Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus


Download 0.77 Mb.
bet101/110
Sana21.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1367794
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   110
Bog'liq
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]

Azotning fizik xossalari. Azot rangsiz, hidsiz, mazasiz gaz bo'lib, suvda juda oz eriydi. Bir hajm suvda 20·c da 0,0154 hajm azot
eriydi. Azot havodan bir oz yengil: bir litr azot 1,25 g keladi. Azot
-219,86 ·c da suyuqlanib, -195,8 °C da qaynaydi.
Azotning kimyoviy xossalari. Azot atomining sirtqi pog'onasida beshta elektron bo'lganligi uchun uchta elektron qabul qilib, manfiy uch valentlik hamda elektronlarini berganda +I, +2, +3, +4 valent­ lik namoyon qiladi. Azot molekulasi ikki atomdan iborat bo'lib, bu atomlar o'zaro juda pishiq uchta umumiy elektron juft hosil
qilib (kovalent) bog'langan: : N :: N : y_oki Nr Shuning uchun ham azot oddiy sharoitda hech qanday elementlar bilan reaksiy­ aga kirishmaydi, desa bo'ladi. Oddiy sharoitda azot faqat litiy bilan birikadi:
6Li + N2 = 2Li3N
Yuqori temperaturada azotning faolligi ortib, metallar va me­ tallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi.
Azotning metallar bilan hosil qilgan birikmalari nitridlar deyi- ladi: t
3Mg + N 2 = Mg 3 N 2
3Ca + N2 = Ca3 N 2
2Al + N 2 = 2AIN
Azot katalizator ishtirokida yuqori bosim va yuqori tempera­ turada vodorod bilan birikadi:
N 2 + 3H2 +2 2NH 3
U elektr yoyi temperaturasi ta'sirida kislorod bilan birikadi:
N 2 + 0 2 = 2NO
Azotning olinisbi. Azot, asosan, havodan olinadi. Havoning tarkibida hajm jihatdan 78,09% azot, 20,95% kislorod, 0,93%
inert gaz, 0,03% CO 2 bo'ladi. Havoni suyuq holatga o'tkazib azot olinadi. Buning uchun havo maxsus qurilmalarda 200 atm bosim­ da siqilib, I atm gacha bo'shatiladi. Shu jarayon natijasida havo
soviydi, uni bir necha marotaba takrorlab, havo yetarli darajada sovitiladi va suyuq holatga o'tkaziladi. Suyuq havo tarkibidagi azot, kislorod va inert gazlar bir-biridan qaynash temperaturalari orasida farq borligiga asoslanib ajratiladi. Lekin bu yo'I bilan olingan azot toza emas. Kimyoviy toza azot uning birikmasidan, masalan, ammiakdan olinadi, buning uchun ammiak qattiq qizdirilgan mis ( II) oksid ustidan o'tkaziladi:
3CuO + 2N H 3 = N 2 + 3Cu + 3H 2O
Laboratoriyada natriy nitritning to'yingan eritmasiga ammoniy xlorid tomchilatib quyiladi, sal qizdirganda:
Na N0 2 + NH 4Cl N H4 N0 2 + NaCl N H4 N0 2 = 2H 20 + N 2

3
reaksiyaga muvofiq azot ajralib chiqadi. Bu azot tarkibida NH ,
NO, 0 2 qo'shimchalar bo'ladi.
Azotni NH3 dan tozalash uchun uni H2S0 4 eritmasi orqali, NO dan tozalash uchun FeS0 4 eritmasi orqali, 0 2 dan tozalash uchun esa qizdirilgan mis bo'laklari ustidan o'tkaziladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling