Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus


Download 0.77 Mb.
bet104/110
Sana21.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1367794
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110
Bog'liq
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]

Ammiakning ishlatilishi. Ammiak kimyo sanoatida va qishloq
xo'jaligida katta ahamiyatga ega. Ammiak nitrat kislota ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Ammoniy tuzlari: am- moniy nitrat - NH 4N 0 3, ammoniy sulfat - (NH4) 2S0 4, ammo­ niy fosfat - (NH4) 3P0 4 qishloq xo'jaligida o'g'it sifatida ishlatiladi.
Ammiak dori-darmon tayyorlashda, har xii bo'yoqlar, portlovchi moddalar tayyorlashda ham muhim ahamiyatga ega. Ammiak oson suyuqlikka aylanishi va keyin bug'langanda issiqlik yutilishi tufayli u sovitish tcxnikasida qo'llaniladi.
Ammoniy tuzlari. Ammoniy tuzlari ammoniy gidroksidga yoki
ammiakka kislotalar ta'sir ettirib olinadi. Masalan:
2N H 3 + H2SO4 = ( N H4) 2SO 4
2NH 4OH + H2SO 4 = (N H4) 2SO 4 + 2H 2O
Ammoniy tuzlari suvda yaxshi criydigan va yaxshi dissotsilana­ digan rangsiz kristall moddalardir. Ular eruvchanligi va kristall
panjarasining tuzilishi jihatidan ishqoriy metallarning tuzlariga o'xshaydi.
Ammoniy tuzlari boshqa tuzlar singari ishqorlar, kislotalar va tuzlar bilan o'zaro reaksiyaga kirishadi, masalan:
NH 4Cl + NaOH = NaCl + NH4O H
Ammoniy gidroksid beqaror modda bo'lib, darhol N H3 bilan H2O ga parchalanadi:
NH 4O H = NH 3 + H2O
Ammoniy tuzlari qattiq holda isitilsa, termik dissotsilanadi:
N H4Cl N H 3 + HCI
( N H4 ) 2CO 3 = 2 N H 3 + H 2O + CO2
N H4 NO 2 = N 2 + 2H 2O
2N H 4 NO 3 = 2N 2 + 0 2 + 4H2O
Ammoniy tuzlarining termik dissotsilanish tabiati shu tuzni hosil qilgan kislotaning kuchiga bog'liq. Kislota qancha kuchsiz bo'lsa, ammoniy tuzi shuncha oson parchalanadi. Masalan: ammo-
niy xlorid 350 °C da N H3 bilan HCI ga ajraladi; ammoniy karbo­ nat ( N H4) 2CO 3 odatdagi sharoitdayoq (60 °C da) to'liq N H3, CO2 va H 2O ga ajraladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling