Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus
Download 0.77 Mb.
|
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddalaming eruvchanligi.
Javob: 9000 kJ.
Tarkibida IO% qo'shimcha mahsulot bo'lgan 80 g mis oksid voclorocl gazi oqimida qizdirildi. Reaksiya oxiriga borguncha qizdirish davom ettirildi. Bunda necha gramm voclorod reaksiyaga kirishgan, qancha mis va suv hosil bo'lgan? Javob: 1,81 g H 2; 57,6 g Cu; 16,3 g H2O. 4,6 g organik moddaning to'la yonishidan 8,8 g karbonat angidrid va 5,4 g suv hosil bo'ladi. Bu modda bug'ining bir litri normal sharoitda 2,053 g. Uning molekular formulasini toping. Javob: C 2 H5OH. 6.1- §. EritmalarEritmalar ikki yoki undan ko'p tarkibiy qismlardan va ular ning o'zaro ta'sirlashish mahsulotlaridan iborat bir jinsli siste madir. Masalan, osh tuzining eritmasida erituvchi suv (birinchi tarkibiy qism), erigan modda osh tuzi (ikkinchi tarkibiy qism) va ulaming o'zaro ta'sir mahsulotlari - gidratlangan ionlar (Na► va Ct-) dan iborat. Biror hajmda bo'lgan bir yoki bir necha modda yig'indisi sistema deyiladi. Sistemadagi ayrim moddalar tarkibiy qismlar deyiladi. Eritmalar suyuq, qattiq va gaz holida bo'lishi mumkin. Suyuq eritmalarga har xii tuz, kislota va asoslaming suvdagi eritmalari, qattiq eritmalarga nikel bilan misning qotishmasi (chaqa tangalar materiali) yoki mis bilan oltinning qotishmasi, gaz holidagi eritmalarga esa gazlar aralashmasi, ya'ni havo misol bo'la oladi. Eritmalar to'yingan, to'yinmagan va o·ta to'yingan bo'ladi. To'yingan eritmalarda erishga qarshi jarayon - kristallanish ham sodir bo'lib turadi. To'yingan eritma hosil bo'lishini quyidagicha izohlash mumkin: dastlab erish jarayoni tez boradi. Eritmada eri gan modda zarrachalarining soni ko'paygandan keyin kristalla nish jarayoni tezlashadi. Ma 'tum vaqt o'tgandan keyin ikkala jaray on tezliklari baravarlashadi, ya'ni I minutda kristalldan necha molekula eritmaga o'tsa, shuncha molekula qaytadan kristallanadi. Moddaning erigan qismi bilan erimay qolgan qismi orasida muvo zanat qaror topadi, ya'ni eritma to'yinadi. Shunday qilib, erigan qismi bilan crimagan qismi o'rtasida muvozanat qaror topgan eritma to'yingan eritma deyiladi. Agar eritmada erish jarayoni tezligi kristallanish jarayonining tezligidan ortiq bo'lsa, ya'ni bu ikkala jarayon orasida muvozanat bo'lmasa, bunday eritma to'yinmagan eritma deyiladi. Erigan modda ning konsentratsiyasi shu temperaturadagi to'yingan eritmaning konsentratsiyasidan kam ho'lgan eritma to'yinmagan eritma deb ata/adi. Konsentratsiyasi ayni bir temperaturada to'yingan eritma konsentratsiyasidan ortiq bo'lgan eritma o'ta to'yingan eritma deyi ladi. O'ta to'yingan eritmada moddaning erimay qolgan qismi bo'lmaydi. O'ta to'yingan eritmalar beqaror sistemalardir. Vaqt o'tishi bilan yoki tashqi ta'sir natijasida ular to'yingan eritmaga aylanadi. Moddalaming eruvchanligi. Eruvchanlik - moddaning suvda yoki boshqa erituvchida erish xususiyatidir. Suvda yoki boshqa erituv- 92 chida qattiq, suyuq va gaz holidagi moddalar erishi mumkin. Qat tiq va gaz moddalaming suyuqlikda erishi hamma vaqt chegaralan gan bo'ladi. Moddaning JOO g erituvchida ayni temperaturada eriy oladigan miqdori shu moddaning eruvchanligi yoki eruvchanlik koeffitsiyenti deyiladi. Demak, eruvchanlik ayni temperaturada to'yingan eritmaning konsentratsiyasini bildiradi. Barcha moddalar suvda eruvchanligiga qarab uch guruhga bo'linadi: I) yaxshi eriydigan; 2) oz eriydigan; 3) amalda deyarli erimaydigan moddalar. Yaxshi eriydigan moddalarga ayrim tuzlar (KCI, KNOP Na 2S0 4 , ( N H4) 2S0 4 , Na N0 3• N H4 N0 3, ZnS0 4 , C uS0 4••••), ishqorlar, organik moddalar (shakar, spirt, atseton) va gazlar (HCI, NH3) misol bo'la oladi. Oz eriydigan moddalarga CaS0 4, PbS04, MgC0 3, CaC0 3, AgCI, BaS0 4, Ca 3(P0 4) 2 (qattiq mod dalar), dietil efir, benzol, yog', kerosin, benzin (suyuq mod dalar) metan, azot, vodorod (gaz moddalar) misol bo'ladi. Amalda deyarli erimaydigan moddalarga shisha tayoqcha. oltin, mis, ku mush va h.k. kiradi. Yuqorida keltirilgan rnisollardan, eruvchanlik, avvalo, moddaning tabiatiga bog'liq, degan xulosa kelib chiqadi. Moddalar eriganda kristal laming yemirilishi, ulaming zarralarini bir-biridan ajratish uchun qancha ko'p kuch talab etilsa, ulaming erishi shuncha qiyin bo'ladi. Temperatura o'zgarishi bilan moddalarning eruvchanligi ham o'zgaradi. Odatda, qattiq moddalaming eruvchanligi temperatura ko'tarilishi bilan ortadi. Temperatura ko'tarilganda eruvchanligi kamayadigan moddalar ham bor. Le-Shatelye prinsipiga binoan, temperatura ko'tarilgan sari eruvchanlikning ortishi yoki kamayi shi issiqlik ta'siri bilan bog'liq. Ko'pchilik qattiq moddalar eriganda issiqlik yutiladi va shuning uchun temperatura ko'tarilishi bilan ular ning eruvchanligi ortadi. Temperatura ko'tarilganda tuzning kristal larini tashkil etgan ionlaming tebranish harakati kuchayadi va ion lar oson uzilib, kristallar oson yemiriladi, ya'ni eruvchanlik ortadi. Gazlaming eruvchanligi temperatura ko'tarilishi bilan kamayadi, bosim ortishi bilan esa ko'payadi. Gazlaming erishida issiqlik ajralib chiqadi, ya'ni ulaming erish jarayoni ekzotermik jarayondir. Le Shatelye prinsipiga muvofiq, temperatura ko'tarilishi bilan muvo zanat chap tomonga siljiydi, suyuqlik ustidagi gaz ko'payadi va eruvchanlik kamayadi. Qattiq moddalaming-suyuqlikda erish vaq tida ketma-ket ikki jarayon sodir bo'ladi: I. Qattiq moddalaming kristall panjarasi buzilib, modda zarra chalari eritma hajmiga tarqaladi: CuSO 4 Cu2... + so!- - Q, Bu jarayon vaqtida issiqlik yutiladi. Mazkur yutiladigan issiq likni Q, deb belgilaymiz. 2. Modda erigan vaqtida uning zarrachalarini erituvchi (suv) zarrachalari bilan, ko'pincha, kimyoviy birikadi. Bu birikma gid rat deb ataladi: CuSO 4 + 5 H 2O = C uSO 4• 5 H2O + Q2 jarayonning o'zi esa gidratlanish deyiladi. Agar erituvchi sifatida suvdan boshqa moddalar olinsa, bu jarayon umumlashtirilib, so/ vatlanish deb, birikmalar esa so/vatlar deb ataladi. Bu jarayonda issiqlik chiqadi. Gidratlanish issiqligini Q2 desak, reaksiyaning umumiy issiqligi Q = Q2 - Q, bo'ladi. Agar Q2 = Q, bo'lsa, erish vaqtida issiqlik chiqmaydi. Agar eriyotgan modda gidratlan masa yoki solvatlanmasa (yoki kuchsiz solvatlansa), ya'ni Q, > Q2 bo'lsa, uning erish issiqligi manfiy qiymatga ega bo'ladi. Bu holda issiqlik yutilib, eritma soviydi. Masalan, ammoniy nitrat yoki ka liy nitrat suvda eriganda temperatura keskin pasayadi. Agar erish vaqtida kuchli gidratlanish ro'y bersa, ya'ni Q, < Q2 bo'lsa, eritma isib ketadi. Masalan, sulfat kislota yoki natriy gidroksid suvda eriganda eritma temperaturasi keskin ko'tariladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling