Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus
Download 0.77 Mb.
|
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- (NO, 0 2 , N 2 )
- Fizik xossalari.
- Kimyoviy xossalari.
4N 0 2 + 2H 2O + 0 2 = 4HN 0 3
Bu jarayon boshlanishidan avval ammiak va havo vodorod fos fid, vodorod sulfid, chang, moy kabi zararli qo'shimchalardan tozalanadi, chunki ular katalizatomi zaharlaydi. Havo 250-300 °C ga qadar isitiladi. Keyin ammiak bilan havodan tarkibida I 0-12% ammiak bo'lgan aralashma tayyorlanadi. Aralashma kontakt appa ratiga kiritiladi. Kontakt apparatda tarkibida 5- 7 foiz radiyli platina simdan yasalgan bir necha qavat to'r bo'ladi. Atmosfera bosimida ishlaydigan kontakt apparatda temperatura 700-750 °C ga yetadi. Bu yerda ammiak oksidlanib, NO bilan suv hosil qiladi. Kontakt apparatdan chiqqan gazlar (NO, 0 2, N 2) sovitiladi. Gazlar sovi ganda NO o'ziga kislorod biriktirib olib, NO 2 ga aylanadi. Hosil bo'lgan NO 2 suvga yutiladi va HN 0 3 hosil qiladi. Shu yo'I bilan hosil qilingan kislota suyultirilgan (40-50% Ii) kislota bo'ladi. Agar NO 2 ni yuqori bosimda kislorod ishtirokida suvda eritilsa, yuqori konsentratsiyali kislota hosil bo'ladi. Suyultirilgan nitrat kislota xrom qo'shilgan po'latdan yasalgan idishlarda, konsentrlangani esa alu miniy idishlarda saqlanadi. Fizik xossalari. Toza nitrat kislotaning zichligi 1,50 g/ sm3 va qaynash temperaturasi 86 °C. U rangsiz suyuqlik bo'lib, -41 °C da qotadi, tiniq kristall massaga aylanadi. Nitrat kislota suv bilan har qanday nisbatda ham aralashadi. Uning 68% Ii eritrnasi 120,5 °C da qaynab, tarkibini o'zgartirmay haydaladi. Kimyoviy xossalari. Nitrat kislota bir negizli kuchli kislota, u o'zining suyultirilgan eritmalarida H+ va NO.i ga batamom disso tsilangan bo'ladi. Nitrat kislota kimyoviy jihatdan beqaror bo'lib, yorug'lik ta'sirida va isitilganda asta-sekin NO 2, 0 2 va H2O ga ajralib turadi: 4HNO3 = 4NO 2 + 0 2 + 2H 2O Nitrat kislota eng kuchli oksidlovchilardan biridir. Ko'pchilik metallmaslar nitrat kislota bilan ta'sirlashganda o'sha metall maslarning kislotalari hosil bo'ladi. Masalan: S + 2H NO 3 = H 2SO 4 + 2NO 3P + 5H NO 3 + 2H 2O = 3H3PO4 + 5NO Nitrat kislotaning oksidlash kuchi va qanday moddagacha qaytarilishi uning konsentratsiyasi va metallning faolligiga bog'liq. Nitrat kislota boshqa moddalarni oksidlab, o'zi birin-ketin quyidagi birikmalarga qadar qaytariladi: +5 +4 +J +2 +I O +J H N 0 3 N 0 2 H N 0 2 N O N2 0 N2 N H3 Konsentrlangan nitrat kislota hamma vaqt NO 2 gacha qayta riladi. Suyultirilgan nitrat kislota NO gacha yoki ancha faol metallar (masalan, temir, rux, magniy) ga ta'sir etganda N2O gacha qay tariladi. Agar kislota juda suyultirilgan bo'lsa, ammoniy nitrat N H4NO 3 hosil bo'ladi: Cu+ 4HNO 3 = Cu(NO 3 ) 2 + 2H 2O + 2NO 2 kons. 3Cu + 8HNO 3 = 3Cu( NO 3h + 4H 2O + 2NO suyult. Pb+ 4HNO3 = P b( NO 3 )i + 2H 2O + 2NO2 Bir hajm nitrat kislota bilan uch hajm xlorid kislotadan iborat aralashma zar suvi deyiladi. Zar suvi nitrat kislotada erimaydigan oltin va platinani ham eritadi: Au + H NO 3 + 3HCI = AuC l3 + NO + 2H 2O 3Pt + 4HN0 3 + I 2HCI = 3PtC14 + 4NO + 8H02 Reaksiya mexanizmi quyidagicha: H N0 3 + 3HCI NOCI + Cl2 + 2H 20 Nitrozil xlorid NOCI beqaror modda bo'lib, quyidagicha par chalanadi: 2NOCI = 2NO + Cl2 va bundan oldingi reaksiyada ajralib chiqqan xlor oltin va platinaga ta'sir etib, ulami xloridlarga aylantiradi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling