Odam fiziologiyasi


Download 5.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/70
Sana28.11.2017
Hajmi5.32 Mb.
#21120
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70

Vitamin  B2-riboflavin,  birinchi  marta  1879  yilda  qoramol  sutidan 

ajratib  olingan.  Uning  tuzilishini  1935  yilda  shveytsariyalik  olimlar  Р.Каггег 

va  R.Kunlar  aniqlab  berishgan.

CH  R 


i

н..h..и


Vitamin  B2  (riboflavin) 

к _  н


Flavinmononukleotid (FMN) 

R—

  Р(ОНЬ



o

Riboflavin  oson  oksidlanadi  va  qaytariladi,  lekin  uning  oksidlanish- 

qaytarilish  xossajarini  qaytalanishi  oson  kechadi.  Bu  vitamin  flavin  bilan 

besh  atomli  spirt-ribotol  birikmasi  bo‘lib  riboflavin  deb  ataladi.  U  kimyoviy 

jihatdan  toza  holda  ajratib  olingan  va  sintez  qilingan.

Ovqatda  vitamin  B2  bo‘lmasa  yosh  hayvonlar  o‘sishdan  to‘xtaydi,  terisi 

va  ko‘zi  zararlanadi.  Riboflavin  preparatlari  vitamin  B2  siz  ovqat  bilan 

boqilayotgan  hayvonlarning  bo‘yini  o ‘stiradi.  Riboflavin  retseptorlarda  va 

markaziy  asab  neyronlarida  almashinuv  jarayonlari  uchun  zarur,  chunki 

uning  oqsillar  almashinuvidagi  ahamiyati  hammaga  ma’lum,  ya’ni  vitamin 

B2  organizmda  aminokislotalar  almashinuvi  uchun  juda  kerakli  modda 

hisoblanadi.  Oqsil  miqdorining  oshib  ketishi  organizm  uchun  riboflavinning 

ehtiyojini 

oshiradi. 

Riboflavining 

yetishmasligi 

natijasida 

ba’zi 


aminokislotalar  o‘zgarmasdan  siydik  orqali  organizmdan  xorij  boladi.

Riboflavin  hayvon  va  o*simlik  to‘qimalarida  keng  tarqalgani  sababli, 

odamda  riboflavin  avitaminozi  juda  kam  uchraydi.  Bu  avitaminozda 

odamning  lab  shilliq  pardasi  yallig‘lanadi,  yoriladi  va  po‘st  bilan  qoplanadi. 

Shuningdek  teri  va  ko‘z  muguz  pardasi  zararlanadi,  bu  parda  qattiq 

yalliglansa,  xira  tortishi  (ko‘zga  oq  tushishi)  mumkin.

www.ziyouz.com kutubxonasi


Vitamin  B3-pantoten  kislota  (antidermatit  vitamin)  koferment  A 

tarkibiga  kiradi  va  organizmning  moddalar  almashinuvida  juda  faol 

qatnashadi.  B3-avitaminozi  natijasida  asab  tizimining  faoliyati  buziladi,  falaj 

va  nevrit  (asablarning  yallig‘lanishi)  ro‘y  beradi.

Pantoten  kislota  ko‘p  o ‘simlik  va  hayvonlar  mahsulotlarida  uchraydi. 

Bir  kecha-kunduzda  odam  organizmi  3-5  mg  vitamin  B3  iste’mol  qilish 

kcrak.

Pantoten  antidcrmatik  omil  1938  yilda  olim  R.Uilyams  tomonidan 



kashf  etilgan  va  ikki  yildan  keyin  bu  vitamin  birinchi  marta  sintez  qilingan.

t, 


^ р н   н

H O C H ... 

V  



с н >  



о н

'чс '  чсх  ч с н /

Н,с'  'сн.О  

(?)


Vttamtti B3(pantoten kislota)

B6-piridoksin  (antidermatit  vitamin)  organizmda  aminokislotalarning 

almashinuvida  va  sintezlanishida  qatnashib,  ularni  hujayralar  membranalari 

orqali  tashilishida  ishtirok  etadi.  Vitamin  B6  karbonsuvlar  va 

yog* 

kislotalari  almashinuvida  ham  ishtirok  qiladi.  B6-avitaminozi  natijasida  odam 



terisi  yallig‘lanadi  (dermatit),  qon  tarkibi  o ‘zagaradi  (anemiya  paydo  bo‘ladi 

va  limfasitlar  kamayadi)  va  talvasali  holat  yuzaga  keladi.

Piridoksin  ichak  bakteriyalari  tomonidan  sintczlanadi.  Shuning  uchun 

bu  vitamin  ovqatda  bo‘lmasa  ham,  odam  unga  ehtiyoj  sezmaydi.  Ammo, 

ichak  bakteriyalarining  rivojlanishi  zamonaviy  kuchli  antibiotiklar  bilan 

to‘xtatilgan  bo‘lsa,  pirodoksin  avitaminozi  paydo  bolishi  mumkin.

Odamga  bir  kecha-kunduzda  qariyib  2-3  mg  piridoksin  zarur.  Achitqi, 

jigar,  buyrak,  mushaklar  vitamin  B6  ga  boy.

Vitamin  B I2-sianokobalamin  (antianemik  vitamin)-kuchli  antianemik 

omil  hisoblanadi.  Anemiya  degan  so‘z-hajm  birligida  qonda  eritrotsitlar  va 

gcmoglobin  kamayishi  bilan  ta’riflanadigan  holat,  kam  qonlikni  bildiradi.

Vitamin 


B l2 

1948 


yilda  jigardan 

ajratib  olingan. 

Ye.L.Smidt 

E.Rikes  va  K.A.Folkeros  degan  amerikali  olimlar  bu  vitaminning  fizik- 

kimyoviy  xossalarini  o ‘rganib,  uning  tuzilishini  ham  aniqlab  berishgan.

B|:  gomopoez  (qon  hosil  bo‘lishi)  ni  me’yorga  keltiradigan  omil 

hisoblanib,  qizil  qon  tanachalar  (eritrotsitlar)  hosil  bo‘lishini  faollashtiradi.

Gomopoezga  vitamin  B12  ning  ta’siri  fol  kislotasining  folin  kislotasiga 

aylanishi  bilan  bog‘liq.  B 12-avitaminozi  va  folin  kislotasining  tanqisligi 

natijasida  suyaklar  ko*mig‘ida  qon  shaklli  elementlarining  hosil  bo‘lish 

jarayoni 

chuqur 


buziladi 

va 


qonning 

umumiy 


hosil 

bo‘lishi 

davolanamaydigan 

darajada  buzilib,  (Addison-Birmer  deb 

nomlangan 

pernisioz)  o ‘lim  bilan  yakunlanadigan  kasalga  aylanadi.  Organizm  bu  holda 

megaloblastik  (embrional)  tipdagi  gomopoczga  o ‘tadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Organizmga  vitamin  B 12  kiritish  kuchli  shifobaxsh  ta’sir  ko‘rsatadi  va 

ko‘mikning  qon  hosil  qilish  funksiyasini  avvalgi  darajaga  keltiradi.  Shunday 

natijaga  erishish  uchun  1  mg  vitamin  B,2  kifoya.  Og‘ir  kamqonlikda  sof 

vitamin  B,2  teri  ostiga  yoki  qonga  yuborilgandagina  ta’sir  ko‘rsatadi,  chunki 

bu  bemorlaming  ichagidan  vitamin  B12  so‘rilmaydi.  Vitamin  B 12  ni 

organizm  o‘zlashdrishi  uchun  me’da  bezlari  mukoproteid  ishlab  chiqarishi 

zarur,  bu  omil  bir  necha  o ‘n  yil  ilgari  kashf  etilgan  va  Kestlning  «ichki 

omili»  deb  atalgan.  Kamqonlik  kuchli  bo‘lganda  ana  shu  omilning  hosil 

bo‘lishi  buziladi  va  ovqat  bilan  kiruvchi  vitamin  BI2  o 4zlashtirilmaydi. 

Quyida  B  guruhga  mansub  bo‘lgan  boshqa  vitaminlarning  kimyoviy  tuzilishi 

(formulalari)  keltirilgan.

PiridoJcsin 

»  СНУо и  

Piridoksal 

с м о

PirkiokAfttnjn  К  сн.. Si > =.



H , N ^

n

Vitamin B6

Vitaram  B«  ynki  RR 

s  о ь  

(nikolinli kiftlou) 

Nikotinamid 

« 

^



T ,  

 

*> 


•«' 

f * ’


o

Vitamin Bj,

,._он 

- н  

—о н

^сн.


Vitamin  Bc

•C— Inw—


c

....


сн 

-Си 


.<:

  I 


-он

II 


il  i

I

V itam in   B 15

Siankobalamin  « .<•><

Shunday  qilib,  kuchli  kamqonlikda  namoyon  bo‘luvchi  BI2  avitaminozi 

ikkilamchi  hodisadir,  chunki  u  ovqatda  vitamin  yetishmasligidan  emas,  balki

www.ziyouz.com kutubxonasi



hazm  yoklidan  uni  so*rilmasligi  sabahli  kelib  chiqadigan  ikkilamchi 

kasallikdir.  Jigar  va  buyrak  vitamin  B !2  ga  ancha  boy.  Bir  kecha-kunduzda 

odam  organizmining  vitamin  B,2  ga  bolgan  chtiyoji  2-3  mkg.

Vitamin  B]S-pangam  kislota  oksidlanish  jarayonlami  tezlashtiradi,  lipid 

va  karbonsuvlar  almashinuvida  ishtirok  etadi.  Bir  kecha-kunduz  odam 

organizmiga  2  mg  vitamin  B1S  -  kirsa  kifoya.

Vitamin  Bs  (vitamin  B9  fol  kislotasi)  -   antianemik  omil  hisoblanib, 

qonda  gemoglobin,  eritrotsitlar,  leykotsitlar  va  trombotsitlar  miqdorini 

oshiradi.  Vitamin  ta’sirining  boshlang‘ich  davri  fol  kislotasining  vitamin  Bs 

ga  aylanishi  hisoblandi.  Vitamin  Bs  ning  avitaminozi  natijasida  qon 

ishlanishi  tormozlanadi  tormozlanadi.  Vitamin  B,2  Vs-avitaminozi  vaqtida 

ta’sir  yetkazmaydi,  chunki  u  faqat  fol  kislotasining  ishtirokida  gemopoyezga 

boshqaruv  ta’sir  yetkazishi  mumkin.

Vitamin  B9  jigarda,  karamda  va  boshqa  ovqatga  ishlatiladigan 

o ‘simliklarda  uchraydi.  Katta  yoshdagi  odamlar  uchun  uning  bir  kecha- 

kunduzda  iste’mol  qiladigan  miqdori  2-3  mg  ni  tashkil  qiladi..4

Vitamin  C-askorbin  kislotasi  (antisingotik  omil)  organizmda  yuqumli 

kasallik  toksinlarini  zararsizlantiradi,  biriktiruvchi  to‘qima  kollagenini  hosil 

bo‘lishida  qatnashadi.  Katalaza  va  arginaza  fermentlami  faollantiradi,  qon 

plazmasida  temir  tashilishi  jarayonida  muhim  rol  o ‘ynaydi.  Vitamin  C- 

avitaminozi  natijasida  odam  singa  (skorbut)  kasalligi  bilan  og*riydi.  Singada 

-   ovqatda  vitamin  C  yetishmasligidan  kelib  chiqadigan  kasallik  bo‘lib, 

teriga  va  teri  osti  kletchatkasiga,  shilliq  pardaga  va  suyak  usti  pardasi  ostiga 

qon  qo‘yilishi  bilan  yuzaga  chiqadi.  Singada  tishlar  mulki  qonaydi, 

yumshaydi,  tishlar  bo‘shashib,  tushib  ketadi, 

mushaklarga,  teriga  va 

bo‘g ‘imlarga  qon  quyiladi;  suyak  to ‘qimasi  juda  g ‘ovak,  mo‘rt  bo‘lib, 

suyaklar  salga  sinadi; 

umumiy  darmonsizlik,  ozg‘inlik,  asab  tizimi 

funksiyasining  tuzilishi  tobora  kuchayadi.  Organizm  vitamin  S  dan  uzoq 

vaqt  davomida  mahrum  qilinsa,  ozib-to‘zib  yoki  yuqumli  kasalliklarga 

chalinib,  o 4lib  qoladi.  Bunga  sabab  shuki,  C-avitaminozida  organizmning 

yuqumli  kasalliklarga  qarshi  chidami  kamayadi.

Organizmda  C  gipovitaminozi  ko‘proq  uchraydi.  Bunda  quyidagi 

belgiiar  paydo  bo‘ladi:  kishi  bo‘shashib,  tez  charchaydi,  mushaklari 

quvvatsizlanadi,  boshi  aylanadi,  milki  qonab  turadi,  yuqumli  kasalliklarga 

qarshi  chidami  kamayadi.

Vitamin  C  kimyoviy  toza  holda  ajratib  olingan,  sintez  qilingan, 

boshqacha  aytganda,  u  askorbin  kislota,  ya’ni  lavshaning  paydo  b o ‘lishiga 

yc ‘1  bermaydigan  modda  deb  ataladi.

Askorbin  kislota  hujayralardagi  oksidlanish-qaytarilish  jarayonlarida 

i>htirok  etadi  va  oqsilni  parchalovchi  fermentlami  faollantiradi.  Katta 

yoshdagi  odamga  bir  kecha-kunduzda  25-50  mg  askorbin  kislota  кегак. 

Og‘ir jismoniy  ishda,  ko‘pgina  og‘ir  kasalliklarda,  homiladorlikda  vitamin  C 

ga  chtiyoj  oshadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Askorbin  kislota  juda  ko‘j>  mahsulotlarda  bo‘ladi:  кагаш,  pomidor, 

limon  va  apelsin,  qora  smorodina,  qalampir,  ukrop,  ungan  don,  sab/i, 

lavlagi,  loviya,  kartoshka  vitamin  C  ga  boy.  Na’matak  mevasida  va  dumbul 

yong‘oqda  askorbin  kislota juda  ko‘p.



C N /  ■'■?:

Vitamin  C  (askorbin  kislota)

Vitamin  PP  (nikotinamid)  antipellagrik  omil  hisoblanadi.  Nikotin 

kislota  va  uning  amidi  vitamin  hisoblanadi,  ovqatda  bu  vitamin  bo‘lmasa 

odamda  pellagra  degan  og‘ir  kasallik  paydo  bo‘ladi.  Shuning  uchun  bu 

moddalar  vitamin  PP  (pellagra  previntive-pellagraning  oldini  oluvchi 

so‘zidan) 

deb  ataladi.  Pellagra  (chillashir)-ovqatda  nikotin  kislota, 

shuningdek  B  guruhiga  kiradigan  ba’zi  boshqa  vitaminlar  va  hayot  uchun 

eng  zarur  aminokislota-triptofan  yetishmasligi  natijasida  kelib  chiqadigan 

kasallik  hisoblanadi.

Pellagra  bo‘lgan  odamda  «uchta  D»  kuzatiladi-nomi  D  har  yeridan 

boshlanuvchi  uchta  simptom:  dermatit-terining  zararlanishi,  diareya-ich 

ketishi  va  demensiya-psixika  buzilishi.

Pellagra  kichik  dozadagi  nikotin  kislotasi  bilan  davolab  tuzatiladi, 

bularning  ichida  faolrog‘i  nikotin-amiddir.

Nikotinamid  ikkita  muhim  koferment  tarkibiga  kirgani  uchun,  modda 

almashinuvining 

ko‘p 

jarayonlarida 



ishtirok 

etadi. 


Karbonsuvlar 

parchalanganda  va  oqsidlanish-qaytarilish  jarayonlarida  ro‘y  beruvchi  40  ga 

yaqin  kimyoviy  reaksiyalami  kofermentlar  katalizlaydi.

Ko‘p  sut  emizuvchilar  organizmida  nikotin  kislota  bilan  nikotinamid 

triptofandan  sintezlanishi  mumkin.  Shuning  uchun  vitamin  PP  siz,  lekin 

triptofanga  boy  oqsillar  iste’mol  qilib  turilganda  pellagra  belgilari  paydo 

bo‘lmaydi.

Katta  yoshdagi  odamlar  uchun  PP  vitaminining  bir  kecha-kundu/lik 

miqdori  18  mg  ga  teng.

Vitamin 



(o4tkazuvchanlik 

vitamini) 

biokimyoviy 

jihatdan 

flavonoidlar  birikmalari  nomi  bilan  ma’lu m .b q iib   kelmoqda.  Bu  xildagi

www.ziyouz.com kutubxonasi



moddalaming  eng  faol  vakili  gesperidin  bo‘lib ’  uni  1936  yilda  vengerolimi 

V.B.Brukner  o ‘rganib  chiqqan.

Agar 

organizmda 



flavonoidlar 

vitamin 


bo‘lmasa 

kapillyarlar 

o ‘tkazuvchanligi  oshadi  yoki  devori  mo‘rt  b o lib   qoladi.  Natijada  teri  va 

boshqa  a’zolarga  qon  qo‘yiladi.  Lavshaning  ba’zi  belgilari  P-avitaminozi 

bilan  bog‘liq.  Limon  po‘stidan  olingan  (gesperidin),  grechixa  barglaridan 

olingan  (rutin)  va  choy  daraxtining  yashil  bargidan  olingan  uch  xil  modda 

vitamin  P  kabi  ta’sir  etar  ekan.  Bu  moddalar  organizmga  kiritilganda 

kapillarlar  o ‘tkazuvchanligini  kamaytirib,  shifobaxsh  ta’sir  ko‘rsatadi.

P-avitaminozi  natijasida  oyoqlarda,  yelkada  og‘riq  paydo  b o ‘ladi,  kishi 

tczlik  bilan  charchaydi,  kuchsizlik  his  qilinadi,  kapillarlarning  elastik 

ustuvorligi  pasayadi,  gavda  sathida  favqullodda  qon  quyilishi  kuzatiladi  va 

boshqa  og‘ir  holatlar  sezilib  turadi.  Shuning  uchun  P  vitaminining 

yetishmasligiga  qarab  limon,  grechixa,  qpra  smorodina,  qizil  qalampir 

iste’mol  qilish  tavsiya  etiladi.  Odam  organizmi  uchtm  bir  kecha-kunduzda 

50  mg  vitamin  P  yetarli  bo‘ladi.

Vitamin  N  (lipoin  yoki  tioktovin  kislota)  o ‘sish  omili  sifatida  1951 

yilda  kashf  etilgan.  Barcha  o ‘simliklar  va  hayvonlar  organizmlarida 

lipoillizinlar  shaklida  mavjud.  Vitamin  N  tibbiyotda  lipidlar  almashinuviga, 

jigar 


kasallik 

(sirroz, 

Botkin 

kasalligi) 



larida, 

qand 


diabetida, 

aterosklerozlarda  ishlatiladi. 

Biokimyo  nuqtayi  nazaridan  vitamin 

fosforlanish,  oksidlanish 



va 

araxidon  kislotasining  prostoglandinlarga



^ ^ ( С Н , ) 4 С Р

О н



Vitamin N 

ь 

ч н;



»-Lipoillizin 

-  мн- с и i c o n

II  '

aylanish  jarayonlarida  ishtirok  etadb



Vitamin  Q  (ubixihon)  1957  yilda  R.Morton  va  Ғ.Кгеупа  tomonidan 

o ‘rganilgan  bo‘lib,  luzilishi  keyinchalik  K.A.Folkers  tomonidan  aniqlangan. 

Bu  birikmalar  o ‘simlik,  hayvon  va  mikroorganizmlarda  mavjud  («ubikvist» 

-ham m a: joyda)  bo‘lib,  hujayralar  membranasi,  mikrosomalar,  yadro  va 

Goldji  apparati  uchun  zaruriy  omil  hisoblanadi.  Vitamin  Q  hayvonlarhing 

nafas  olishida,  o ‘simliklarning  fotosintezida  va  hujayra  membranasida 

fosforlanish  jarayonida  faol  qatnashadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ubixinonlar  odam  organizmida  kerakli  miqdorda  sintezlanadi,  biroq 

bolalarda  oqsil  va  energiya  yetishmasligi  natijasida  paydo  bo‘ladigan 

anemiya  va  suyak  ko4migida  bo‘ladigan  o ‘zgarishlar  paytida  uning 

yetishmasligi  namoyon  bo‘ladi  va  bu  holatlarda  vitamin  Q  ning  organizmga 

kiritilishi  bu  og‘ir  kasallikni  oldini  oladi.

Ubixinonlar  embrionning  rivojlanishida  eng  muhim  modda  hisoblanadi, 

chunki  eritrotsitlaming  hosil  b o ‘lishida  qatnashadi  va  shu  sababli  distrofiya 

va  tomir-yurak  kasalliklarda  yurak  miokardi  mitoxondriyasini  stimulatsiya 

qilish  uchun  tibbiyotda  ishlatiladi.

Ayni  holda  odam  organizmida  гак  kasalligi  natijasida  vitamin  Q  ni 

konsentratsiyasi  oshadi,  shu  sababli  bu  vaqtda  antrasiklin  antibiotiki  bilan 

terapiya  o ‘tkazish  uning  klassik  Q-antivitaminiga  o ‘xshab  ta’sir  yetkazishini 

kuzatish  mumkin.

Vitamin  U  -  (iot  «uicus»-yara)  metilmetionin  1953  yilda 

m e 

da  va 


ichak  уага  kasal  boigan  odamlar  uchun  karam  shirasidan  ajratib  olingan 

mahsulot  orqali  davolash  yo‘li  bilan  aniqlangan.  Bu  omil  pomidor,  sut, 

shpinat,  petrushkada  ko‘p  miqdorda  boiadi.  Наг  kuni  bu  o ‘tlardan  tayyor 

qilingan  shpinat  250-300  mg  iste’mol  qilgan  kasalning  me’da  va  ichagi 

tuzalib  ketadi  degan  ilmiy  g ‘oyalar  mavjud.  Fikrimizga,  bu  vitaminning 

ta’sir  etish  mexanizmi  gistaminning  detoksikatsiyasi,  tiamin  va  xolin 

almashinuvining  kuchayishi  bilan  bogiiq  b o isa  кегак.



NH

♦ 

\ /



(CH .)

  CH  CH>CCOH

П



 ■



  !  ' 

о

Vitamin U (metihnetionin)

Energiya almashinuvi.

Energiyaning  hosil  boiishi  va sarflanishi

Yuqorida  aytilganidek,  moddalar  almashinuvida,  ya’ni  oqsillar,  yogiar, 

karbonsuvlaming  kislorod  bilan  oksidlanib  parchalanishi  natijasida  energiya 

hosil  boiadi.  Bu  energiya  organizmda  barcha  fiziologik  jarayonlarning 

to‘xtovsiz  davom  ptishi  uchun  sarflanadi.

Energiya  almashinuvida  adenozintrifosfat  kislotasi  (ATF)  markaziy 

o‘rin  egallaydi.  Turli  makroergik  birikmalardan  hosil  boigan  ATF  o ‘z 

navbatida  ulaming  sintezida  asosiy  rol  o‘ynaydi.

Turli  organik  moddalarning  parchalanishi  natijasida  hosil  boigan 

energiya  ATF  shaklida  saqlanib,  zaxira  boiib  turadi.  ATF  organizmning  har 

bir  hujayrasida  boiadi.  Uning  eng  ko‘p  miqdori  skelet  mushaklarda

www.ziyouz.com kutubxonasi



uchraydi  -   0,2-0,5%  hujayraning  har  bir  faoliyati  to‘g‘ridan-to‘g ‘ri  ATF 

ning  parchalanish  vaqtiga  mos  keladi.

Ma’lum  bir  masofaga  yugurish  (masalan,  100  metrga)  mushaklar  faqat 

ulardagi  zaxiraviy  ATF  energiyasi  hisobidan  ishlaydi.  Parchalangan  ATF 

molekulalari  yana  boshqatan  qayta  qisqarishni  ta’minlash  uchun  qayta 

tiklanishi  kerak.  Bu  jarayon  karbonsuvlar  va  boshqa  moddalar  parchalanishi 

natijasida  ajralib  chiqqan  energiya  hisobidan  amalga  oshadi.

Shunday  qilib,  organizm,  to‘qimalar,  a’zolar  va  hujayralarning 

funksional  faoliyati  uchun  ATF  yagona  va  universal  energiya  manbai  bo‘lib 

xizmat 


qiladi. 

Organizmning 

energiyasi 

moddalar 

almashinuvi, 

mushaklarning  faoliyati  va  ovqatning  o ‘ziga  xos  ta’siri  uchun  sarflanadi. 

Organizm  tomonidan  sarf  qilingan  energiya  miqdorini  bilib  turib,  undan 

tashqariga  chiqariladigan  issiqlik  miqdorini  ham  aniqlash  mqipkin.



Energiya  sarfini  oichash  usullari  (bilvosita  va  bevosita  kalorimetriya): 

Nafas koefFitsienti

Organizmda  ajralgan  energiya  qaysi  ishga  sarflanmasin,  oxir-oqibat  u 

issiqlik  energiyaga  aylanadi.  Bu  issiqlikni  bilvosita  va  bevosita  kalorimetriya 

usullari  yordamida  aniqlab,  organizmdagi  energiya  almashinuvi  to ‘g‘risida 

tasavvur  olish  mumkin.

Bevosita 

kalorimetriya 

usulida 


organizmdan 

ajralib 


chiqadigan 

issiqlikni 

sezuvchi 

maxsus 


germetik 

apparatlar 

-  

kalorimetrik 

kameralardan  foydalaniladi.  Bu  usul  organizm  faoliyati  natijasida  hosil 

boiadigan  va  tashqariga  chiqadigan  issiqlikning  miqdorini  aniqlash  uchun 

ishlatiladi.  Odamni  maxsus  kalorimetrik  kameraga  joylashtirib,  uning 

tanasidan  muhitga  beradigan  issiqlik  miqdorini  oichaydi.  Kamera  ichining 

yuqori  qismida  bir  nechta  naycha  o ‘rnatilgan  boiib,  ularda  suv  aylanib 

turadi.  Tajriba  o ‘tkazilayotgan  odam  mu4adil  nafas  olishi  uchun  maxsus 

naycha  orqali  kislorod  ballonidan  kameraga  havo  kiritib  turiladi,  Nafas 

orqali  chiqarilgan 

havo  maxsus  naycha  orqali 

kamera  tashqarisida 

joylashtirilgan  baklardagi  kimyoviy  moddalardan  o ‘tkazilib,  undagi  karbonat 

angidriddan  tozalanadi.  Kalorimetrik  kamerasi  naychalari  orqali  oqib  o ‘tgan 

suvning  miqdorini  aniqlab,  harorati  oichanadi.  Bir  kecha-kunduzda  shu 

suvni  isitishga  sarflangan  issiqlik  energiyasining  miqdori  kamerada  tajriba 

olib  borilayotgan  odamdan  ajralganligi  aniq  boiadi.  Bu  energiya  miqdori 

kilojoullar  (kDj)  da  ifodalandi.

Bu  usul  ancha  murakkab  boiib,  undan  maxsus  ilmiy-tekshirish 

institutlarida  foydalaniladi.  Shuning  oqibatida  tibbiyot  amaliyotida  bilvosita 

kalorimetriya  usuli  qoilanib  kelmoqda.  Buning  ma’nosi  shundaki,  dastlab 

o ‘pka  ventilatsiya  hajmi  aniqlanib,  so‘ngra  nafas  bilan  qabul  qilingan 

kislorod  va  ajralib  chiqqan  karbonat  angdrid  miqdoriga  qarab,  organizmda 

qancha  energiya  hosil  boiganligi  va  sarflanganligi  aniqlanadi.  Nafasdan 

chiqqan  karbonat  angidrid  hajmining  yutilgan  kislorod  hajmiga  nisbati,  ya’ni 

COz  nafas  nisbati  nafas  koeffitsienti  deyiladi.  Nafas  koeffitsientini  aniqlab

www.ziyouz.com kutubxonasi



organizmda  oksidlanadigan  moddalar  haqida  ma’lumot  olish  mumkin.  Nafas 

olish  va  chiqarish  sarflangan  kislorod  va  chiqarilgan  karbonat  angdrid 

miqdorini 

aniqlash 

uchun 

Duglas 


-  

Xolden 


niqob 

qopidan 


va 

M.N.Shaternikovning  respirasion  kamerasidan  foydalaniladi.

Odam  organizmida  1  g  oqsil  oksidlanishi  va  parchalanishiga  0,97  1 

kislorod  sarflanib,  4,1  kkal  energiya  hosil  bo‘ladi;  1  g  yog‘  oksidlanishiga 

2,03  kislorod  sarflanib,  9,3  kkal  energiya;  1  g  uglerod  oksidlanishiga  0,81 

kislorod  sarflanib,  4,1  kkal  energiya  hosil  bo*ladi.  Demak,  Duglas  -   Xolden 

niqob-qopi  yordamida  nafas  olish  orqali  qabul  qilingan  kislorod  miqdorini 

aniqlab, 

bu  kislorod  yordamida  organizmda  qancha  energiya  hosil 

bo‘lganligi  va  sarflanganligi  hisoblab  chiqariladi.

Karbonsuvlar  oksidlanishida  nafas  koeffitsient  1  ga  teng,  chunki  1 

molekula  glukozaning  angdrid  gaz  va  suvgacha  oksidlanishi  uchun  6 

molekula  kislorod  sarflanib,  6  molekula  karbonat  angidrid  gazi  chiqariladi: 

C6H 120 6+ 6 0 2=6C 02+6H20+kkal.

Oqsil  oksidlanishida  nafas  koeffitsienti  0,8  va  yog‘lar  oksidlanishida 

nafas  koeffisenti  0,7  ga  teng.  YogMar  va  oqsillarda  molekulalararo  kislorod 

miqdori  kam  bo‘lgani  sababli,  ularning  oksidlanishida  ko‘p  kislorod  zarur 

bo‘ladi:  1  g  oqsil  -   0,97  1,  1  g  yog‘  -   2,03  1.



Download 5.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling