Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
tanadagi og‘riqlarni unutish, asabiy zo‘riqish orqali kelib chiqadigan kasalliklarni oldini
olishga yordam bersa, bolalarda jizzakilik, tushkunlik, qurquv va yopiqlikni yengib
o‘tishiga xizmat qiladi.
Musiqiy meditatsiyalar orqali tana var uh birligiga, xotirjamlikka, go‘zallikka,
nafosat va sharqona tarbiyaga ota-onalar orqali farzandlarni yo‘naltirish maqsadi
nazarda tutilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. E.G‘oziyev – T.: 2008
2. Barkamol shaxs kamolotida milliy an’analardan foydalanishning ta’lim-tarbiyaviy
ahamiyati.
3. Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shartlari.
4. Tarbiyachining pedagogik iste’dodi va mahorati, uni takomillashtirish yo‘llari.
O‘QUVCHILARNI TARBIYALASHDA UCH TOMONLAMA HAMKORLIK:
OTA-ONA, SINF RAHBAR HAMDA PSIXOLOG
Jo‘rayeva Lola Olimovna
Zarafshon shahar 1-AFCHO‘I maktab psixologi
Bolani tarbiyalash nafaqat oila tomonidan, balki ta'lim muassasasi xodimlari
tomonidan ham amalga oshiriladi, shuning uchun ushbu ta'sir doiralari o'rtasida o'zaro
aloqalarni o'rnatish juda muhimdir. Faqat shundagina bolaning shakllanishi, rivojlanishi
va tarbiyasi to'liq bo'ladi. Maktab psixologi, sinf rahbari – o‘quvchilar jamoasining
manfaatlarini ifodalaydigan, ularning ota-onalari bilan ishlashda bolalarning tarbiyasi va
rivojlanishini tashkil qiladigan muhim shaxs hisoblanadi. Ushbu hamkorlikni ta'limning
boshlang'ich bosqichida, bolalar yangi jamoaga, vazifa va majburiyatlarga endigina
o'rgana boshlagan paytda saqlab qolish juda muhimdir. Maktabda tarbiyasi og'ir bolalar
bilan ,yoxud ruhiyatida o'zgarish bo'lgan bolalar bilan ishlashda, muammoli vaziyatga
yechim topishda faqat o'qituvchi emas, ota- ona hamda maktab psixologi hamkorligida
Do'stlaringiz bilan baham: |