Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
v) o’z-o’zini bo’shashtirish (rasslabneniya) tananing oyoq uchi qismidan to qo’l barmoqlarigacha bo’shashishga erishish ; g) autotrening (O’z-o’zini ishontirish ) d) relaksatsiya (o’z-o’zini yengillashtirish) orqali stress holatiga barham berish mumkin. Yuqoridagi fikrlarga xulosa qilib shuni aytish mumkinki: Stress,nafaqat o’spirinlik,balki barcha yosh davrlarida xam shaxs taraqqiyotiga muxim to’siq bo’luvchi omildir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. E.G’oziyev “Umumiy psixologiya” Toshkent 2008 y. 2. Y.Jumanazarov”Yosh davrlar psixologiyasi” Namangan 2013 y. 3. T.Sodiqova “Sevib qolgan qizning onasiga maslaxat” qo’llanma. Toshkent 2018. MUOMALA JARAYONIDAGI ERKINLIK – O’SMIRLARDAGI MUSTAQIL FIKRLASHNING ASOSIY PSIXOLOGIK OMILI, PSIXOLOGIK XIZMATNING DOLZARBLIGI Oblokulova Lutfiya Narzikulovna Samarqand viloyat Toyloq tuman 20-maktab psixologi O’quvchining o’quv faoliyati kommunikasion tabiatga ega bo’lib, unga pedagogik ta’sirning ko’pchiligi guruhiy kommunikasiya jarayonida amalga oshiriladi.Tafakkur mustaqilligini shaxsning bilimlarini fikr predmetiga o’tkazish qobiliyati sifatida tushunish pedagogik jarayonida muomalani qulay tashkil etishni talab qiladi. Muomala ijod psixologiyasida, odamlarning o’zaro bir-biriga ta’siri va o’zaro harakati sifatida, o’zaro bir-birini tushunish va hamdardlik jarayoni sifatida o’rganiladi. Insonlar o’rtasidagi muomala insoniyat mavjudligining zarur shartidir, chunki odamlar yolg’iz qolganlarida, o’zlarini boshqacha tutishadi,o’zgalar bilan muomalaga kirishganlarida o’zlarini yanada noxush tutadilar.V.M.Bexterev guruhning shaxsga ta’siri turlicha Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази bo’lishini ta’kidlagan: undovchi (insonning energiyasi boshqa odamlar mavjud bo’lganda ortishi), faollashtiruvchi (insonning faoliyat jarayonida guruh a’zolaridan ortda qolmaslikka intilish) va yo’qotuvchi (guruh shaxs faoliyatining individualligini namoyish qilishni tormozlashi.) V.M.Bexterev, M.V.Lange,V.Ye.Myasishchev,F.Ollport,V.Myode,A.Myeyo, D.Morenko va boshqa psixooglarning tadqiqotlarida insonning ruhiy faolligiga, ishchanlik qobiliyatiga shaxslararo munosabatlar insonlarning hamkorlikdagi faoliyatiga kata ta’sir ko’rsatishi isbotlangan. Jamoada shaxsiy faoliyat natijalarini tahlil qilish, o’rtoqlari faoliyati mahsullari bilan taqqoslaganda samaraliroq bo’ladi. F.D.Gorbovning tadqiqotlqridan ma’lum bo’lishicha, ma’lum sharoitlarda jamoa bo’lib birgalikda ishlash o’zaro harakatda ishtirok etayotgan guruhning har bir a’zosi shaxsning shakllanishiga imkon beradi. Bu birgalikdagi faoliyat jipslashgan guruhlarda ro’y beradi. Bu haqda A.I.Berg shunday deb yozadi: «inson faqat tahqi dunyo bilan to’xtovsiz muomala qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to’liq informasion ajralish- bu aqldan ozishning boshlanishidir. Informasion undovchi tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga oziq-ovqatdek, issiqlikdek zarur. Fikr almashish jarayoni nutqsiz amalga oshishi mumkin emas. Nutq faoliyati fikr almashinuv, ayniqsa o’quv faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mustaqil fikrlash tashabbuskor nutqning rivojlanishini talab qiladi. Ammo shuni nazarda tutish lozimki, nutq faoliyati maqsad hisoblanmaydi, u har doim fikr almashish jarayonining umumiy tarkibiga kiritilgandir va shu bilan birga insonlarning aqliy va amaliy faoliyatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Mustaqillikka moyillikning rivojlanishi ikki yo’nalish asosida amalga oshiriladi. 1. Mustaqillikning shaxs xislati sifatida vujudga kelishi ijtimoiy muhitga bog’liq. Bu bog’liqlik mustaqillikka bo’lgan ehtiyojni qondirish imkoniyatlari sohasida va qadriyatlarda ifodalangan mustaqillik mazmuni xarakterida ifodalanadi. 2.Mustaqillikning shaxs sifatida shakllanishida individual xususiyatlar shaxs yashaydigan va mehnat qiladigan jamoada vujudga kelgan munosabatlarga hamda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling