Ammiakning ishlatilishi. Ammiak kimyo sanoatida va qishloq
xo'jaligida katta ahamiyatga ega. Ammiak nitrat kislota ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Ammoniy tuzlari: am- moniy nitrat - NH 4N 0 3, ammoniy sulfat - (NH4) 2S0 4, ammo niy fosfat - (NH4) 3P0 4 qishloq xo'jaligida o'g'it sifatida ishlatiladi.
Ammiak dori-darmon tayyorlashda, har xii bo'yoqlar, portlovchi moddalar tayyorlashda ham muhim ahamiyatga ega. Ammiak oson suyuqlikka aylanishi va keyin bug'langanda issiqlik yutilishi tufayli u sovitish tcxnikasida qo'llaniladi.
Ammoniy tuzlari. Ammoniy tuzlari ammoniy gidroksidga yoki
ammiakka kislotalar ta'sir ettirib olinadi. Masalan:
2N H 3 + H2SO4 = ( N H4) 2SO 4
2NH 4OH + H2SO 4 = (N H4) 2SO 4 + 2H 2O
Ammoniy tuzlari suvda yaxshi criydigan va yaxshi dissotsilana digan rangsiz kristall moddalardir. Ular eruvchanligi va kristall
panjarasining tuzilishi jihatidan ishqoriy metallarning tuzlariga o'xshaydi.
Ammoniy tuzlari boshqa tuzlar singari ishqorlar, kislotalar va tuzlar bilan o'zaro reaksiyaga kirishadi, masalan:
NH 4Cl + NaOH = NaCl + NH4O H
Ammoniy gidroksid beqaror modda bo'lib, darhol N H3 bilan H2O ga parchalanadi:
NH 4O H = NH 3 + H2O
Ammoniy tuzlari qattiq holda isitilsa, termik dissotsilanadi:
N H4Cl N H 3 + HCI
( N H4 ) 2CO 3 = 2 N H 3 + H 2O + CO2
N H4 NO 2 = N 2 + 2H 2O
2N H 4 NO 3 = 2N 2 + 0 2 + 4H2O
Ammoniy tuzlarining termik dissotsilanish tabiati shu tuzni hosil qilgan kislotaning kuchiga bog'liq. Kislota qancha kuchsiz bo'lsa, ammoniy tuzi shuncha oson parchalanadi. Masalan: ammo-
niy xlorid 350 °C da N H3 bilan HCI ga ajraladi; ammoniy karbo nat ( N H4) 2CO 3 odatdagi sharoitdayoq (60 °C da) to'liq N H3, CO2 va H 2O ga ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |