Odam fiziologiyasi


Organizimning  faoliyatiga  va  tashqi  muhit  sharoitiga  yarasha  qon  biian


Download 5.32 Mb.
Pdf просмотр
bet13/70
Sana28.11.2017
Hajmi5.32 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70

Organizimning  faoliyatiga  va  tashqi  muhit  sharoitiga  yarasha  qon  biian 

ta’minlanishi  ko‘p  jihatdan  shunga  bog‘liq. 

Yurak  ishining  bundav 

o ‘zgaruvchanligi  va  organizm  talablariga  moslanishi  ekstrakardial  asab 

boshqarish  mexanizmlari  orqali  amalga  oshiriladi.  Tabiiy  sharoitda  yurak 

ishining  boshqarilishida  markaziy  asab  tizimi  (MAT)  dan  simpatik  va 

parasimpatik  (adashgan,  sayyor)  asablar  orqali  keladigan  impulslar  yetakchi 

rol  o ‘ynaydi.  Bu  impulslar  yurak  urishi  tezligi  (xronotrop  ta’sir),  kuclii 

(inotrop  ta’sir) 

va  o ‘tkazuvchanligini  (dromotrop  ta’sir) 

o ‘zgartirishi 

mumkin.

Sensor  (sezuvchi)  neyronlarda  elektrik  jarayonlarining  tahlilicha  yurak 

b o‘lmalarida  ikki  xil 

mexanorseptorlarning 

borligi  aniqlangan.  Sistola 

davomida  A-mexanoretseptorlar  va  diastolada  B-mexanoretseptorlar  javob 

berishadi.  Bundan  tashqari,  yurakning  subendokardial  tuzilmasida  asab 

uchlari  joylashib,  ularning  bir  qism  tolalari  simpatik  asab  tizimiga  tadi.

Yurakka  markaziy  asab  tizimining  simpatik  va  adashgan  asab  tolalari 

orqali  keluvchi  impulslar  yurakning  asab  boshqarilishini  amalga  oshiradi. 

Barcha  vegetativ  asablar  singari,  yurak  asablari  ham  ikki  neyrondan  tarkib 

topgan.  Uzunchoq  miyada joylashgan  birinchi  neyronning  o\siqlari  adashgan 

asabni  hosil  qiladi.  Bu  neyron  yurakning  intramural  tugunlarida  tugaydi. 

Shu  yerdagi  ikkinchi  neyronning  o ‘siqlari  sinoatrial  tugunga,  bo‘lmalarning 

mushak  tolalariga  va  atrioventrikular  tugunga  boradi.  Yurak  qorinchalari 

adashgan  asabdan  innervatsiya  olmaydi  (23-rasm).

Yurakka  q o‘z g ‘alishni  o4kazuvchi  simpatik  asab  tizimining  birinchi 

neyronlari  orqa  miya  ko‘krak  b o‘limining  yuqoridagi  bita  segmentining  yon 

shoxlarida  joylashgan.  Bu  neyronlarning  o ‘siqlari  bo‘yindagi  va  ko‘krak 

yuqorisidagi  simpatik  tugunlarda  tugaydi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



23-rasm.  Yurakning  um um iy  innervatsiyasi.

1-miyacluining  ta 'siri;  2-solitar yadrolar;  3-gipotalamik  ta ’sir;  4-periferik  mexano  va 

xemoretseptorlarninq  ta'siri;  5-adashgan  asabning  yadrosi;  6-adashgan  asabning  n ‘zi;  7- 

yurak:  8-  metasimpatik  asab  tizimi;  9-simpatik  tugun;  IO-orqa  miya;  ll-q o n   tomirlarini 

harakatlantiruvchi  markazining  yadrosi;  12-  miya  stvolining  yadrolari;  I3-miya  stvoli.

Adashgan asablaming yurakka ta’siri

Adashgan  asablarning  yurakka  ta’sir  etishini  nemis  olimlari  aka-uka 

Veberlar  1845  yilda  birinchi  marta  k o ‘rsatib  berishgan.  Ular  bu  asablarga 

clektr  toki  bilan  ta’sir  etilganda  yurak  ishdan  butunlay  to‘xtab  qolishgacha 

tormozlanishini  aniqlashdi.  Umuman,  organizmda  asablaming  tormozlovchi 

ta’sir  ko‘rsatishi  birinchi  marta  shu  tariqa  aniqlangan  edi.

Adashgan  asabni  qirqib,  periferik  (atrofiy)  uchiga  elektr  toki  bilan 

ta'sir  etilganda,  yurak  qisqarishi  ta’sirot  kuchiga  bogliqligi  ham  aniqlangan. 

Ta'sirot  kuchi  past  b oisa,  yurak  qisqarishlari  sekinlashadi  (yurak  siyrakroq 

uradi).  Bu  hodisa 

manfly  xronotrop  samara 

deb  ataladi.  Yurakning 

qisqarish  amplitudasining  kamayashi 

manfiy  inotrop  samara 

deyiladi.  (24- 

rasm)

Adashgan  asabga  elcktr  toki  bilan  kuchli  ta’sir  berilsa,  yurak  faoliyati 

■isqa  vaqt  davomida  to‘xtalib  qoladi.  Buning  sababi  adashgan  asabga  ta'sir 

nil^yotgan 

vaqtda 

yurak 

mushakining 

q o‘zg‘aluvchanligi 

pasayadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Modomiki  shunday  ekan,  uni  ko‘zatish  uchun  ancha  kuchli  ta’sirotdan 

foydalanish  kerak  b o‘ladi.  Qo4zg ‘aluvchanlikning  adashgan  asab  (nelvus 

vagus)  ta’sirida  shunday  pasayishi 

manfiy  batmotrop  samara 

deb  aytiladi. 

Adashgan  asab  ta’sirlanganda  yurakning  o ‘tkaznuvchanligi  yomonlashadi  - 

manfiy dromotrop samara 

kuzatiladi.

Adashgan  asab  ta’sirlanganda  hujayra  membranasi  potensialining  ortishi 

giperpolarizatsiya 

va  uning  kamayaishi 

depolarizatsiya 

deyiladi

Simpatik asablarning yurakka ta’siri

Sipatik  asablarning  (n.  Sympaticus)  yurak  faoliyati  bilan  aloqadar 

ekanligini  ilk  bor  1867  yilda  I.F.Sion,  keyinchalik  rus  olimi-akademik 

Pavlov  I.P.  ham  o ‘rganishgan.  Ular  yurakka  boradidan  simpatik  asab 

tolalariga  elektr  toki  bilan  ta’sir  etib  yurak  faoliyatining  tezlashuvini 

tajribada  isbot  qilib  berishdi.  Bu  tolalarni  I.F.Sion 

yurakning  tezlashuvchi 

asablari 

deb  atagan.

1887  yilda  I.P.Pavlov  yurak  faoliyatini 

kuchaytiruvchi 

asab  tolalarini 

(musbat  inotrop  samara) 

ni  topdi.  Uning  fikricha,  kuchaytiruvchi  asab 

tolalari  maxsus  trofik-ya’ni  moda  almashinuvi  jarayonlarini  rag‘batlantirish 

y o ii  bilan  yurakka  ta’sir  qiluvchi  tolalardir.  Simpatik  asablar  tolalari 

ta’sirlanganda  yurakda  qo‘zg‘alishning 

o ‘tishini 

yaxshilaydi 

(musbat 

dromotrop  samara) 

va  uning  qo‘zg ‘aluvchanligini 

oshiradi 

(musbat 

batmotrop samara) 

(25-rasm).

Shunday  qilib,  organizm  faoliyati  uchun  yurak  asablarining  ahamiyati 

juda  katta.  Bu  ikala  asab  yurak  ishini  muvozanatga  solib  turadi.  Jismoniy 

mashqlar  vaqtida  yurakning  tezroq  urushi  ma’lum.  Buning  sababi,  shuki, 

jismoniy  ish  vaqtida  adashgan  asab  markazining  tonusi  pasayadi,  simpatik 

asab  markazining  tonusi  esa  oshadi,  natijada  yurakning  qisqarish  faoliyati 

oshadi.

Yurakning  ishi  shu  ikala  asabning  kelishib  ishlashi  (resiprok  faoliyati) 

ga  va  organizm  hayotining  me’yoriy  sharoitida  ulardan  kelayotgan  asab 

impulslarining  o ‘zaro  ta’siriga  ko‘p  jihatdan  bogiiqdir.

Yurak faoliyatining gumoral (qon orqali) boshqarilishi

Yurak  faoliyati 

gumora! 

(qon  orqali)  y o ‘l  bilan  ham  boshqariladi. 

Qo‘zg‘algan  asablar  oxirlarida 

biologik  faol  moddalar 

hosil  boiib,  ular 

orqali  qo‘zg ‘alish  bir  hujayradan  ikkinchi  hujayraga  o ‘tadi.  Bu  moddalar 

«kimyoviy  ko‘prik» 

vazifasini  bajaradi  va 

mediatorlar 

deb  ataladi. 

Kimyoviy  qo‘z g ‘alish  yoki  tormozlanish  jarayonlarini  amalga  oshiradigan 

moddalar  haqida  ilk  bor  1921  yilda  O Levi  tadqiqotlar  o ‘tkazgan:  Uning

www.ziyouz.com kutubxonasi



fikricha,  qondagi  gormonlar  va  tuzlar  yurakning  faoliyatiga  ta’sir  etadi. 

Masalan,  buyrak  usti  bezining  mag‘iz  qismida  ishlab  chiqariladigan 

adrenalin  va  noradrenalin  gormonlar,  xuddi  simpatik  va  adashgan  asablarga 

o‘xshab,  yurak  faoliyatiga  ta’sir  etadi.  Adrenalin  yurak  ishini  tezlashtiradi 

va  qisqarish  kucbini  oshiradi,  shu  sababli  «simpatikusshtoff»  deyiladi. 

Noradrenalin  esa,  aksincha  yurakning  qisqarish  kuchini  kamaytiradi,  uning 

ishi  sekinlashadi  «vagusshtoff»  deyiladi.

Adrenalin  hissiyot,  jismoniy  mashqlar  va  boshqa  holatlarda  qonga 

o‘tib,  kardiomiotsitlarning  beta-adrenoretseptorlariga  ta’sir  qiladi.  Natijada, 

hujayra  ichidagi 

adenilatsiklaza 

fermentini  faollashtiradi  va  siklik 

adenozinmonofosfat  AMF  -  ning  hosil  bo‘lishida  ishtirok  etadi.  0 ’z 

navbatida  CAMF  fosforilaza  degan  fermentni  faolsizlik  holatidan  faol 

shakliga  aylantiradi,  chunki  faol  fosforilaza  yurak  miokardi  uchun  eng 

asosiy  energiya  manbai  hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  adrenalin  hujayra 

membranasidan  Ca2+  ionlami  o‘tkazishda  kaUa  rol  o‘ynaydi.

Me’da  osti  bezining  gormoni-insulin  ham  katta  ahamiyatga  ega.  U  ta’sir 

qilganda  yurak  musbat  inotrop  javob  beradi.  Qalqonsimon  bezining 

gormoni-tiroksin  yurak  qisqarish  tezligini  va  yurak  sezgirligini  simpatik 

asab  va  «simpatikusshtoff»  moddalar  oshiradi.  Buyrak  usti  bezining  po*stloq 

qavatida  kortikosteroidlar  degan  faol  biologik  polipeptid-angiotenizin  va 

ichak  enteroxromaffin  hujayralar  gormoni-serotonin  miokardning  qisqarish 

kuchini  oshiradi.

24-rasm .  B a q a   y u ra g ig a   ada sh g a n   asabning  t a fsiri.

www.ziyouz.com kutubxonasi



25 -ra sm

.  B aqa  yu ra g ig a   sim p a tik  asabning  t a fsirL

Yurakning  miTtadil  hayot  faoliyatida  elektrolitlar  muhim  rol  o4ynaydi. 

Qondagi  kaliy  va  kalsiy  tuzlari  konsentratsiyasining  o‘zgarishi  yurak 

avtomatiyasiga,  uning  qo*zg‘alish  va  qisqarish  jarayonlariga  g‘oyat  katta 

ta’sir  ko‘rsatadi.

Kaliy  (K+)  ionlariniiig  ko‘p  boiishi  (giperkaliyemiya)  yurak 

faoliyatining  hamma  tomonlarini  susaytiradi,  уигакл  ritmiga  manfiy 

xroootrop  ta'sir  etadi,  yurakning  qisqarishlar  amplitudasini  kamaytiradi 

(manfiy  inotrop  ta’sir),  yurak  va  qo‘zg‘alishning  o‘tishini  yomonlashtiradi 

(manfiy 

dromotrop 

ta’sir), 

yurak  mushakining  qo‘zg‘aluvchanligini 

pasaytiradi  (manfiy  batmotrop  ta’sir).  Kaliy  ionlari  ko‘p  boiganda  yurak 

diastola  fazasida  to‘xtab  qoladi.  Qonda  kaliy  ionlari  kamayganda 

(gipokaliyemiya)  ham  yurak  faoliyati  keskin  darajada buziladi

Kalsiy  (Ca**)  ionlarining  ko‘p  boiishi  aksincha:  musbat  xronotrop, 

ionotrop,  dromotrop  va  batmotrop  ta’sir  ko‘rsatadi.  Kalsiy  ionlari  ortiqcha 

bo‘lganda  yurak  sistola  fazasida  to‘xtab  qoladi.  Qonda  kalsiy  ionlari 

kamayganda yurak  qisqarishlari  susayadi.

Yurak faoliyatining reflektor boshqarilishi

Qon  aylanish  tizimida  gemodinamika  uchun  muhim  bir  qator  reflekslar 

mavjud.  Bu  reflekslar  uchun  eng  asosiy  xossalar  shundan  iboratki,  ularning 

organizmda  joylashgan  doimiy  retseptiv  madyonlari  bor.  Demak,  har  bir 

refleksning  ro‘yobga  chiqishi  uning  retseptor  qismining  morfologik 

butunligiga  bog‘liq.  Har  bir  retseptiv  maydonlarida  turli  miqdorda 

xemoretseptorlar 

va 

mexanoretsptorlar 

joylashgan 

boiib, 

gemodinamikaning 

ko‘pdan-ko‘p 

o‘zgarishlariga 

javob 

qaytaradi. 

Retsetorlarda  paydo  boigan  asab  impulslari  sezuvchi  asab  tolalari  orqali

www.ziyouz.com kutubxonasi



uzunchoq  miya  va  markaziy  asab  tizimining  boshqa  qismlarida  joylashgan 

qon  aylanish  (sirkulatsiya)  markazlariga  boradi.

Yurak  faoliyatini  boshqarishda  uzunchoq  miya  bilan  orqa  miyadagi 

markazlardan  tashqari,  gipotalamus,  gippokamp,  amigdala  va  bosh  miya 

yarim  sharlar  po‘stlog‘ida  joylashgan  qon  aylanish  markazlari  ham  mavjud. 

Oraliq  miyaning  gipotalamus  sohasiga  ta’sir  ctilganda  yurak  faoliyati 

kuchayadi  va  tczlashadi.  Miyacha  va  bosh  miya  yarim  sharlar  po‘stlog4ining 

motor  va  premotor  mintaqalariga  yurak-qon  tomirlaridan  afferent  asablar 

kelib  qo‘shiladi.  (Baklavadjyan,  1999).  Demak,  yurak  faoliyati  markaziy 

asab  tizimining  sanab  o ‘tilgan  barcha  sohalari  ishtirokida  refleks  y o ‘li  bilan 

boshqariladi.  Shunday  qilib,  reflektor  reaksiyalar  yurak  qisqarishlarini 

tormozlashi-sekinlatishi  ham  susayti«-*::hi 

(vagal 

reflekslar) 

va  q o ‘zg ‘atish- 

re7latishi  kuchaytirishi  ham 

mumkin 

(simpatik  reflekslar). 

Tomirlar 

-.irnining 

ba’zi 

qismlarida 

joylashgan 

retseptorlar 

yurak 

ishining 

'oshqarilishida  alohida  rol  o ‘ynaydi.  Ular  qon  tomirlardagi  qon  bosimning 

• :  zgarishidan  yoki  gumoral  (kimyoviy)  ta  sirotlardan  qo‘zg*atadi.  Shunday 

rctscpiorlar  to‘plami 

tomirlarning  refleksogen  mintaqalari 

deb  ataladi.

Uyqu 

arteriyasi 

ikkiga 

boiinadigan 

sohadagi 

refleksogen 

mintaqalarning  ahamiyati  ayniqsa  katta.  Markazga  intiluvchi  asablaming  shu 

yerdagi  oxirlari  ta’sirlangandan  yurak  qisqarishlari  refleks  y o i i .  bilan 

sekinlashadi.  Bu  asablaming  oxirlari 

pressoretseptorlardan 

iborat.  Bular 

qaysi  tomirlarda  joylashgan  b o isa ,  o ‘sha  tomirlardagi  qon  bosimining 

koiarilishi 

sababli 

shu 

tomirlarning 

cho‘zilishidan 

tabiy 

ravishda 

ta’sirlanadi.  Pressoretseptorlardan  afferent  asab  impulslari  kelib,  adashgan 

asab 

yadrolarining 

tonusini 

oshiradi, 

bu 

esa 

yurak 

qisqarishlarini 

sekinlashliradi.  Tomirlarning  refleksogen  mintaqasi  va  bosimi  qancha  yuqori 

b oisa,  pressoretseptorlardan  impulslar  shuncha  ko‘p  keladi.

Tanamizning  har  bir  qismidagi  sezuvchi  asablarning  ta’sirlanishi  . 

yurakning  ishida  aks  etadi.  Xilma-xil  ta’sirIovchilar,  ya’ni  issiq,  sovuq, 

qattiq  o g ‘riq,  shuningdek  qo‘rqish,  g ‘azablanish  va  boshqa  hissiyotlar 

yurakning  ishini  sekinlashtiradi  yoki  tezlashtiradi.

Sovuq  yoki  o g ‘riqning  ta’sir  etishi  natijasida  kelib  chiqqan  q o ‘zg ‘alish 

simpatik  asablaming  markazlariga  -   orqa  miyaga  boradi,  issiqlikning  ta’sir 

ctishi  natijasida  kelib  chiqqan  q o ‘zg‘alish  esa,  adashgan  asablaming 

markazlariga  -  uzunchoq  miyaga  boradi.

Quyidagi  tajriba  yurak  faoliyatining  refleks  y o ii  bilan  o ‘zgarishiga 

misol  b o ia   oladi.  Yurakning  ishini  kuzatish  uchun  baqaning  k o‘krak  qafasi 

cehiladi.  So‘ngra  baqaning  qorniga  uriladi.  Bu  vaqta  yurakning  ishi 

sckinlashadi  yoki  tamomila  to‘xtaydi.  Bunda  yurak  refleks  y o ii  bilan  sekin 

ishlaydi  yoki  ishlamay  qo‘yadi.  Qoringa  urilganda  kelib  chiqadigan  kuchli 

qo  / g ‘alish  uzunchoq  miyaga  o ‘tib,  adashgan  asablaming  markaziga  yetib 

''oradi.  Qo‘zg*alish  adashgan  asablar  markazidan  adashgan  asablar  orqali

www.ziyouz.com kutubxonasi



yurakka  kelib,  uning  ishini  sekinlashtirib  qo‘yadi.  Bu  vagal  refleksning 

mumtoz  misolini  1860  yilda  F.Gols  ta’rif  etgan,  shuning  uchun  bu  refleks 

Gols  refleksi 

deyiladi  (26-rasm).  Vagal  reflekslarga 

Ashnerning  ko‘z-yurak 

refleksi 

ham  kiradi.  Ko‘z  soqqalariga  barmoq  bilan  bosilganda  yurak  urushi 

soni  10-20  taga  kamayadi 

(Danini-Ashner  refleksi) 

(26-rasm).

Og‘rituvchi 

ta’sirotda 

va 

emosional 

holatlarda 

(qo‘rquv, 

jahl, 

xursandchilik),  shuningdek  jismoniy  ish  vaqtida  yurak  faoliyati  refleks  y o ‘li 

bilan  tezlashadi  va  kuchayadi.  Bunda  yurakka  simpatik  asablar  orqali 

keluvchi  impulslar  va  adashgan  asablar  yadrolari  tonusining  susayishi  yurak 

faoliyatini  o ‘zgartiradi.

Yurakka  kiradigan  kavak  venalarda 

mexanoretseptorlarga  qarashli 

cho(zilish  retseptorlari 

mavjud  b o‘lib,  A  va  B  retseptorlarga  bo‘linadi. 

Ikkala  reseptorlar  ham  qon  tomirlarida  qon  hajmining  o ‘zgarishiga  qarab 

qo‘zg‘aladi.  A-retseptorlar  boimacha  mushaklarining  faol  qisqarishida  va  B- 

retseptorlar  ularning  cho‘zilishida  ishtirok  etadi.  Bu  qismlarda  joylashgan 

retseptiv  maydonlar 

Beynbridj  refleksining 

yuzaga  chiqishiga  sabab 

boiadi.  Kavak  venalarda  qon  bosimining  ko‘tarilishi  A  va  B  retseptorlami 

q o‘zg‘atadi,  reflektor  y o ‘l  bilan  adashgan  asabning  tonusi  pasayadi,  simpatik 

asabning  tonusi  esa  oshadi.  A-retseptorlardan  keladigan  asab  impulslari 

simpatik  asabning  tonusini  k o‘taradi,  B-retseptorlardan  kelayotgan  asab 

impulslari  esa  adashgan  asab  tonusini  pasaytiradi  (yurakning  ritm  qonuni).

Yurakning 

refleks 

y o ii 

bilan 

boshqarilishi 

jarayonida 

mexanoretseptorlardan  tashqari 

xemoretseptorlar 

ham 

ishtirok  etadi: 

Ulardan  asab  impulslari  uzunchoq  miyada  joylashgan  o ‘pka  arteriyalarning 

markazlariga 

boradi, 

buning 

natijasida 

yurakning 

qisqarish 

tezligi 

sekinlashadi.  Shuning  uchun  kichik  qon  aylanishida  qon  bosimining  oshishi 

yurak  ritmining  kamayashiga  olib  keladi. 

(Parin  refleksi)

Maiumki,  ichki  a^zolarda,  qon  tomirlarida  va  hatto  yurakning  o ‘zida 

ham  k o‘pgina  ichki  retseptor 

(interoretseptor) 

lar  joylashib,  organizm  ichki 

muhiti  holatidan  axborot  berib  turadi.  Bu  biologik  axborotlar  turiga  qarab 

yurak  faoliyati  o ‘zgarib  turadi,  uning  qisqarishi  reflektor  y o i i   bilan  oshadi 

yoki  sekinlashadi 

(Chernigovskiy  reflekslari).

Skelet  va  pay  retseptorlaridan  MAT-ga  afferent  asablari  orqali 

boradigan  turli  asab  impulslari  ham  yurak  faoliyatiga  ta’sir  etadi.  Jismoniy 

mashqlar  va  jismoniy  mehnat  natijasida  paydo  boiadigan  asab  impulslari 

uzunchoq  miyaning  markazlariga  tormozlanuvchi  ta’sir  qiladi,  uning 

natijasida  yurakning  ritmi  oshadi,  tomirlar  tonusi  o ‘zgaradi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



v  

G

М ^ т А

 

ЛЛ/pYJVJV

26-rasm.  Yurakning  adashgan  (vagus)  reflekslari  (A ,B )  va  uning  g rq fik

tasviri  (V,G )

A-Gols  refleksi;  B-Danini-Ashner  refleksi.

1-Uzunchoq  miya;  2-adashgan  asab;  3-уигак;  4-gipotalamus

Yurak faoliyatini boshqarishda gipotalmusning ishtiroki

Gipotalamus  (do‘mboq  osti)-oraliq  miyaning  tuzilmasi  hisoblanib,  42 

juft  yadroning  y ig ‘indisidan  iborat  bo  lib  to ‘qima  va  a’zolaming  vegetativ 

invervatsiyasi  uchun  katta  rol  o ‘ynaydi.  Gipotalamus  -   bu  vegetativ 

funksiyalaming  markazidir.  Uning  faoliyati  serqirra  va  murakkab  b o‘lib, 

organizmning  ichki  a’zolari  faoliyatini  boshqaradi.

Yuqorida  aytib  o ‘tganimizdek,  yurak  faoliyatini  orqa  va  uzunchoq 

miyadan  chiqadigan  simpatik  va  adashgan  asab  tolalari  boshqaradi.  Biroq, 

ulardan  tashqari  gipotalamus  yadrolari  ham  boshqarib  turadi.  Oxirgi  yillarda 

hayvonlarda  o ‘tkazilgan  tajribalar  shuni  ko‘rsatdiki,  gipotalamusning  oldingi 

va  orqa  sohasida  joylashgan  yadrolari  (paraventrikular,  ventromedial, 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling