Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus
Download 0.77 Mb.
|
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]
bog'lab turgan elektron juftlar elektrmanfiyr.o atom/arga tomon
si/jiganda, shuningdek, bir xii atomlarga taal/uq/1 elekrron juft/ar ular orasida bo'/ganda vujudga kelishi mumkin bo'/gan elektr zaryaddir. 4.4- §. ElelrtrolizBiror elektrolitning eritmasi yoki suyuqlanmasi orqali o'zgar mas tok o'tganida eritmadagi kationlar katodga, anionlar esa anodga tomon harakat qiladi. Katodga yetib kelgan kationlar elektronlarni biriktirib olib qaytariladi. Anodga borgan anionlar elektronlarini berib oksidlanadi. Masalan, qizdirib suyuqlantirilgan mis (II) xlorid yoki uning eritmasi orqali o'zgarmas tok o'tganda quyidagi jarayonlar sodir bo'ladi: Cu•2 + 2e Cu (katodda) 2 2Cl - 2e Cl (anodda) Suyuq/antiri/gan e/ektrolit yoki uning suvdagi eritmasi orqali elektr toki o'tganida e/ektrodlarda sodir bo'/adigan oksidlanish qaytari/ish jarayonlari e I e k I ro Ii z deyiladi. Elektrolizning mo hiyati kimyoviy reaksiyani elektr energiyasi hisobiga amalga oshi rishdan iboratdir. Elektroliz jarayonlarida katod qaytaruvchi, anod oksidlovchi vazifasini bajaradi. Katod elektronlar beradi, anod elektronlami qabul qiladi. Lekin bu jarayonlar elektr toki ta'sirida amalga osha di. Shuning uchun ular elektr-qaytarilish va elektr-oksidlanish ham deyiladi. Elektr tokining qaytaruvchi va oksidlovchi ta'sirlari kimyoviy oksidlovchi va qaytaruvchilar ta'siriga qaraganda ancha kuchlidir. Shuning uchun ham sanoatda aktiv metallar elektroliz usuli bilan olinadi. Elektroliz vaqtida birlamchi va ikkilamchi jara yonlar borishi mumkin. Elektr toki berilganida ionlarning elek tron biriktirib olish yoki elektron berish hodisasi birlamchi jara yondir. Bu jarayon natijasida, ko'pincha, elektrolizning dastlabki mahsulotlari hosil bo'ladi. Elektroliz mahsulotlari erkin holda ajralib chiqishi hamda o'zaro yoki erituvchi bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi mumkin. Reaksiyaga kirishganida elektrolizning ikkilam chi mahsulotlari hosil bo'ladi. Suyuqlantirilgan elektrolitlar elek troliz qilinganda faqat birlamchi mahsulotlar chiqadi. Elektrolit larning suvdagi eritmalarida e)ektroliz ancha murakkab boradi, chunki, ko'pincha, ikkilamchi jarayonlar sodir bo'ladi. Umu man, elektrolizning borishi va oxirida qanday mahsulotlar hosil bo'lishi birlamchi mahsu)otlarga va erituvchining tabiatiga, elek trodlaming qanday materialdan yasa)ganiga, temperaturaga, elek trodlardagi tokning zichligiga va boshqalarga bog'liq. Ishqoriy (litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy) va ishqoriy-yer metallari (kalsiy, mag niy, stronsiy, bariy)ning hamda a)uminiy tuzlarining eritmalari elektroliz qilinganda katodda vodorod ionlari qaytariladi, chunki eritmada elektrolitning gidratlangan ionlaridan tashqari, H+ va OH· ionlar ham bo'ladi. Masalan, osh tuzi eritmasida gidratlangan Na+, c1- ionlari va oz miqdorda H+, OH ionlari bo'lganligi uchun osh tuzi eritmasining elektrolizida katodda gaz holidagi vodorod ajralib chiqadi: 2 2H+ + 2e 2H 0 H0 Kislorcdsiz kislotalar (HCI. HBr, H 2S, HI) ning suvdagi eritmalari elektrolizida anionlar anodda oksidlanadi: Masalan: 2 2c1- - 2e 2c1· c 1• Kislorodli kislotalar tuzlari (K2S0 4 , Na 2S0 4 , Na N0 3, K3P0 4) eritmalarining elektrolizida anodda gidroksil ionlari oksidlanadi: 40H- - 4e 2H 20 + 0/ Neytral gidroksil beqaror bo'lgani uchun parchalanib, anodda kislorod ajralib chiqadi. Rux xlorid eritmasining elektrolizi quyi dagicha boradi. Eritmada ZnCl2 =Zn+++ 2c1- va oz miqdorda H+ hamda OH- ionlari bo'ladi: ZnCl2 Znt+ + 2c1-, H20 H+ + OH- Elektr toki berilganida rux ionlari katodga, xlor ionlari esa anodga tomon harakat qiladi. Ruxning har qaysi ioni katoddan ikkitadan elektron olib, rux metaliga qadar qaytariladi. Katodda metall - rux ajralib chiqadi. Xlor ionlari anodda xlor atomlariga qadar oksidlanadi, so'ngra bu atomlar o'zaro birikib, xlor mole kulalariga aylanadi: katodda Zn2+ + 2 e Zn° anodda 2CI- - 2e 2CI° Cl 2° Endi kalsiy xloridning suvdagi eritmasi elektrolizini ko'rib chiqaylik. Kalsiy xloridning suvdagi eritmasida Ca2+, Cl· va oz miqdorda H+ va OH- ionlari bo'ladi: CaCl2 Ca 2• + 2CI-, H20 H• + OH- Elektr toki berilganda, birinchi navbatda, katodda vodorod ionlari qaytariladi, anodda esa xlor ionlari oksidlanadi: katodda 2H+ + 2e 2H0 H/ anodda 2CI- - 2e 2CI° Cl 0 Kalsiy ionlari gidroksil ionlari bilan birikib, kalsiy gidroksidni hosil qiladi. Natriy sulfat eritmasining elektrolizida katodda vodorod va anodda kislorod ajralib chiqadi, chunki Na 2S0 4 eritmasida Na• va SO/ ionlaridan tashqari H+ va OH- ionlari ham bo'ladi: Na2S0 4 2Na• + SO/-, H02 H• + OH- Elektr toki berilganida katodda vodorod ionlari qaytariladi, anodda esa gidroksil ionlari oksidlanadi: katodda 2H + 2e 2H0 H02 anodda 40H- - 4e 2H 20 + 0\ Binobarin, natriy sulfat eritmasi elektroliz qilinganida suv elektroli7.ga uchraydi. Juda aktiv metallami olishda ulaming tuz larini suyuqlantirib, elektroliz qilinadi. Yuqorida keltirilgan misollarimizda elektrod materialini elektroliz mahsulotlari yoki crituvchi bilan reaksiyaga kirishmaydigan in deferent modda deb faraz qilinadi. Umuman, elektrodlar, ayniq sa, anod materiali elektroliz vaqtida eruvehan va erimaydigan modda bo'lishi mumkin. Masalan, ko'mir, grafit, platina va iridiydan yasal gan anod erimaydi, lekin mis, kumush, rux, kadmiy, nikel va boshqa metallardan yasalgan anodlar elektroliz vaqtida erib ketadi. Eritma va suyuqlanmalaming elektrolizidan texnikada keng foy dalaniladi. Juda ko'p metallar, tuzlar, kislotalar elektroliz yo'li bilan olinadi. Turli materiallar elektroliz yo'li bilan tozalanadi. Galvanostegiyada po'lat buyumlaming sirtini xrom yoki nikel bi Ian qoplac;hda, galvanoplastikada turli buyumlarning ko'chirma nusxa va qoliplarini olishda elektrolizdan keng foydalaniladi. Ma salan, po'lat buyum sirtini xrom bilan qoplash uchun xrom tuzi eritmasi solingan elektroliz vannasiga po'lat buyum tushirilib, o'zgarmas tok manbayining manfiy qutbi bilan birlashtiriladi. Tok beriladi, sirt xrom bilan yetarli darajada qoplanguncha elektroliz davom ettiriladi. Xrom yoki nikel bilan qoplangan buyum sirti ham chiroyli, ham pishiq bo'ladi. Po'lat buyumni xrom zanglash dan ham himoya qiladi. Elektroliz qonunlari. 1836-yilda ing)iz olimi M.Faradey elek troliz haqidagi ikkita qonunni ta'ritladi. Faradeyning birinchi qonuniga muvofiq, elektroliz vaqtida anod da oksidlangan yoki katodda qaytari/gan moddaning miqdori e/ek tro/it eritmasi yoki suyuqlanmasi orqa/i o'tgan elelc.tr miqdoriga proporsiona/: m = R · Q = R · i · t, bunda, m - oksidlangan yoki qaytarilgan moddaning miqdori, t - vaqt, Q - elektr miqdori, i - tok kuchi, R - moddaning elektr kimyoviy ekvivalenti, ya'ni eritma orqali I kulon elektr o'tganida katodda qaytariladigan yoki anodda oksidlanadigan moddaning miqdori. 7X Faradeyning ikkinchi qonuniga muvofiq, bir necha e/ektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasi orqa/i (ketma-ket ulangan) bir xii miq dorc/a e/ektr o'tkazi/sa, elektrodlarda oksidlangan yoki qaytarilgan moddalarning miqdorlari ularning kimyoviy ekvivalentlariga pro porsiona/ bo'/adi. Masalan, bir idishga AgNO 3, ikkinchi idishga CuSO 4, uchinchi idishga FeC l3 eritmasi solinib, har qaysi idishga bir xii moddadan yasalgan va bir xii kattalikdagi ikki elektrod tushirilsa, va barcha elektrodlar bir-biri bilan ketma-ket ulanib, ularga tok berilsa, sistema orqali 96500 kulon elektr o'tganida bi rinchi idishda I08 g kumush va 8 g kislorod, ikkinchi idishda 31,8 g mis va 8 g kislorod, uchinchi idishda 18,66 g temir va 35,5 g xlor ajralib chiqadi. Binobarin, 96500 kulon elektr o'tganida bir gramm-ekvivalent modda anodda oksidlanadi yoki katodda qayta riladi. 96500 kulon faradey soni deb ataladi va F harfi bilan bclgi lanadi. Faradeyning ikkinchi qonuni quyidagi formula bilan ifo dalanadi: K = (1/96500) · E, bunda, E - moddaning kimyoviy ekvivalenti. Agar bu formula e'tiborga olinsa, Faradeyning birinchi va ikkinchi qonunlari uchun m = (E · i · t)/96500 ifoda kelib chiqadi. Elektroliz vaqtida asosiy jarayondan tashqari, turli qo'shimcha jarayonlar ham sodir bo'ladi, shuning uchun ma'lum miqdor elektr berilganida elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalaming miqdori Faradey qonunlari bilan hisoblangan miqdordan kamroq bo'ladi. Shu sababli e/ektro/iz unumi yoki tokka nisbatan unum degan tushuncha kiritilgan: 11 = (m, /m )-100% bunda, m, - amalda ajralib chiqqan modda miqdori, m - Faradey qonunlari asosida hisoblangan (nazariy) miqdor. Demak, amalda ajralib chiqadigan modda miqdorining nazariy miqdorga bo'lgan nisbati (foiz hisobida) tokka nisbatan unum deb yuritiladi. Agar nazariy miqdor uchun Faradey qonunlaridan foydalanilsa, 11 uchun quyidagi formula kelib chiqadi: 11 = ( mI • 96500)/i·t · 3 · JOO% Bulami misollarda ko'rib chiqaylik. misol. Mis tuzi eritmasi 0,50 amper tok bilan I soat elek troliz qilinsa, 0,54 g mis ajralib chiqadi. Elektroliz unumini aniq lang. Yechish. m1 = 0,54 g ekanligi ma'lum, endi nazariy miqdomi hisoblaymiz. m = (E · i · t)/96500 = (31.8 · 0,50 · I · 60 · 60)/96500 = 0,60 g. Elektroliz unumi: Tl= (0,54/0.60)-100% = 90%. misol. Bir metall tuzining suvdagi eritmasi orqali 2 soat davo mida 75 amper tok o'tkazilsa, 1,69 g metall ajralib chiqadi. Tokka nisbatan unum 95% bo'lsa, metallning kimyoviy ekvivalentini toping. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling