Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus


Download 0.77 Mb.
bet102/110
Sana21.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1367794
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   110
Bog'liq
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]

Azotning ishlatilishi. Erkin azot elektrotexnika sanoatida «yarim vattli• lampalami to'ldirish uchun, ammiak sintez qilish, kalsiy sianamid ishlab chiqarish va azotli o'g'itlar hamda portlovchi mod­ dalar tayyorlashda ishlatiladi.
11.3- §. Azotning vodorodli birikmalari
Azot vodorod bilan birikib, ammiak NH 3, gidrazin N2 H4 va azid kislota HN 3 birikmalarini hosil qiladi. Bu birikmalardan eng ahami­ yatlisi ammiakdir, shuning uchun ammiak ustida biroz to'xtalamiz. Ammiak - o'ziga xos o'tkir hidli, rangsiz gaz. Havodan I, 7 marta yengil bo'lganligi uchun uni to'ntarilgan idishga yig'ish mum­ kin. Ammiak suvda juda yaxshi eriydi: I / suvda O °C temperaturada 1150 / amrniak eriydi. Ammiakning suvdagi eritmasi novshadil
spirt ( N H40 H) deyiladi. Novshadil spirtning savdodagi eritmasi 25% Ii bo'lib, solishtirma og'irligi 0,91 g/sm3 ga teng. 1 / ammiak normal sharoitda 0,77 g keladi. Ammiak odatdagi bosimda, -33,4 °C da suyuq holatga o'tadi, -77,7 °C da qotadi.
Kimyoviy xossalari. Suvda erigan ammiakning ko'p qismi NH3
holida bo'ladi, shuning uchun uning eritmasidan ammiak hidi kelib turadi. Erigan ammiakning oz qismi suvning H +- ionlari bi­ Ian birikib, ammoniy NH; ionini hosil qiladi va gidroksil ionla­ rini ajratib chiqaradi:
NH 3 + H 20 NH; + OH-
Gidroksil ionlari o'z navbatida ammoniy ioni bilan birikib, NH40 H molekulasini hosil qiladi. Natijada eritmada quyidagicha muvozanat qaror topadi:
NH3 + H20 NH 40 H NH; + OH-
Eritmadagi OH- ionlarining konsentratsiyasi katta bo'lmaydi, chunki muvozanat ko'proq chap tomonga siljigan bo'ladi. Shu

4
sababli eritma kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo'ladi. Turli birikma­ larda NH; kationi bir valentli metall kationiga o'xshaydi. Masa­ lan, kislotalaming anionlari bilan birik.ib: N H C I - ammoniy

xlorid, N H4N0

  • ammoniy nitrat, ( N H

4 ) 2S0

  • ammoniy sul­


3

4
fat, ( NH ) C0 - ammoniy karbonat va boshqa tuzlar hosil qiladi.
4 2 3
Ammiak birikish, o'rin olish va oksidlanish reaksiyalariga ki­ rishadi.
Birikish reaksiyalari:
NH 3 + H 20 NH40 H NH 3 + HCI = N H4CI
3 N H3 + H3 P0 4 = (N H4 ) 3 P0 4
O'rin olish reaksiyalari. Suyuqlantirilgan natriy ustidan ammi­ ak o'tkazilsa, natriy amid hosil bo'ladi:
2N H 3 +Na= 2 Na NH 2 + H 2
Qizdirilgan aluminiy yoki magniy ustidan ammiak o'tkazilsa, metallaming nitridlari hosil bo'ladi:
2Al + 2N H3 = 2AIN + 3H2
3Mg + 2NH 3 = Mg1 N2 + H2
Oksid/anish reaksiyalari. Ammiak kislorodda yonib, erkin azot­ gacha oksidlanadi:
4NH3 + 30 2 = 2N 2 + 6H20
Katalizator (masalan, platina, xrom (Ill) oksid) ishtirokida reaksiya azot (11)-oksid va suv hosil bo'lishi bilan boradi:
4NH3 + 50 2 = 4N0 + 6H 20
Qizdirilganda ammiak mis (11)-oksid bilan reaksiyaga kirishib, misni Cu+2 valentlikdan Su0 valentlikkacha qaytaradi, o'zi N 2 ga qadar oksidlanadi:
3Cu0 + 2N H3 = 3Cu + N 2 + 3H 20

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling