boiinadi.  Xos  tomir  reflekslari 

tomirlaming  o ‘zlaridagi  retseptorlardan  keladigan  impulslar  ta’sirida  yuzaga 

chiqadi.  Tomirlar  tizimining  retseptor  elementlarga  juda  boy  bo‘lgan 

qismlari  refleksogen  mintaqalar  deb  ataladi.

Aorta  ravogida  joylashgan  retseptorlar  markazga  intiluvchi  asab 

tolalarining  oxirlari  b oiib ,  I.F.Sion  va  K.Ludvig  kashf  etgan 

depressor 

asabning  tarkibida  boiadi.  Bu  asabning  markaziy  uchiga  ta’sir  etilsa, 

adashgan  asab  yadrosining  tonusi  refleks  y o ii  bilan  oshadi  va  tomir 

toraytiruvchi  markaz  tonusi  refleks  y o ii  bilan  pasayadi,  shu  sababli  qon 

bosimi  pasayadi.  Natijada  yurak  faoliyati  tormozlanadi,  ichki  a’zolaming 

tomirlari  esa  kengayadi.  Quyonning  adashgan  asablari  qirqilgan  bo‘lsa, 

depressorga  ta’sir  etilganda  yurak  ritmi  sekinlashmay,  tomirlar  faqat  refleks 

yo‘li  bilan  kengayadi.

Karotid  sinusning  refleksogen  mintaqasidagi  retseptorlardan  markazga 

intiluvchi  asab  tolalari  boshlanadi,  ular  Gering  asabini  yoki  karotid  sinus 

asabini  hosil  qiladi,  bu  asab  til-halqum  asabining  tarkibida  miyaga  kiradi.

Tomirlarning  refleksogen  mintaqalaridagi  retseptorlari  ulardagi  qon 

bosimi  ko‘tarilganda  q o‘z g ‘alganligi  uchun  ularni 

pressoretseptorlar 

yoki 

baroretseptorlar 

deb  atashadi.  Ikki  tomondagi  sinokarotid  va  aortal  asablar 

qirqib  qo‘yilsa,  tomirlar 

gipertoniyasi 

ro‘y  beradi,  ya’ni  qon  bosimi 

ko‘tariladi:  itning  uyqu  arteriyasidagi  qon  bosimi  odatdagi  100-120  mm 

o ‘miga  200-250  mm  simob  ustuniga  yetadi.

Qon  bosimi  barqaror  ko‘tarilsa,  impulsatsiya  to‘xtovsiz  davom  etadi  va 

tomir  toraytiruvchi  markaz  tonusining  refleks  y o ii  bilan  pasayishiga  sabab 

boiadi,  shu 

sababli  tomirlar  kengayib  arterial  bosim  pasayadi 

(depressor 

refleks). 

Tomirlardagi  faqat  pressoretseptorlar  qo‘z g ‘alishi  natijasidagina 

emas, 

balki 

qon 

kimyoviy 

tarkibining 

o ‘zgarishiga 

sezgir 

bo‘lgan 

xemoretseptorlarning 

q o‘zg ‘alishi  natijasida  ham  qon  bosimi  refleks  y o i i  

bilan 

boshqariladi. 

Bunday 

xemoretseptorlar  aortaning 

k o ‘taraladigan 

qismining  tashqi  qavatidagi  aortal  tanachada  va  umumiy  uyqu  arteriyasining 

shoxlanadigan  joyidagi  karotid  tanachada  to‘plangan.  Xemoretseptorlar 

qondagi  So2ga  va  kislorod  yetishmasligiga  sezgir;  ularga  is  gazi  (SG), 

sianidlar,  nikotin  ham  ta’sir  etadi.  Qo‘zg‘alish  bu  retseptorlardan  markazga 

intiluvchi  asab  tolalari  orqali  o ‘tib,  tomirni  harakatlantiruvchi  markazga 

boradi  va  uning  tonusini  oshiradi.  Natijada  tomirlar  torayib,  qon  bosimi 

ko‘tariladi.  Shu  sabab  bilan  bir  vaqtda  nafas  markazi  ham  q o ‘z g ‘aladi.

Shunday  qilib,  aorta  va  uyqu  arteriyasidagi  xemoretseptorlaming 

ta’sirlanishi  natijasida 

tomirlarning  pressor  reflekslari 

yuzaga  chiqadi.  Bu 

reflekslarda 

arteriyalaming 

torayishi 

tufayli 

qon 

bosimi 

ko‘tariladi, 

pressoresitorlar  ta’sirlanganda  esa 

depressor  reflekslar 

yuzaga  chiqadi.  Bu 

reflekslarda 

arteriyalarning 

kengayishi 

tufayli 

qon 

bosimi 

pasayadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



V.N.Chemigovskiy  va  boshqa  mualliflar  taloq,  buyrak  usti  bezi,  buyraklar, 

ko‘mik 

tomirlarida 

ham 

xemoretseptorlami 

topishgan. 

Ular 

qonda 

boMadigan  atsetilxolin,  adrenalin,  neyropepidlardan:  beta-endorfin,  enkefalin, 

dalargin,  bombezin,  dermorfin,  P-moddasi  va  boshqa  turli  kimyoviy 

birikmalarga  sezgir.  Xemoretseptorlaming  ta’sirlanishi  natijasida  qon  bosimi 

aksari 

ko‘tariladi. 

Tomirlarda 

baro-presso 

va 

xemoretseptorlar 

mavjudligidan,  qon  bosimi  murakkab  ravishda  boshqarilib  turadi  va  u  biror 

sabab  bilan  me’yordan  ko‘tarilgan  yoki  pasaygan  taqdirda  refleks  y o ii  bilan 

tez  baravarlashib  qoladi.

Birga  o ‘tuvchi  reflekslar  k o‘pincha  arterial  bosimning  ko‘tarilishida 

namoyon  boiadi.  Bunday  reflekslarni  tana  yuzasidagi  retseptorlarga  ta’sir 

etib  yuzaga  chiqarish  mumkin.  Masalan,  o g ‘rituvchi  ta’sirotda  tomirlar 

(ayniqsa,  qorin  bo‘shlig‘ining  a’zolaridagi  tomirlar)  refleks  y o ii  bilan 

torayadi  va  arterial  bosim  k o‘tariladi.  Qirqib  qo‘yilgan  har  qanday  sezuvchi 

asabning  markaziy  qismiga  kuchli  elektr  toki  bilan  ta’sir  etilganda  ham 

shunday  natija  olish  mumkin.  Teriga  sovuq  ta*sir  qilganda  ham  tomirlar 

(asosan  teri  arteriyalari)  torayadi.

Tomirlar tonusining kortikal  boshqarilishi

Bosh  miya  yarimsharlari  po‘stlog‘inmg  tomirlarga  ta’siri  birinchi  marta 

po‘stloqning  muayyan  qismlarini  ta’sirlash  y o ii  bilan  isbot  etilgan.  Odamda 

tomirlaming  kortikal  (po‘stloq) 

reaksiyalari  shartli  reflekslar 

usulida 

o'rganilgan.  Bu  tajribalarda  tomirlarning  torayganligi  yoki  kengayganligi 

biror  a’zo,  masalan  q o‘l  hajmining  o ‘zgarishidan  pletizmografiya,  usulining 

yordami  bilan  bilinadi.  Tomirlar  toraysa  a’zoning  qonga  toiish i,  binobarin 

hajmi  ham  kamayadi.  Tomirlar  kengayganda  esa,  aksincha,  a’zoning  qonga 

toiish i  va  hajmi  ortadi.  Biror  ta’sirot,  masalan,  terining  biror  qismini  isitib, 

periferik  tomirlami  refleks  y o ii  bilan  kengaytirish  yoxud  terining  biror 

joyini  sovitib  yoki  o g ‘rituvchi  ta’sirot  berib,  periferik  tomirlami  toraydrish 

bilah  birga  birorta  indifferent  ta’sirlovchi  (tovush,  yorug‘lik  va  h.k.) 

qoilanilsa,  bir  qancha  marta  shunday  birga  ta’sir  etishdan  so‘ng  indifferent 

ta’sirlovchining  o ‘zi  oldin  u  bilan  birga  berilgan  shartsiz  issiq,  sovuq  yoki 

o g ‘riq  Ufsiroti  kabi  tomirlar  reaksiyasini  vujudga  keltiradi.

Ilgari  indifferent  boigan  ta’sirotga  tomirlar  shartli  refleks  y o ii  bilan, 

ya’ni  bosh  miya  yarim  sharlari  po‘stlog‘i  orqali  javob  beradi.  Bunday 

hollarda  teriga  hyech  qanday  ta’sir  k o‘rsatilmagan  b o isa   ham,  odamda 

tegishli  sezgilar  (issiq,  sovuq  yoki  o g ‘riq  sezgisi)  paydo  boiadi.

Sportchilar  mashq  yoki  musobaqa  boshlashdan  avval  startda  turganda 

yurak  faoliyati  va  tomirlar  tonusi  o ‘zgarishi  sababli  qon  bosimining 

ko‘tarilishi  ham  bosh  miya  yarim  sharlari  po‘stlog‘ining  ta’sir  etishini 

ko‘rsatadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Fiziologik  tinch  holat  sharoitlarida  qon  tomirlarda  60-70%  qon  mavjud. 

Bu  qon  miqdori 

sirkulatsiya  (aylanib  yuradigan) 

qoni  deb  ataladi.

Qolgan  30-40%  qon  miqdori  maxsus  qon  depolarida  qon  zahirasi 

sifatida  saqlanib  qoladi  va  shu  sababli  uni 

zaxiraviy  qon 

deb  atashadi. 

Shunday  qilib,  aylanib  yuruvchi-sirkulator  qon  miqdori  qon  depolaridan 

umumiy  qon  aynalishiga  chiqadigan  qon  hisobidan  oshishi  mumkin  bo‘ladi.

Qon  depolariga  taloq,  jigar,  teri  ostidagi  tomirlar  va  o ‘pka  kiradi. 

Taloqda  500  ml  qon  bor,  u  sirkulatsiyaga  deyarlik  butunlay  qatnashmasligi 

mumkin.  Jigar  tomirlarida  va  teri  ostidagi  tomirlar  chigalida  (odamning 

shunday 

chigalida 



litrgacha 

qon 

b o ‘lishi 

mumkin) 

qon 

boshqa 

tomirlardagiga  nisbatan  ancha  (10-20  baravar)  sekin  aylanadi.  Shuning 

uchun  bu  a’zolarda  qon  ushlanib  qoladi  va  ular  g o ‘yo  qon  rezervuarlari, 

boshqacha  aytganda, 

qon depolari 

hisoblandi.

Taloqdagi  qonda  eritrotsitlar  tomirlarda  aylanib  yurgan  qondagiga 

nisbatan  ko‘proq  va  gemoglobini  ham  15%  ortiq  b o‘lgani  uchun  taloqdagi 

qon  umumiy  sirkulatsiyaga  qo‘shilishi  bilan  kislorod  ham  ko‘proq  tashiladi.

Qondagi  kislorod  miqdori  kamayganda  taloq  refleks  y o ‘li  bilan 

qisqaradi  va  o ‘zidan  qo‘shimcha  miqdorda  qon  siqib  chiqaradi.  Shuning 

uchun:  1)  qon  y o ‘qotilganda,  2)  atmosfera  bosimi  yoki  qondagi  kislorodning 

parsial  bosimi  pasayganda,  3)  is  gazidan  zaharlanishda,  4 )exloroform  yoki 

efir  narkozida,  5)  jismoniy  ish  bajarishda  va  shunga  o ‘xshash  holatlarda 

taloq  qisqaradi.

Organizm  tinch  turganda  taloq  kengaygan,  k o‘proq  qonga  toigan,  shu 

tufayli  sirkulatsiyada  qon  miqdori  kamaygan  boiadi.

Taloq  va  jigarning  qonga  toiish i,  binobarin,  qon  depolari  sifatidagi 

funksiyasi 

refleks 

y o ii 

bilan 

boshqariladi. 

Simpatik 

asab 

tizimi 

quzg‘olganda  taloqning  qisqarishi  yuzaga  chiqadi  va  qon  tomirlarga  o ‘tadi. 

Adashgan  asab  quzg‘olganda  esa,  aksincha  taloq  qon  bilan  to‘yiladi.

Katta  yoshdagi  odamlaming 

o‘pka  va  jigaridagi 

qon  tomirlarida 

m aium   bir  miqdor  qon  ushlanib  qoladi.  Jigaming  tomir  tizimida  0,6  1 

gacha  qon  zahira  b o iib   tursa,  o ‘pkaning  qon  tomirlarida  uning  miqdori  0,5 

dan  1,2  1  gacha  yetadi.

Jigar  qon  deposi  sifatida  katta  ahamiyatga  ega.  Jigar  venalarining  yirik 

tarmoqlari  devorida  mushak  to‘tamlari  bor,  ulardan  sfinkterlar  (halqasimon 

qisqich  klapanlar)  paydo  boiadi,  bular  qisqarganda  quyiladigan  joyi  torayib 

jigardan  qonning  oqib  chiqib  ketishi  qiyinlashadi.  Shu  tariqa,  jigarda  qon 

ushlanib  qoladi  va  bu  a*zo  qonga  k o‘proq  to‘lishadi.  Jigardagi  qon  umumiy 

sirkulatsiyadan  taloqdagi  qon  kabi  chetda  qolmaydi,  biroq  jigar  venalaridagi 

sfinkterlar  qisqargan  bo‘lsa  qon  yurishi  susayadi.

Teri  ostidagi  qon  tomirlarida  1  1  gacha  qon  zaxira  b o iib   turadi.  Uning 

asosiy  miqdori  qorin  bo‘shligida joylashgan  turli  a*zolar  venalarida  saqlanib, 

vegetativ  asab  tizimi  orqali  boshqariladi,  taloq,  jigar  va  qon  tomirlari  singari 

o'z  funksiyalarini  bajarib  boradi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Organizmda umumiy  qonning  taqsimlanishi

Qon  tomirlarda  umumiy  qonning  miqdori  5-6  1  ga  teng,  ammo  qonning 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling