Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Ovqat hazm qilish organlarining ishi


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

Ovqat hazm qilish organlarining ishi nerv va gumoral yo‘l
bilan boshqariladi.
Ovqat hazm qilishning nerv markazi uzunchoq miyada va oraliq
miyaning ko‘rish do‘mbog‘i ostida (giðotalamusda) joylashgan.
Bu nerv markazi parasimpatik (adashgan) va simpatik nervlar orqali
ovqat hazm qilish organlari ishini boshqaradi.
Ovqat hazm qilishning gumoral boshqarilishi. Giðofiz bezidan
ajraladigan gormonlarning ba’zilari ovqat hazm qilish bezlari ishini
kuchaytiradi, qalqonsimon bezning tiroksin gormoni esa bu bezlar
ishini susaytiradi. Bundan tashqari, ovqat hazm qilish shartli
reflekslar orqali ham boshqariladi. Bu reflekslarning markazi
bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qismida joylashgan.
Òashqi muhit harorati yuqori bo‘lganda ovqat hazm bo‘lishi-
ning xususiyatlari. Òashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm
qilish organlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yoz faslida so‘lak
bezlari, me’da-ichak shilliq pardasi ostida joylashgan mayda bezlar,
me’daosti bezining ish faoliyati susayadi. Bu bezlardan so‘lak va
shira ajralishi kamayadi. Jigarda o‘t suyuqligining ishlab chiqarilishi
ham pasayadi. Me’da-ichaklarning peristaltik va mayatniksimon
harakatlari sustlashadi.
Shuning uchun yozning issiq kunlarida odamning ishtahasi
bo‘g‘iladi, ayniqsa yog‘li, go‘shtli, qovurilgan ovqatlarning hazm
bo‘lishi qiyinlashadi, qorin dam bo‘ladi. Yoz kunlari odam orga-
nizmi, asosan, suv hamda suyuq ovqatlarni, meva va ko‘katlarni
46- rasm. Oshqozon,
jigar, o‘n ikki barmoq
ichak, oshqozonosti bezi:
1— jigar; 2 — oshqozon;
3 — qizilo‘ngach; 4— o‘t
pufagi; 5 — o‘t pufagi
yo‘li;  6 oshqozonosti
bezi; 7 — oshqozonosti
bezi yo‘li; 8— o‘n ikki
barmoq ichak.
3
2
5
1
8
6
7
4


73
ko‘proq iste’mol qilishni talab qiladi. Kaloriyaga boy yog‘li
ovqatlarni iste’mol qilish kamayganligi uchun odam yoz kunlari
tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling