Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
-fikrni so’lomlashirishga qaratish. 
Unutmaslik kerak,kimki chuqur bo’shashishni o’rganmasa, u bioquvvatini to’liq 
ishlata olmaydi. 
Insonning uzoq umr ko’rishiga psixologik omillarning ta’siri kuchlidir. Inson 
o’z tabiiy imkoniyatlariga ko’ra 120 yil umr ko’rishi mumkin ekan. Lekin 
asabiylashish, nizolar, ziddiyatlar, ko’ngilxiraliklar umrimizga zomin bo’lar ekan. 
Shuningdek yoqimsiz faoliyat bilan shug’ullanishi, jahldorlik, befarqlik ham uning 
umriga ta’sir ko’rsatar ekan. Agar inson o’ziga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lsa, 
teran fikrlay olsa, go’zallikni his qila olsa, muammolarni yengil va osoyishta hal etadi. 
Agar inson o’zidan norozi bo’lsa, o’ziga ishonmasa muammolari chigallashib 
ketaveradi. Ba’zilar o’zini yaxshi ko’rish xudbinlikdir, deyishadi. O’z- o’zini hurmat 
qilish, o’zining menini tushunish, tan olish-bu boshqa odamlar sari qo’yilgan birinchi 
qadamdir. O’zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham hurmat qilishni o’rganadi. O’z-
o’zini sevish hayotni ham sevishga o’rgatadi. Inson o’zini kashf etib borgani sari uning
kengayib boraveradi. Bu esa o’sha insonni salbiy ta’sirlardan himoya qiladi. Agar inson 
hayotning qiyinchilik daqiqalarida vaziyat nechog’lik murakkab bo’lmasin, o’zini 
qollab quvvatlay olsa uning hayoti ijobiy tomonga o’zgaradi. Xalq hikmatlarida 
“Boshiga har qanday musibat tushganda ham chin inson bo’lib qolish bebaho insoniy 
fazilatdir”, “O’tgan ish uchun hasrat va nadomat chekmoq aqlli odamning ishi emas” 
deyiladi. Agar inson bir varaqqa salbiy va bir varaqqa ijobiy sifatlarni yozib chiqsa, shu 
narsaga amin bo’ladiki, uning hayotini shakllanishida salbiy tomon ko’proq o’rin tutar 
ekan. Muqaddas kitobimiz Qur’oni Karimning Sharx surasida “Bas, albatta har bir 
og’irlik va mashaqqat bilan birga bir yengillik ham bordir” deyiladi. Bu naql 
xalqimizning “oyning o’n beshi yorug’ bo’lsa o’n beshi qorong’u” degan haqiqat bilan 
uyg’undir. Agar inson g’am qayg’ularni qalbida ardoqlab yursa bir kun emas bir kun 
uni jarohatlaydi. O’tmish voqealaridan xalos bo’lishning birdan bir yo’li shaxsni avf 
etishni o’rganishdir. Kechirimlilik ruhan yengillikka olib keladi. Hadisi sharifda 
“Islomda uch kundan ortiq arazlashish yo’q”, “Agar bir birodar ikkinchi birodari bilan
uch kundan ortiq arazlashib yursa, u birodarini o’ldirish gunohini olar” deyiladi. 
Insonda yomonlik tuyg’usi yo’q bo’lsa, unda hayotiy kuch quvvat ortar ekan. 



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling