Mavzu:
Oddiy va murakkab efirlar .
Olinishi va kimyoviy xossalari.
Reja :
Kirish .
Oddiy va murakkab efirlar .
Oddiy va murakkab efirlarning olinishi.
Ularning kimyoviy va fizik xossalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Oddiy efirlar.
Umumiy formulasi R–O–R’ bo’lgan kislorod saqlovchi organik birikmalarga oddiy efirlar deyiladi. Oddiy efirlarga spirt gidroksil guruppalarining vodorod atomi o’niga radikal almashingan yoki suv molekulasidagi ikki vodorod atomi o’rniga radikallar almashingan deb qarash ham mumkin.
R – O – H = R – O – R’
H – O – H = R – O – R’
Efirlar radikallarning xiliga qarab ikkiga bo’linadi.
Efirlar molekulasidagi radikallar bir xil bo’lsa,simmetrik oddiy efirlar deyiladi:
CH3 – O – CH3 dimetil efir
C2H5 – O – C2H5 dietil efir
Molekulasidagi radikallari har xil bo’lsa , aralash efirlar deyiladi:
CH3 – O – C2H5 metil etil efir
CH3 – O – C3H7 metil propil efir
Do'stlaringiz bilan baham: |