Olishda asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining tavsifi


-rasm. Karyer avtomobil transportining ish jarayoni


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana14.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1703785
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
3-Ma'ruza (3)

 
12.1-rasm. Karyer avtomobil transportining ish jarayoni. 


Karyerlardagi avtomobil yо‘llaridan foydalanish sharoitlariga qarab yо‘llar 
kapital va vaqtinchalik yо‘llarga bо‘linadi. Kapital yо‘llar doimiy uchastkalarda
yer yuzasida, transheyalarda va transport bermalarida quriladi. Kapital yо‘llar yо‘l 
qoplamasiga ega. Vaqtinchalik yо‘llar zaboylarda, ishchi maydonchalarda, 
suriluvchi tushish joylarida va ag‘darmalarda quriladi. Ular pog‘ona va ish 
frontining siljib borishi bilan davriy о‘zgarib turadi va yо‘l qoplamasiga ega emas.
Yо‘llar yuk zichligi, bir kilometr uzunlikdagi yuk miqdori yoki harakat 
uzluksizligi vaqt birligi ichida bir tomonga о‘tgan mashina soni bilan 
xarakterlanadi. Yuk kо‘tarish va harakat uzluksizligi bо‘yicha kapital yо‘llar uch 
kategoriyaga bо‘linadi va о‘z qoplamalari xususiyatlari ularning kо‘rsatkichlari 
bilan farqlanadi. 
Kapital avtomobil yо‘llari asosan kyuvetlar, suv uzatuvchi ariqcha
ag‘darma, yо‘l о‘tkazgich qurilma, kо‘prik, yо‘l qoplamasi о‘tkazuvchi qism va 
obochinalardan tuzilgan. Obochina kengligi 1-2 m ni tashkil etadi. Lahimlarda 
joylashgan yо‘llar trapetsiya shakldagi enliligi 0,4 m bо‘lgan yon kyuvetlar 
(chuqukurligi 0,8-0,9m) ga ega bо‘lishi kerak. Yо‘l parametrlari о‘tish qismining 
kengligi, burilish radiuslari, bо‘ylama yо‘nalishdagi qiyalik, kо‘ndalang 
muyulishdagi qiyalik va eng qisqa qurish masofalaridan iboratdir. 
 
12.2-rasm. Karyerda avtomobil yо‘о‘llari. 
 
Yо‘l qoplamasi betondan, asfaltobetondan, sementbetondan va shebenlardan 
iborat bо‘ladi. Yо‘l qoplamasi turi yо‘ldan foydalanish muddatini, harakat 
intensivligini, harakatlanuvchi sostav turi va maxalliy yо‘l qurilishi materiallarini 
hisobga olgan holda tanlanadi. Karyerlarda doimiy yо‘llarda, katta harakat
intensivligida (sutkada avtosamosvallar reysi 2000-3000 bо‘lganda) sementbeton 
yoki asfaltobeton qoplamalari qо‘llaniladi. Kam harakat intensivligida (sutkada 
avtosamosvallarning reysi 1000-1500 bо‘lganda) shebenli qoplama qо‘llaniladi. 
Vaqtinchalik yо‘llar qoyali muxitda joylashgan bо‘lsa qoplamaga ega bо‘lmaydi, 
yumshoq muhitda joylashgan bо‘lsa gruntli qoplamaga ega bо‘ladi.
Qor kо‘chkisi kutiladigan yо‘l qismlarida qordan tо‘suvchi passiv va aktiv 
qurilmalar yasaladi. Qordan ximoya kiluvchi passiv vositalar qish paytida 
о‘rnatilib, ular shamol tomondan qorni tо‘sib qо‘yadi. Qordan ximoya kiluvchi 
aktiv vositalar balandligi 6 m bо‘lgan tayanchlarga osilgan tо‘siq devor bо‘lib, yul 


balandligidan 2 m balandga osiladi. Ularning ishlash prinsipi qor bо‘roni oqimi 
yoriq kengligigacha qisilib tezligi oshadi, natijada yо‘lni qor qoplamasdan о‘tib 
ketadi.
Avtomobil yо‘lini asosiy kо‘rsatkichi о‘tkazish kobiliyatidir. Avtomobil 
yо‘lining о‘tkazish qobiliyati – ma’lum bir uchastkadan vaqt birligida о‘tishi 
mumkin bо‘lgan avtosamosvallar sonidir. Karyer avtomobil yо‘llarining о‘tkazish 
qobiliyatini oshirish uchun yо‘l fonarlari bilan yoritish yoki umumkaryer 
yoritkichlari bilan yoritish kо‘zda tutilgan. Avtosamosvallarning bir qator bо‘lib, 
bir yо‘nalish bо‘yicha harakatlanishida avtomobil yо‘llarining о‘tkazish qobiliyati 
quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
N=(600·k
n.d
)/t
a
=(1000·V· k
n.d
)/l
b

Bu yerda: t
a
– avtosamosvallar orasidagi vaqt intervali, m 
V - avtosamovallarning harakat tezligi, km/s; 
l
b
- avtosamosvallar о‘rtasidagi xavfsizlik masofasi, m; 
k
n.d
=0,5÷0,8. 
Avtosamosvallar orasidagi xavfsizlik masofasi avtosamosval tormoz 
yо‘lining uzunligi va avtosamosvalning о‘zining uzunligidan kelib chiqadi va 50 m 
dan kam bо‘lmasligi kerak. 
Karyerdagi yо‘l harakati asosiy trassaning yuk oqimida ishchi 
gorizontlardan ag‘darmagacha о‘ng tomondan yurilib yо‘lni kesib о‘tmasdan 
xarakatning uzluksizligi ta’minlanadi. 
Karyer avtotransportining harakatlanuvchi sostavining konstruktiv 
tuzilishiga kо‘ra ikki guruxga bо‘linadi: 
- avtosamosvallar
- yarimpritseplar. 
Avtosamosvallar bu – ramada joylashgan kuzovdan iborat mashinadir. 
Yarimpritseplarning avtosamosvallarga qaraganda afzalliklari – bu katta yuk 
kо‘tarish quvvati, yoqilg‘i va ekspluatatsion xarajatlarining kamligidir. Karyer 
avtosamosvallarining asosiy parametrlari – yuk kо‘tarish quvvati, dvigatel quvvati, 
kuzov hajmi, g‘ildirak formulasi va burilishning minimal radiusidir. G‘ildirak 
formulasi – bu avtosamosval g‘ildiragi sonining sifrlarda ifodalanishidir.
M-n: 4x2. 1 sifr – g‘ildiraklarning umumiy sonini bildiradi. 
2 sifr – yetaklovchi g‘ildiraklar soni. 
Karyerlarda yuk kо‘tarish quvvati 27-75 t bulgan BelAZ tipidagi 
avtosamosvallar keng qо‘llaniladi.
Avtosamosvallar xarakteristikasi quyidagi jadvalda keltirilgan: 
Parametrlari 
Avtosamosvallar 
KrAZ-
256B 
BelAZ-
540 
BelAZ-
548 
BelAZ-
549 
BelAZ-
7519 
BelAZ-
7520 


Gildirak formulasi 
6x4 
4x2 
4x2 
4x2 
4x2 
4x2 
Yuk kо‘tarish quvvati,t 
10 
27 
40 
75 
110 
180 
Og‘irligi (yuksiz), t 
11,5 
21 
29 
66 
85 
145 
Kuzov hajmi, m³ 

15,8 
21,7 
37,8 
44 
90 
Harakatning maksimal 
tezligi, km/s 
62 
55 
50 
50 
52 
50 
Avtosamosval kengligi, m 
2,65 
3,48 
3,8 
5,36 
6,1 
7,64 
Avtosamosval uzunligi, m 
8,2 
7,3 
8,1 
10,3 
11,3 
13,6 
Burilishning minimal 
radiusi, m 
10,5 
8,5 
10,0 
11,0 
12 
15 
Dvigatel quvvati, kVt 
175 
265 
367 
770 
955 
1690 
100 km yо‘lga 
sarflanadigan yoqilg‘i 
sarfi, l 
60 
125 
200 
350 


Kon massasini tashishda avtotransport ishini tashkillashtirish. 
Karyer avtomobil transportining ishi karyerdan qoplama jinslarni, foydali 
qazilmasi kam rudalarni ag‘darmaga, foydali qazilmalarni omborga yoki boyitish 
fabrikasi 
bunkeriga 
karyer 
avtoyо‘llarida 
tashishga 
xizmat 
qiladi. 
Avtotransportni zaboyda yuklashga kuyish usullari kuyidagilardan iborat 
11.3. rasm: 

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling