Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Stress holatiga tushgan shaxs xuddi shu stressga qarshi quyidagi usul va vositalarni qo’llash yaxshi natija beradi: a) stress holatiga nisbatan antistress kayfiyatini shakllantirish (ro’y bergan vaziyat, holat, emotsiyalarga nisbatan o’z ruhiyatidagi munosabatni o’zgartirish); b) ko’proq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish (badantarbiya, sport turi, jismoniy mehnat); v) o’z-o’zini bo’shashtirish (rasslabneniya) tananing oyoq uchi qismidan to qo’l barmoqlarigacha bo’shashishga erishish ; g) autotrening (O’z-o’zini ishontirish ) d) relaksatsiya (o’z-o’zini yengillashtirish) orqali stress holatiga barham berish mumkin. Yuqoridagi fikrlarga xulosa qilib shuni aytish mumkinki: Stress,nafaqat o’spirinlik,balki barcha yosh davrlarida xam shaxs taraqqiyotiga muxim to’siq bo’luvchi omildir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. E.G’oziyev “Umumiy psixologiya” Toshkent 2008 y. 2. Y.Jumanazarov”Yosh davrlar psixologiyasi” Namangan 2013 y. 3. T.Sodiqova “Sevib qolgan qizning onasiga maslaxat” qo’llanma. Toshkent 2018. MILLIY O’Z-O’ZINI ANGLASH VA UNING PSIXOLOGIK OMILLARI Abduqodirova Fotima Maxmudovna Norin tumani 31-maktab amaliyotchi psixologi Insonning baxti-saodati, kelajak hayotini yaxshi yoki yomon bo’lishi davlat mustaqilligini mustaxkamlsh bilan bir qatorda turli millatlar, elatlar, sinflar, ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi hamkorlik, hamjihatlik munosabatlarining yakomillashishi bilan Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази ham uzviy bo’liqdir. Bu ayniqsa, ko’p millatli davlatlar, jumladan O’zbekiston Respuplikasi uchun juda kata ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, millat ijtimoiy-etnik birlikning murakkab shakllari jumlasiga kiradi.Millat, asosan kishilarning tarixan tarkib topgan birligi bo’lib, iqtisodiy hayot, til, hudud va madiniyatining milliy o’zligini anglash va milliy psixologik xususiyatlarning birligi bilan ajralib turadi. Iqtisodiy turmushi birligi asosida til va hudud birligini paydo bo’lishi millatning asosiy belgilaridir. Millatning til, hudud, iqtisodiy va siyosiy birlashishi elatlarning yozma adabiy tili va og’zaki ijodining rivojlanishi asosida yagona milliy tilning paydo bo’lishiga olib keladi. Millatning tarixiy taraqqiyot xususiyatlari, uning iqtisodiy tuzumi, odat va an’nalari, yashash muhiti uning ma’naviy qiyofasiga ta’sir etadi. U yoki bu millatga mansub bo’lgan kishilarning o’ziga xos milliy xususiyat va psixologiyasi, milliy tili va madaniyati bo’ladi. Til millatning eng muhim belgilaridan biridir. Kishilarning milliy birligini davlat yoki irqiy birliklar bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Millatlar bir irqdan yoki turli irqlardan tashkil topishi va aksincha millatlar bir irqqa mansub bo’lishi , ba’zi millatlar turli dinga, yoki bir necha millatlar bir irqqa mansub bo’lishi, ba’zi millatlar turli dinga e’tiqod qilishi mumkin. Irqlarga bo’linish –gavda tuzilishi, qiyofasi, rang-ro’yi va boshqa alomatlariga qarab bo’linishidir. Millatlar va yuqorida aytib o’tgan etnik belgilar bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bir tomondan za’rurlanishda belgi bo’lmaydi. Ikkinchi umumiylik va farqlar borligiga e’tiborga olishga to’g’ri keladi.Ularning har ikkisiga xos bo’lgan umumiylik shundaki millatlar ham, sinflar ham tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida yuzaga kelgan hamda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga bevosita bo’g’liq bo’lgan ijtimoiy xodisadir. Dunyoning turli mamlakatlarida xozir o’zining turmush tarzi, tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, rivojlanish darajasiga ko’ra bir- biridan farqqiladigan xalqlar ko’p. Xar bir millatning qiyofasi,uning katta va kichikligidan qa’tiy nazar eng avvalo, o’zining ong va psixologoyasida ifodalanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling