Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
uchun uzluksiz metodik yordam ko‘rsatish tizimini joriy etish bo‘yicha bir qancha amaliy jarayonlar faoliyatga tatbiq qilinmoqda[6]. Xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish tizimi keyingi yillarda tubdan takomillashtirilganligiga qaramasdan, pedagog xodimlarning kasbiy ehtiyojlarining to‘liq qondirilishi, mobillik darajasining pastligi, ularda yetarlicha motivatsiyani shakllantirish, o‘quv reja va dasturlarni aniq manzilli qilib yaratish va uzluksizlikni ta’minlash imkoniyatini yetarlicha bermayapti. Tahlillar ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog xodimlarning o‘z ustlarida muntazam ishlash, kasbiy bilimlarini uzluksiz yangilash va chuqurlashtirish, zamon talablari asosida kompetentsiyalarni o‘z vaqtida rivojlantirish ishlarini har 3-5 yilda olib boriladigan malaka oshirish jarayonidagina amalga oshirib bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Bu esa yosh avlodga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ularni barkamol qilib shakllantirish, Davlat ta’lim standartlarining to‘liq bajarilishiga erishishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi[2]. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida pedagog xodimlar kasbiy kompetentligini oshirishga yangicha munosabat bildirish va sohada ijobiy o‘zgarishlar uchun zaruriy asosni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2021-yil 25- yanvarda “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy- tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4963-son qarori, ushbu qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2022-yil 17-yanvarda “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida” NIZOM qabul qilindi. Yuqorida qayd etilgan xujjatlarga asoslanib, xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganildi hamda «Uzluksiz kasbiy ta’lim» maxsus elektron platformasi orqali ularning individual kasbiy rivojlanish traektoriyasi tuzildi. Xalq ta’limi xodimlarini malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish traektoriyasiga mos keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. An’anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling