Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus
Download 0.77 Mb.
|
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elementning elektronga moyilligi.
Ionlanish energiyasi. lonlanish energiyasi - bu eng bo'sh bog'langan elektronni atomdan uzish uchun kerak bo'lgan en ergiya. U, odatda, elektron-voltda ifodalanadi. D.I.Mendeleyev davriy sistemasida har qaysi davming boshidan oxiriga o'tgan sayin elementning ionlanish energiyasi ortib boradi. Gruppalarda bu ener giya elektron yadrodan uzoqlashishi tufayli yuqoridan pastga to mon kattalashib boradi. Masalan: litiyning ionlanish potensiali 5,39 eV ga teng; berilliyniki 9,32 eV, ftoming ionlanish poten siali 17,42 eV, natriyning ionlanish potensiali 5,14 eV, kaliyniki 4,34 eV va hokazo.
lonlanish energiyasi elementning kimyoviy xossalari bilan bog'langan, masalan, ionlanish energiyasi kichikroq bo'lgan ishqoriy metallar yaqqol ifodalangan metallik xossalarga ega, nodir gazlarning esa ionlanish energiyasi nihoyatda katta. Elementning elektronga moyilligi. Element atomi bir elektron biriktirib o/ganda ajralib chiqadigan energiya miqdori ayni e I e - mentning elektronga moyilligi deb ataladi. Davriy sis temada har qaysi davr ichida chapdan o'ngga o'tgan sayin atom ning elektron biriktirib olish xossa'ii ortib boradi. Atom elektron biriktirib olib, o'sha elementning manfiy ioniga aylanadi. lonla nish potensiali bilan elektronga moyillik orasida bog'lanish yo'q. Biror atomning ionlanish potensiali qancha yuqori bo'lsa, ya'ni u o'zining elektronini qancha mustahkam tutib tursa, u boshqa elektronni o'ziga shuncha oson biriktirishi kerak, degan mulohaza to'g'ri emas. Elektronga moyillik elektron qavatining tuzilishiga bog·liq. Elektronga moyillik kJ/mol, kkal/mol yoki eV (elektron volt)lar bilan o'lchanadi va £ harfi bilan belgilanadi. Element ning elektronga moyilligi qancha katta bo'lsa, uning metallmaslik xossalari shuncha kuchli ifodalangan bo'ladi. Elementlaming elektronga moyilligi 11 davrda chapdan o'ngga o'tgan sari ortib bo radi. Berilliy, azot va neonning elektronga moyilliklari manfiy qiy matga ega. Tashqi pog'onasida 7 tadan elektron bo'ladigan galo genlarda elektronga moyillikning qiymati eng katta bo'ladi. Bundan chiqadigan xulosa shuki, davr oxiriga yaqinlashgan sari elementning metaJJmaslik xossalari kuchayadi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling