Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
material, uy ishini tekshirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Interfaol mashqlar ( vaqtning 60 %) Maqsad- materialni amaliy o`zlashtirish, mashg`ulot (dars) maqsadlariga erishish. Bunda o`qituvchi topshiriqni tushuntiradi. O`quvchilar yakka– juftlikda kichik guruhlarda ishlaydilar, natijalarni taqdimot qiladilar. O`qituvchi kuzatishlariga asoslanib, ishni umumlashtiradi. Yakun yasash (o`rganilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash) (vaqtning20%) Maqsad-refleksiya, qayta bog`lanish, mashg`ulot davomida amalga oshirilgan, faoliyatni anglash, maqsadga erishilganlik, olingan BKM larni hayotda qo`llash imkoniyatlarini tahlil qilish. Dars strukturasi to`g`risida fikr yuritganda “dasr rejasi”, “texnologik xarita”, “dasr turlari” kabi tushunchalarni aniqlashtirish zaruriyati tug`iladi. Dars rejasi: Sana, Sinf, Fan, Mavzu, Maqsad, Darsturi, Metodlar, Dars jihozi, Darsning borishi. Yuqorida dars rejasining tarkibiy qismlari ifodalangan bo`lib, dars rejasi har bir dars ishlanmasi, texnologik xaritaning ajralmas qismidir. Texnologik xarita-bir soatlik dars ishlanmasining o`qituvchi foydalanishi uchun qulay sxemasi bo`lib, darsni tashkil etishda tushuncha va bilimlarning muayyan izchilligi va axborotli modellarni o`rganish usullari, yo`llari, ko`rsatmalari hamda ko`rgazmali –texnologik topshiriqlar yig`indisidan iborat. Maqsad nima? Ko`pincha o`qituvchila rmaqsad bu – “biz intilayotgan narsa”, “oldimizga qo`ygan reja, ish”, “orzu” deb ta’rif beradilar. Hayotiy misol Keling ,bu masalani kelin olish misolida ko`rib chiqaylik. Inson farzandi dunyoga kelganda “katta bo`lsa, yaxshi to`ylar qilsam” deb orzu qiladi. O`g`il farzand voyaga yetganda, nasib qilsa, to`y – tomosha qilaman, elga osh beraman” deb yana o`ylaydi, orzusi yaqinlashgandek bo`ladi ( qizlarning ishi biroz murakkab, sababi to`yning qachon bo`lishi ota – ona yoki qizga bog`liq emas).Lekin bularning barchasi hali orzu. Orzuni qanday qilib maqsadga aylantirish mumkin? Birinchidan, farzandingiz oila qurishga, oilani boshqarishga jismoniy va ma’naviy jihatdan tayyorligini hisobga olasiz. Ikkinchidan, to’y qilishga moddiy ta’minot yetarlimi? Uchinchidan, yoshlar to`ydan keyin qayerda yashaydilar? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling