Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus


Download 0.77 Mb.
bet36/110
Sana21.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1367794
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110
Bog'liq
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]

Elektnnanfiylik. Elektrmanfiylik atomning birikmada o'ziga clektronlami tortish xususiyatidir. Elementlaming metallmaslik xossalarini yaqqol namoyon qilishi uchun ,.elektrmanfiylik" (EM) tushunchasi 1932-yilda amerika olimi L.Poling tomonidan kiritil­ di. Ayni elementning elektrmanfiyligi uning ionlanish energiyasi bilan elektronga moyilligi yig'indisiga (yoki uning yarmiga) teng:

EM=£+ L yoki EM=(£+ l)/2,
bu yerda: E - elektronga moyillik, L - ionlanish energiyasi.
E + L qiymati katta bo'lgan element atomi molekula tarkibida­ gi elektronni o'ziga qo'shib oladi va osonlik bilan manfiy ion holatiga o·tadi.
Masalan, litiy va ftor uchun EM ni topaylik:
Lr= 17,42 eV, EF == 3,62 eV EMF= 17,42 + 3,62 = 21,04 eV


LL= 5,39 eV, £Li= 0,22 eV EMu = 5,39 + 0,22 = 5,61 eV
Ular orasidagi nisbat 21,04/5,93 = 4. Elementlaming metallik va metallmaslik xossalarini taqqoslab ko'rish uchun R.Malliksi va
L.Poling elektrmanfiylikning nisbiy qiymatlaridan foydalanishni taklif qildilar. Buning uchun litiyning elektrmanfiyligi I deb qabul qilingan. 1-jadvalda elementlaming Ollred va Roxov bo'yicha nis­ biy elektrmanfiyliklari (NEM) keltirilgan. Nisbiy elektrmanfiylik davriy qonunga bo'ysunadi: davrda u elementning nomeri ortishi bilan ortadi. Uning qiymati elementlaming metallmaslik o'lchovi bo'lib xizmat qiladi. Nisbiy elektrmanfiylik qancha katta bo'lsa, element metallmaslik xossalarini shuncha kuchli namoyon qiladi. Metallar nisbiy elektrmanfiylikning kichikligi bilan xarakterla­ nadi. Kimyoviy bog'lanishlaming xarakteri o'zaro birikuvchi ele­ mentlaming nisbiy elektrmanfiyliklari ayirmasiga bog'liq bo'ladi. Elementlar kimyoviy o'zaro ta'sirlashganda elektronlar nisbiy elek­ trmanfiyligi kichik atomdan nisbiy elektrmanfiyligi katta atomga

  1. Anorganik kimyo 65

tomon siljiydi. lkki elementning nisbiy elektrmanfiyliklari orasida ionli bog'lanish hosil bo'ladi. Masalan:



NaCl

EMNa = 1,01




EM0 = 2,83



NaF

2,83 - 1,01 =
EMNa = 1,01

1,82

EMF= 4,10



1,01 -4,1 =3,09
Agar bu ayinna juda kichik bo'lsa, qutbli kovalent bog'lanish
hosil bo'ladi.
3.9- §. Kristallaming ichld tuzilishi. Kristall panjara
Qattiq moddalar kuch ta'sirida qanday maydalanishiga qarab amorf va kristall moddalarga bo'linadi. Kristall moddalar qancha bo'linmasin, muayyan shakldagi bo'lakchalar kristallning dast­ labki shaklini saqlab qoladi. Ularga osh tuzi, olmos, grafit, metal­ larva boshqalar misol bo'la oladi. Kristan moddalaming zarracha­ lari moddaning butun hajmi bo'yicha aniq geometrik shakldagi panjaralami hosil qiladi.
Kristal) panjaralar tugunlarda joyla'lhgan zarrachalaming ta­ biatiga va bog'lanishiga qarab 4 guruhga bo'linadi: atomli, mo­ lekular, ionli va metall kristall panjaralar.
I. Molekular panjarali kristallar fazoda batartib joylashgan qutblangan yoki qutblanmagan molekulalardan tuziladi. Moleku­ lar panjarada molekulalar bir-biri bilan ancha bo'sh bog'langan, shuning uchun molekular strukturali kristallar qattiq emas, struktura panjarali yoki kovalent bog'lanishli kristallarga nisb­ atan past temperaturctda suyuqlanadi. Bunga ko'pchilik modda­ laming kristallari va ammiak, muz, uglerod (JV) oksid (quruq
muz), qattiq galogenidlar, bir atomli (nodir gazlar), ikki ( F2, C l2, 12, Br2, H2 , N 2) , uch (0 3 ) , to'rt (R4 ) va sakkiz (Sll) atomli molek.ulalardan hosil bo'lgan qattiq oddiy moddalar misol bo'ladi.

  1. Atom panjaraning tugunlarida joylashgan atomlar elektron juftlari hisobiga bir-birini tutib turadi. Demak, atom panjaralarda atomlar o'zaro puxta kovalent bog'lanishlar orqali birikkan bo'lib, juda mustahkam, qattiq va yuqori suyuqlanish temperatur-asiga ega bo'ladi. Masalan, olmos, karborund, qattiq bor, kremniy, germa­ niy va ba'zi elementlaming uglerod va kremniy bilan hosil qilgan birikmalari shunday moddaJar jumJasiga kiradi. OJmos tarkibidagi bar qaysi uglerod atomi tetraedming markazida turadi. U ning atro­ fida to'rtta qo'shni atom joylashadi.

  2. Jonli panjaralarda musbat va manfiy ionlar almashinib joy-


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling