Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


Download 0.52 Mb.
bet16/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
oila majmua

Tayanch ibоralar.


Yallig’lanish, Infeksiya, Endometrioz, angina, dumg'aza,asab tizimi.15-Mavzu: Befarzandlik va uning sabablari.
Reja:
1.Bola tushish sabablari.
2.Ayol jinsiy a'zolari kasalliklari.
3. Bcfarzandlik sabablari.


Ba'zi ayollar homilani o'zicha yoki tibbiyotdan bexa- bar boshqa kimsalar yordamida, antisanitariya sharoitida tushiradilar. Bunday abort esa ko'ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Ayol butun umrga nogiron bo'lib qolishi, hatto, halok bo'lishi ham mumkin. Chunki homilani bachadondan olib tashlash shifokordan katta bilim, tajriba, ehtiyotkorlik, ziyraklik talab qiladi.
Chunki shifokor bachadon devorlarini tozalar ekan, uni o'z ko'zi bilan ko'rmaydi. Shuning uchun shifokor har qancha tajribali bo'lsa ham, abort xavflidir. Ayrimlarda esa bola hadeb tushaveradigan bo'lib qoladi.
2. Bola tushish sabablari juda ko'p bo'lib, ulardan asosiylarini sanab o'tamiz.
Ichki kasalliklar.

            1. Zotiljam kasalligi.

            2. Homiladorlik toksinozlari.

            3. Gipertoniya-qon bosimining oshuvi.

            4. Kamqonlik.

            5. Buyrak kasalliklari. .

            6. Yurak nuqsonlari.

            7. Endokrin bez kasalliklari.

            8. Ruhiy kasalliklar.

            9. Rezus-omil.

lO.Irsiy kasalliklar.
Yuqumli kasalliklar.

              1. Gripp, ich terlama, sariq kasalligi.

              2. Zaxm, suzak.

              3. Bezgak, tif.

              4. Brutsellyoz.

              5. Toksoplazmoz.

              6. Listerioz.

              7. Dizenteriya, salmonellyoz.

Turli xil omillar.

                1. Ish sharoitining haddan tashqari issiq yoki sovuq bo'lishi, yuqori namgarchilik bo'lishi.

                2. Ichish, chekish.

                3. Rentgen va rediy nurlaridan zararlanish.

                4. Kuchli hayajonlanish, qo'rqish, xafa bo'lish.

                5. Yiqilib shikast olish.

                6. Og'ir yuk ko'tarish.

                7. Shifokor nazoratisiz har xil dorilar ichish.

                8. Zaharli moddalar bilan zaharlanish — qo'rg'oshin, benzin kabilardan.

Ayol jinsiy a'zolari kasalliklari.

                  1. Tanosil a'zolari yaxshi rivojlanmaganligi.

                  2. Bachadon va bachadon naychalarining o'tkir yal- lig'lanishi.

                  3. Bachadon devoridagi o'simtalar.

                  4. Bachadon bo'yni muskullarining zaifligi.

                  5. Bachadon devorining abort yoki tug'ruq paytida yirtilishi.

Yuqoridagi holatlarni tahlil qilamiz.
Qiz bolani voyaga yetmasidan turmushga berish nati- jasida qiz organizmida yoshiga ko'ra kechadigan fiziologik holatlar izdan chiqadi. Tanosil a'zolar hali yetilmaganidan homila o'sishiga sharoit bo'lmaydi va u barvaqt tushadi. Chunki bachadon mushaklari zaif, hajmi tor bo'lib u homiladorlik davrida yctarli davrda kcngaya olmaydi.
Bola tushishida har xil yuqumli kasalliklarning roli katta: gripp, ich terlama, sariq kasalligi mikroblari homilaga o'tib uni nobud qilishi mumkin. Agar homilador ayolning isitmasi chiqsa ham bachadon barvaqt qisqarib, bola tushi- shi mumkin.
Ayniqsa, virus kasalliklari homiladorlikning dastlabki oylarida bolaga tahdid qiladi. Chunki homilaning tarkib topayotgan a'zolari virus va uning zahariga chidamsiz bo'ladi. Gripp va virusli kasalliklarida organizmda vitamin S kamayib ketadi, natijada gormonlar faoliyati susayadi — progesteron va follikulin muvozanati buziladi va bachadon muskullarining qisqarishiga sabab bo'ladi.
Homilador ayol qizamiq, qizilcha bilan og'rib qolsa, asosan toshmalar tosha boshlaydi. Brutsellyoz, toksoplaz- moz, listerioz kabi yuqumli kasalliklar homilaning turmas- ligiga, bolaning nuqson bilan tug'ilishiga sabab bo'ladi.
Brutsellyoz xom sut ichganda, go'shtni yaxshi pishir- may yeganda, kasal uy hayvonlarini parvarish qilganda yuqishi mumkin. Brutsellyozga uchragan odamning vaqti- vaqti bilan harorati ko'tarilib, bo'g'inlari og'riydi, ko'p terlaydi. Poliklinikada hamma homiladorlardan qon olib brutsellyoz kasalligi bor-yo'qligi tekshiriladi.
Toksoplazmoz kasalligini it, mushuk, kemiruvchilar va odamlar tarqatishi mumkin. Kaptar, tovus, qoramolda ham uchraydi. Homilador ayol kasallanib qolgach, parazit yo'ldosh va qog'onoq suvi orqali homilaga o'tib, uni zararlaydi. Natijada bolaning miyasiga suv yig'ilishi, bosh miyaning o'smay qolishi yoki bola tug'ma ko'r bo'lib tug'ilishi mumkin. Bu kasallikning oldini olishda sanitariya- gigiena qoidalariga rioya qilish (ayniqsa, uyida mol-qo'y boquvchilar) sichqon va kalamushlarni yo'qotish, qoramol- lami veterinar tekshiruvidan o'tkazish muhim rol o'ynaydi.
Zotiljam kasalligida ham bakteriya toksinlari, harorat- ning ko'tarilishi va kislorod yetishmasligi homilaga yomon ta'sir ko'rsatishi va u barvaqt tug'ilishi mumkin.
Homiladorlik paytida har-xil dorilarni shifokor masla- hatisiz ichish, fizioterapevtik usullar bilan davolanish, rent- gen va radiy nurlaridan ta'sirlanish, ichkilik ichish va che- kish ham juda zararli.
Spirtli ichimlik butun organizmga, jumladan pusht^a ham yomon ta'sir ko'rsatadi. Ichkilikka o'rgangan erkaklarda urug' suyuqligining sifati, hayotchanligi buziladi. Ichkilikboz erkaklarning 43%da jinsiy ojizlik, 70%da erkaklik urug'i harakatsiz ekani va normada bo'lmasligi aniqlangan.
Homilador ayol ichkilik ichsa, u qon orqali homilaga o'tib, uni zaharlaydi, natijada homila qorinda o'lib qolishi, yoki chala tug'ilishi mumkin.
Ichki sekretsiya bezlaridan: qalqonsimon bez, tuxum­don, buyrak-usti bezi va boshqa bezlar faoliyatining buzili­shi ham homilaning tushishiga olib kelishi mumkin.
Homiladorlikning normal kechishida ovqatlanishning roli katta bo'lib, ayol organizmida oqsil, temir moddalari vitaminlar, ayniqsa vitamin A, V, S, E, yetishmaganda ham homila normal o'smasligi, erta tug'ilishi mumkin.
Bachadon bo'limlarining o'tkir yallig'lanishi ham bola tushishiga sabab bo'ladi.
Ona va bolaning qoni rezus jihatdan bir-biriga mos kelmasa ham bola tushishi, chala tug'ilishi yoki u gemolitik kasallik bilan dunyoga kelishi mumkin.
Ba'zan sog'lom er-xotindan bola sarg'ayib tug'ilishi, biroq ko'p yashamay nobud bo'lishi mumkin. Buning asosiy sababi ona bilan bola qonining rezus jihatidan bir-biriga mos kelmasligidir.
Rezus-omil nima? Odamning qizil qon tanachalari - eritrotsitlarda maxsus oqsil modda bo'ladi, u rezus-omil deyiladi. 85% odamlarning qizil qon tanachalarida bu omil bo'ladi, u rezus (+) deb ataladi, 15% odamlarda esa bu omil bo'lmaydi, u rezus (-) deyiladi.
Rezus omilning bo'lish — bo'lmasligi kishi salomat- ligiga yomon ta'sir qilmaydi. Agar er-xotin qoni rezus jihatidan bir-biriga to'g'ri kelmasa, ya'ni rezus (-) ayol rezus (+) erkak bilan turmush qursa, homila qonida bu omil bo'lishi ham, bo'lmasligi ham mumkin.Agar homila qoni onasi kabi rezus (-) bo'lsa, u holda ona bilan homila organizmida hech qanday raqobat bo'l­maydi, bordi-yu homila qoni rezus (+) bo'lsa, ona organiz- mi homilaning rezus omiliga qarshi antitclolar ishlab chiqara boshlaydi. Ular homila organizmiga o'tib uni kasal- lantirishi va bola tushishi mumkin.
Rezus (-) ayol homila 8-10 haftalik bo'lgandan bosh- lab davolansa, u holda homiladorlik normal kechishi va bola eson-omon tug'ilishi mumkin. Ko'pincha eridan olingan bir parcha terini homilador ayolga ko'chirib o'tka- zish homilaning tug'ma sariq kasalligiga chalinish va bola tug'ilishidan saqlab qolishda katta rol o'ynaydi. Birinchi va ikkinchi homiladorlik orasidagi vaqt ikki yildan kam bo'l­masligi kerak.
Bachadon bo'yni muskullari zaifligi ularning tug'ruq yoki abort paytida yirtilishi natijasida bola tug'ilishi odat bo'lib qolishi mumkin, u holda homiladorlik paytida bachadon bo'yni tiqilib homila saqlab qolinadi.
Bola tug'ilish xavfming boshlang'ich bosqichida bachadon muskullari taranglashishi natijasida ayol qorni- ning pastki qismida og'riq sezadi, bachadon qisqarishi tufayli homila ko'chib qon keta boshlaydi. Qonning ko'p yoki kam ketishi homilaning bachadon devoridan qancha- lik ko'chganiga bog'liq Bola tug'ilish xavfining boshlang'ich bosqichida bachadon muskullari taranglashishi natijasida ayol qornining pastida og'riq boshlanadi, homila hali bachadon devoridan ko'chmagani uchun qon bo'lmaydi. Bu bosqichda ayol darhol shifokorga borsa homilani saqlab qolishi mumkin.
II-III bosqichlarda qon ketib og'riq zo'rayadi, homila bachadon devoridan ko'chib, bo'yinga tushadi, bu holda homilani saqlab qolishning iloji bo'lmaydi, ba'zan bolani saqlab qolish u yoqda tursin onaning hayoti ham xavf ostida qoladi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling