Modda sirti katta-kichikligining reaksiya te:digiga ta'siri. Agar
reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri qattiq modda bo'lsa, bunday reaksiyani tezlatish uchun qattiq moddaning sirtini katta lashtirish (moddani maydalash) kerak. Qattiq moddaning sirti qancha katta bo'lsa, reaksiyaga kirishayotgan ikkinchi moddaning zarrachalari bilan to'qnashish ehtimolligi shuncha oshadi, zarra chalar qancha tez to'qnashsa, reaksiya shuncha tez boradi.
Reaksiya teztigining konsentratsiyaga bog'liqligi. lkkita modcla o'zaro kimyoviy reaksiyaga kirishishi uchun ularning molekula lari (zarrachalari) to'qnashishi kerak. Lekin hamma to'qnashish ham kimyoviy reaksiyaga olib kelaverrnaydi, chunki modda zarra chalarining energiyasi teng bo'lmaydi. Ularclan ba'zilaricla kam ener giya bo'lganidan passiv, ba'zilarida ortiqroq energiya bo'lganidan aktiv bo'ladi. Moddaning aktiv zarrachalari o'zaro to'qnash gandagina kimyoviy reaksiya sodir bo'ladi. Reaksiyaga kirishayot gan moddalarning konsentratsiyasi qancha yuqori bo'lsa, to'q nashuvJar soni shuncha ko'p bo'Jadi. To'qnashuv]ar soni ko'p bo'lgandan keyin reaksiyaning tezligi ham ortadi. Reaksiyaga ki rishuvchi moddalar konsentratsiyasining o'zgarishi bilan reaksiya tezligining o'zgarishini o'rganish natijasida 1867-yilda massalar ta'siri qonuni kashf etildi: kimyoviy reaksiyaning tez/igi (o· armas temperaturada) reaksiyaga kirishayotgan modda/arning konsen
tratsiyalari ko'paytmasiga to:g'ri proporsionaldir. Agar A + V = S
reaksiyada to'qnashuvchi A va V moddalarning konsentratsiya larini [A) va I BJ bilan belgilasak, reaksiyaning tezligi V = k Ch IA) · [BJ bo'lib, k - tez/ik konstantasi deb ataladi. U reaksiyaga
kirishuvchi moddalaming tabiatiga, temperaturaga, katalizatoming bor-yo'qligiga bog'liq. Agar reaksiyaga kirishuvchi har qaysi mod
daning konsentratsiyasi I ga teng bo'lsa, V = k bo'ladi, ya'ni tezlik konstantasi [A] = I va f V) = I bo'lgandagi tezlikni ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |