Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus
Download 0.77 Mb.
|
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nitrat kislota tuzlari. N
- Arotli ogitlar.
lsblatilisbi. Nitrat kislota azotli o'g'itlar, organik bo'yoqlar,
sun'iy tolalar, kinolentalar, plastmassalar tayyorlashda, sulfat kislota ishlab chiqarishda, metal) tuzlarini olishda, ko'pgina port lovchi moddalami (nitroglitserin, piroksilin, dinamit va b.) tayyor lashda ishlatiladi. Nitrat kislota tuzlari. N itrat kislota tuzlari nitratlar deb ataladi. N itratlar tegishli metallarga yoki metallaming oksidlariga nitrat kislota ta'sir ettirish yo'li bilan hosil qilinadi. Nitratlar suvda yax shi eriydi. Ko'pgina nitratlar qizdirilganda suyuqlanib, parchalana bosh laydi. Metallaming faollik qatorida magniygacha bo'lgan metallar- ning nitratlari qizdirilganda nitrit kislota - H N0 2 ning tuzlari hosil bo'ladi va k.islorod ajralib chiqadi, chunki bu nitratlarning parchalanish temperaturasida nitritlar barqaror bo'ladi: to 2KN0 3 + 2KN 0 2 + 0 2 Faollik qatorida magniy bilan mis orasida turgan metallaming (Al, Mn, Zn, Fe, Ni, Sn, Pb, Cu) nitratlari parchalanganda oksidlar va kislorod hosil bo'ladi: to 2Cu( NOJ 2 -----+2Cu0 + 4N0 2 + 0 2 Faollik qatorida misdan keyin turgan metallaming (Hg, Ag, Pt, Au) nitratlari parchalanganda erkin metall, azot (IV) oksid va kislorod hosil bo'ladi: to 2AgN0 3 -.2Ag + 2 N0 2 + 0 2 Arotli o'g'itlar. Azotli o'g'itlar qishloq xo'jaligida hosildorlikni oshirishdajuda katta ahamiyatga ega. Azotli o'g'itlami uch guruhga bo'lish mumkin: I. Mineral o'g'itlar: ammoniy nitrat N H4N0 3, kaliy nitrat KN 0 3, natriy nitrat NaN 0 3, suyuq ammiak NH40 H, sintetik mochevina (karbamid) CO(NH2) 2 va b. Organik o'g'itlar: go'ng, kompost, parranda axlati, hayvon axlati va b. Ko'kat o'g'itlar: lupin, seradella va b. ij! Bilimlarni tekshirish 11ch11n masl,q va masalalar I. Lavuazye azotni inert gaz deb qaradi. Bu nuqtayi nazami rad qilish uchun qanday dalillar keltira olasiz? Laboratoriyada azot olish uchun quyidagi usullardan foyda laniladi: a) ichiga qattiq qizdirilgan mis qirindisi solingan naydan havo o'tkaziladi; b) natriy nitratga ammoniy xlorid ta'sir ettirib azot olinadi. Birinchi usul bilan olingan azot ikkinchi usu] bilan olingan azotdan tarkibi jihatdan nimasi bilan farq qiladi? Azotning qanday kislorodli birikmalarini bilasiz? Bu birik malar qanday olinadi? Ulaming kimyoviy xossalarini solishtiring. a) Ammiakni sanoatda sintez qilish sxema ini chizing. b) Temperatura 550 °C dan oshirilsa, ammiakning hosil bo'lish unumi oshadimi? Javobingizni izohlab bering. Bir idishda ammiak, kislorod va is gazi aralashtirilgan. Bu gazlami qanday qilib bir-biridan tozalash mumkin? Javobingizni izohlab bering. Oltita shisha silindrdan biri ammiak, biri karbonat angidrid, biri xlor, biri kislorod, biri azot va yana biri havo bilan to'ldirilgan bo'lsin. Shu silindrlardan har biri qaysi gaz bilan to'ldirilganligini qanday aniqlaysiz? Ammiakning birikish, almashinish, oksidlanish reaksiyala rining tenglamalarini yozing. Ammiakdan nitrat kislotani qanday hosil qilish mumkin? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing. Nima uchun nitrat kislota faqat oksidlovchi, nitrit kislota esa ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi xossalami namoyon qiladi? a) Ammoniy tuzlarining parchalanish temperaturasi nimaga bog'liq? b) Ammoniy tuzlarini boshqa tuzlardan qanday farq qi Iish mumkin? N itrat kislota tuzlari qanday xossasi biIan boshqa tuzlardan farq qiladi? Javobingizni tegishli reaksiya tenglamalarini yozish bilan izohlang. Suyultirilgan va konsentrlangan nitrat kislota, rux, temir, mis va qalayga ta'sir ettirilganda hosil bo'ladigan reaksiya mah sulotlarini yozing. Sanoatda I t nitrat kislota olish uchun qancha ammiak sarf bo'ladi (azotning 6 foizi isrof bo'ladi, deb hisoblang)? Javob: 0,29 t. Bir kilogramm ammiak sulfat kislota bilan reaksiyaga kirish sa, qancha ammoniy sulfat hosil bo'ladi? Bunda H 2SO 4 ning 60 foizli eritmasidan (solishtirma og'irligi 1,5) qancha hajm sarfbo'ladi? Javob: 3,88 kg; 3,2 /. 50 g ammoniy xlorid bilan 70 g kalsiy gidroksid aralashma sidan olingan ammiak normal sharoitda qancha hajmni egallaydi? Javob: 20,93 /. 6,4 g mis nitrat kislotada eritilganda qancha litr azot (II) oksid olish mumkin'? Javob: 1,49 /. Tarkibida 50% mis bo'lgan mis bilan mis (II) oksid ara lashmasiga solishtirma og'irligi 1,2 bo'lgan 32% Ii nitrat kislota ta'sir ettirilganda 2,24 I azot (II) oksid ajralib chiqdi: a) aralash maning og'lrligini toping; b) qancha ml 32% Ii nitrat kislota reak siyaga kirishgan? Javob: 19,2 g; I05 ml. Toshko'mir tarkibida I% azot bor. Toshko'mir havosizjoyda qizdirilganda azotning 20% i ammiak holida chiqadi: a) I t tosh ko'mirdan tarkibida 20% N H 3 bo'lgan necha kilogramm ammoniy gidroksid olish mum.kin? Javob: 12, I kg. NO va NO 2 ning 120 ml aralashmasiga 100 ml kislorod aralashtirildi. Reaksiyadan keyin aralashma tarkibida 60 ml kis lorod qolganligi aniqlandi: a) 120 g aralashmadagi NO va NO 2 ning hajmini toping; b) aralashmada qancha gramm NO va qancha gramm N0 2 bo'lgan? Javob: a) 80 ml NO, 40 ml N0 2; b) 0,0819 g N0 2, 0,1068 g NO. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling