Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
o ‘y m c h o q la r
yasashni o‘rgatladi va o‘rganish jarayonida bolalar yig‘ilagan tabiiy materiallami o‘mi bilan ishlatishga, turar joyini asrab avaylashga, tabiatni muhofaza qilishga o‘rgatish bilan tejamkorlik hissini rivojlantira boriladi. Ota-onalar bolalariga har doim ham yangi kiyim olib berisha olmaydi. Yangi kiyim olib berilaversa, oilaning sha- roiti yomonlashishi hammaga ayon. Shuning uchun kiyim- lami asrash bilan ota-onasining pulini tejaydi, ulami meh- natini hurmat qilgan bo‘ladi. Oilada yoshligidan mehnatga o‘rgata borilar ekan, ular hamma narsalarni asrab, avaylashga odatlanib boradi. Agar ota-onalar ishlariga qizi-qayotgan 216 bolani ishdan chetlashtirmasalar, uning qizi-quvchanligini qondirishga harakat qilsalar, u holda bolada mehnat qiluv- chilarga nisbatan minnatdorchilik hissiyotini uyg‘otadilar va unda atrofdagilar mehnatiga hurmat shakllantiradi, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Ba’zida ota-onalar hali yoshsan, - deb bolani kattalarga ko‘maklashish hissini so‘ndiradilar, aksincha - «Bolaginam katta bo‘lib qoldi, u o‘z o‘mini yig‘ishtirayapti, stol ustini ovqatlanishdan so‘ng artib qo‘ya- yapti», deb aytishlik ulami kattalarga taqlid qilishga o'zlarini katta bo‘lgandek his qilishga chaqiradi. Oilada qizlar tarbiyasiga ko‘proq e’tibor berilsa, kelgusida tejamkor tadbirkor uy bekasi bo‘lishlikka zamin yaratadi. Qizlaming qo‘liga kattalar nazoratida igna berib, ip o‘tkazishga, oddiy to‘g‘ri chok tikishga o‘rgatiladi, o‘ziga oddiygina fartukcha tikib, olib ish qilsa, kiyimini asraydi. Akalari, ukalarining eski kiyilmaydigan jemper iplaridan paypoqchalar to‘qib berilsa yangi paypoqlami yirtilishidan asraladi, paypoq puli tejalib, boshqa narsaga ishlatiladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalaming kattalar bilan birgalikda ishlashlari alohida ahamiyatga egadir. Bolalar ota-onalari bilan birgalikda ishlashga har doim intiladilar va intilishni qo‘llab-quwatlash zarur. 0 ‘g‘il bolalar dadalari bilan kuzda yer chopadilar, daraxt shoxlarini butalaydilar. Sigir, qo‘ylarga yem tayyorlaydilar. Bu ishlami bajarish orqali bolalarda mehnatsevarlik hissi tarbiyalansa, oilada tejamkor, tadbirkor bo‘lishlikka undaydi. Turli materiallar bilan ishlash bolalarda ijodiy qobiliyatni o‘stirish bilan birga izlanuvchanlikni ham oshiradi. Masalan, bir yog‘ochning o‘zidan mitti beshiklar, bolalar aravachasi, suyangichlar, kitob javoni, kiyim ilgichlar; taxta o‘qlov, qor kurak, mol kurak, keli, quvi dastalari albatta 217 bunda milliy an’anaga, milliy qadriyatlarga tayanilsa, milliy tarbiyalashga katta hissa qo‘shgan bo'ladi, xullas ro‘zg‘orga nima kerak bo£lsa, yasash mumkinligini aytiladi. Yog£ochdan tejab-tergab foydalanishga undaladi. Turli materiallar bilan ishlash turidan tashqari texnik modellash, ya’ni konstruktorlar bilan ishlash, qishloq xo‘jaligi mehnati hamda o‘z-o‘ziga xizmat turlari borki, bu mehnat turlarini bolalarga singdirishda ham tejamkorlikka alohida e’tibor beriladi, tarbiyalanadi. Mehnat mashg‘ulotlarida texnik modellar-samolyot, parovoz, paroxodlar haqida tushuncha berib borish bilan birga shu texnikalar inson mehnatini osonlashtirgani haqida to‘xtalib, ana shu texnikani asrab, uzoq vaqt ishlatish bilan hayotimizda tejamkorlikka erisha-yotganimiz hayotimiz farovon bo‘lib borayotganlagini tushuntiradi. Bu o‘rinda bizga sharq mutafakkirlarining qarashlari, pand-nasihatlari ham katta yordam beradi. Muhammad payg‘ambarning hayoti, faoliyati va ko'rsatmalari ifodalangan quyidagi hadislami suhbat jarayonida aytishi mumkin. Dasturxonga to‘kilgan taom va ushoqlami terib yeyidigan odamning gunohlari to‘kiladi. Kimki hayotda tejamkor bo‘lsa, zinxor qoshshoqlikka tushmaydi. Mahsulotlardan totli taom pishira bilmaslik ham gunohdir. 0 ‘z mahsulotlardan totli va barakotli taom pishirmoqlikda ham savob kattadir. Mehnatning boshqa turlarida ham tejamkorlikning zarurligi haqida fikr yuritilsa, suhbatlar o‘tkazilsa, ko'zlagan natijaga erishiladi. Tavsiyalarimiz asosida mashg‘ulotdan tashqari o‘tkaziladigan to‘garakda qiziqarli suhbat uyush- tirgan. Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 473-bolalar bog'chasining tarbiyachi uslubchisi Hasanova Sh. bolalar 218 e’tiborini shunday mavjud tortdi: qani, bolajonlarimiz hammangiz «mohir pazanda» bo‘lishni xohlaysizmi? Mohir pazanda bo‘lish qizlarga ham o‘g‘il bolalarga ham zarur. Chunki oila xo‘jaligida taom tayyorlash asosida o‘rinni egallaydi. Taom tayyorlashni bilmaslik masalliqlaming isrof boiishiga sabab bo‘ladi. Ana shuning uchun ham bu hunami yoshlikdan, awalo, ota-onadan, so‘ng bog‘chadagi pazan- dachilik to'garak mashg‘ulotlaridan o‘rganamiz. Taibiyachi bolalami sabzavot va mevalami yuvish, archishni ko‘rsatdi (artgich bilan). Bolalar bilan meva, sabzavotlar archish haqida suhbatlashildi. Bolalar turp bilan sholg‘om archish, piyozni archish, nonni tejash haqida gapirdi. Mehnat turlarini qay birini olmaning unda albatta tejamkorlik tuyg‘usini singdirish inson shaxsining har tomonlama shakllantirishga zamin bo‘la oladi. Qishloq xo'jaligi mehnatini oladigan bo‘lsak o‘rta guruh bolalari bir yillik va ko‘p yillik o‘simliklami turi, urug‘i bilan tanishib ulami farqlay olsalar, begona o‘tlami ajrata olishni o‘rga- nadilar. Katta guruh ishlov berish, bir yillik o‘simliklami va xona gullarini parvarish qilish, tabiatni muhofazasi qanchalik zarurligini tushunadilar. Tayyorlov guruhda esa tabiat qanchalik go‘zal, noz- ne’matlariga to‘la ekanligini tabiatni parvarishlash, asbob- anjomlardan to‘g‘ri foydalanish, mehnatdan qochmaslikka, tabiat in’omini esa isrof qilmaslikka, ham uzib tashlan- maslikka, ekinlami payxon qilmaslikka sindirmaslikka asrab- avaylashga tejamkorlik bilan qarashga o‘rgatiladi. Mehnatning o‘z-o‘ziga xizmat turida va o‘g‘il bolalarga ham qiz bolalarga ham uy ro‘zg‘or ishlari malakasi va ko‘- 219 nikmasini hosil qildirish bilan birga oilada, ro‘zg‘or tejam korlik sifatlari singdiriladi. 0 ‘g‘il va qiz bolalarga guruh oshxonasida navbatchilik davrida bajaradigan ish orqali narsalami buyumlami asrab- avaylashlari, undan to‘g‘ri foydalana olishlari, kosa va piyolalami sindirmaslik, salfetka, dasturxonlami ortiqcha dog‘ qilmaslik, boshqa anjomlardan texnika xavfsizligi qoida- lariga binoan foydalanish (qoshiq, vilkalardan va boshqa)ga o‘rgatish ham tejamkorlik hissini singdirib boradi. Shunday qilib, halol mehnat kasb-hunar inson hayoti- ning gultojidir, oila va jamiyat farovonligining asosidir. Buni har bir yosh ongiga singdirish, ota-onaning hunarmand ustozlaming vazifasidir. Hozirgi davrda maktab, MTM va oila oldida ma’naviy boy, axloqiy sof va jismoniy kamolotni o‘zida mujassamlantirgan yangi insonni tarbiyalash vazifasi turibdi. Bu vazifani sharaf bilan barcha imkoniyatga egamiz. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling