Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus


Download 0.77 Mb.
bet107/110
Sana21.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1367794
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]

4N 0 2 + 2H 2O + 0 2 = 4HN 0 3
Bu jarayon boshlanishidan avval ammiak va havo vodorod fos­ fid, vodorod sulfid, chang, moy kabi zararli qo'shimchalardan tozalanadi, chunki ular katalizatomi zaharlaydi. Havo 250-300 °C ga qadar isitiladi. Keyin ammiak bilan havodan tarkibida I 0-12% ammiak bo'lgan aralashma tayyorlanadi. Aralashma kontakt appa­ ratiga kiritiladi. Kontakt apparatda tarkibida 5- 7 foiz radiyli platina simdan yasalgan bir necha qavat to'r bo'ladi. Atmosfera bosimida ishlaydigan kontakt apparatda temperatura 700-750 °C ga yetadi.
Bu yerda ammiak oksidlanib, NO bilan suv hosil qiladi. Kontakt apparatdan chiqqan gazlar (NO, 0 2, N 2) sovitiladi. Gazlar sovi­ ganda NO o'ziga kislorod biriktirib olib, NO 2 ga aylanadi. Hosil
bo'lgan NO 2 suvga yutiladi va HN 0 3 hosil qiladi. Shu yo'I bilan
hosil qilingan kislota suyultirilgan (40-50% Ii) kislota bo'ladi. Agar
NO 2 ni yuqori bosimda kislorod ishtirokida suvda eritilsa, yuqori konsentratsiyali kislota hosil bo'ladi. Suyultirilgan nitrat kislota xrom qo'shilgan po'latdan yasalgan idishlarda, konsentrlangani esa alu­ miniy idishlarda saqlanadi.
Fizik xossalari. Toza nitrat kislotaning zichligi 1,50 g/ sm3 va qaynash temperaturasi 86 °C. U rangsiz suyuqlik bo'lib, -41 °C da qotadi, tiniq kristall massaga aylanadi. Nitrat kislota suv bilan har qanday nisbatda ham aralashadi. Uning 68% Ii eritrnasi 120,5 °C da qaynab, tarkibini o'zgartirmay haydaladi.
Kimyoviy xossalari. Nitrat kislota bir negizli kuchli kislota, u o'zining suyultirilgan eritmalarida H+ va NO.i ga batamom disso­ tsilangan bo'ladi.
Nitrat kislota kimyoviy jihatdan beqaror bo'lib, yorug'lik ta'sirida
va isitilganda asta-sekin NO 2, 0 2 va H2O ga ajralib turadi: 4HNO3 = 4NO 2 + 0 2 + 2H 2O
Nitrat kislota eng kuchli oksidlovchilardan biridir. Ko'pchilik
metallmaslar nitrat kislota bilan ta'sirlashganda o'sha metall­ maslarning kislotalari hosil bo'ladi. Masalan:
S + 2H NO 3 = H 2SO 4 + 2NO
3P + 5H NO 3 + 2H 2O = 3H3PO4 + 5NO
Nitrat kislotaning oksidlash kuchi va qanday moddagacha qaytarilishi uning konsentratsiyasi va metallning faolligiga bog'liq. Nitrat kislota boshqa moddalarni oksidlab, o'zi birin-ketin quyidagi birikmalarga qadar qaytariladi:
+5 +4 +J +2 +I O +J
H N 0 3 N 0 2 H N 0 2 N O N2 0 N2 N H3
Konsentrlangan nitrat kislota hamma vaqt NO 2 gacha qayta­ riladi.
Suyultirilgan nitrat kislota NO gacha yoki ancha faol metallar (masalan, temir, rux, magniy) ga ta'sir etganda N2O gacha qay­ tariladi. Agar kislota juda suyultirilgan bo'lsa, ammoniy nitrat N H4NO 3 hosil bo'ladi:
Cu+ 4HNO 3 = Cu(NO 3 ) 2 + 2H 2O + 2NO 2
kons.
3Cu + 8HNO 3 = 3Cu( NO 3h + 4H 2O + 2NO
suyult.
Pb+ 4HNO3 = P b( NO 3 )i + 2H 2O + 2NO2
Bir hajm nitrat kislota bilan uch hajm xlorid kislotadan iborat aralashma zar suvi deyiladi. Zar suvi nitrat kislotada erimaydigan oltin va platinani ham eritadi:
Au + H NO 3 + 3HCI = AuC l3 + NO + 2H 2O
3Pt + 4HN0 3 + I 2HCI = 3PtC14 + 4NO + 8H02
Reaksiya mexanizmi quyidagicha:
H N0 3 + 3HCI NOCI + Cl2 + 2H 20
Nitrozil xlorid NOCI beqaror modda bo'lib, quyidagicha par­ chalanadi:
2NOCI = 2NO + Cl2
va bundan oldingi reaksiyada ajralib chiqqan xlor oltin va platinaga ta'sir etib, ulami xloridlarga aylantiradi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling