Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus
Download 0.77 Mb.
|
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]
11.4- §. Azotning kislorodli birikmalari
Azot kislorod bilan birikib bir necha oksidlar hosil qiladi. Ma salan: N2O - azot (1)-oksid, NO - azot (11)-oksid, N 2O 3- azot (Ill) oksid va h. k. N2O va NO tuz hosil qilmaydigan, qolganlari esa tuz hosil qiladigan oksidlardir. Azot (I) oksid. N20 toza va quruq ammoniy nitratni qizdirib olinadi: ,o NH4 NO) . 2H 2O+ N2O 2 Temperatura 30 ·c dan oshirilsa, reaksiya portlash bilan keta di, shuning uchun temperaturani 300 °C dan oshirmaslik kerak. N O - rangsiz, xushbo'y hidli va shirin ta'mli gaz. -102,3 •c da suyuqlanib, -88,49 °C da qaynaydi. Suvda yaxshi eriydi, lekin suv bilan reaksiyaga kirishmaydi, bir hajm suvda O ·c da 1,3 hajm N 20 eriydi. N 2O da ko'mir, fosfor, oltingugurt kabi moddalar yonadi, chunki u yuqori temperaturada o•z kislorodini boshqa element larga beradi. N 20 qizdirilsa, azot bilan kislorodga ajraladi: ,o2N 02 ------ 2N 2 +0 2 N20 bilan nafas olgan kishi og'riqni sezmaydi. Shuning uchun uning kislorod bilan aralashmasi yengil operatsiyalarda narkoz si- fatida ishlatiladi. N20 bilan ko'proq nafas olinsa, asab torlariga ta'sir etib, kishini kuldiradi, shuning uchun ham uni «kuldiruv chi gaz deyiladi. Azot (II) oksid NO. Azot bilan kislorod odatdagi sharoitda o'zaro reaksiyaga kirishmaydi, ammo juda yuqori tempcraturada havo dan elektr uchqunlari o'tkazilganda birikib, NO hosil qiladi: N2 + 0 2 = 2NO NO sanoatda ammiakni oksidlab olinadi. l.aboratoriya sharo itida esa I:I nisbatda suyultirilgan nitrat kislota bilan misni o'zaro ta'sir ettirish natijasida olinadi: 3Cu + 8 H N0 1 = 3Cu( N0 3) 2 + 2NO + 4H20 NO rangsiz va hidsiz gaz. t:Uyuq. = -163,6 °C, t yin. = -151,8 °C suvda oz eriydi. I litr suvda O °C da 0,7 I NO eriydi. NO havoda kislorod bilan tezda birikib, azot (IV) oksid hosil qiladi: 2NO + 0 2 = 2N0 2 Shuning uchun ham NO doimo suv tagida yig'iladi, yonib turgan cho'p, oltingugurt NO da o'chadi, ammo fosfor, ko'mir kabi moddalar NO ning kislorodini olib, yonishini davom ettiri shi mumkin. NO ancha barqaror modda bo'lib, 700 °C dan yu qori temperaturada parchalanadi. Azot (l/1)-oksid. N20 3- to'q havo rang suyuqlik. Azot (III) oksid bilan azot (IV) oksidning ekvivalent miqdordagi aralash masi sovitilsa, N 20 3 hosil bo'ladi. N20 3 +4 °C da qaynaydi, 25 °C da 90% parchalanadi: N20 3 NO+ N0 2 N20 3 suvda erib, nitrit kislota hosil qiladi: N20 3 + H20 = 2H N0 2 Shuning uchun azot (111)-oksid nitrit angidrid deb ham yuri tiladi. Anorganik kimyo 177 N2O 3 ni natriy nitritga nitrat kislota ta'sir ettirib ham olish mumkin: 2Na NO2 + 2HNO 3 = 2Na NO 3 + N 2O3 + H 2O Azot (IV) oksid. NO 2 nihoyatda zaharli, oo•g·uvchi hidli, qizil qo'ng'ir gaz. / yin.= 21,3 °C, -9,3 °C da rangsiz kristall holida qotadi. Suvda yaxshi eriydi. U kislotali oksid sifatida suv bilan o'zaro ta'sir etib, ikki xii kislota hosil qiladi: 2NO 2 + H2O = H NO 3 + H NO 2 Laboratoriya sharoitida NO 2 misga konsentrlangan nitrat kislota ta'sir ettirib yoki qattiq Pb( NO 3) 2 ni qizdirish yo'li bilan olinadi: Cu + 4HNO 3 = C u( NO 3) 2 + 2NO 2 + 2H 2O 2Pb(NO 3) 2 = 2PbO + 4NO 2 + 0 2 Azot (IV) oksid polimerlanadi: 2NO 2 N2O4 + Q Bular +I 44 ·c biIan - I I ·c orasida o'zaro muvozanatda turadi. Temperatura kamaytirilsa, muvozanat o'ngga, tempcra tura ko'tarilsa, aksincha muvozanat chapga siljiydi. Azot (IV) oksid va azot qo'sh oksid suv bilan reaksiyaga kirishib, bir xii mahsulot hosil qiladi: Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling