Olishda asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining tavsifi


-rasm. Karyerda yuk kо‘taruvchi konveyrni qо‘llash


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana14.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1703785
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
3-Ma'ruza (3)

13.4-rasm. Karyerda yuk kо‘taruvchi konveyrni qо‘llash. 
 
Konveyr texnologik parametrlariga unumdorlik, konveyer stavining 
uzunligi, qiyalik burchagi, yuritgich quvvati kiradi, shuningdek lenta eni va tezligi 
ham hisobga olinadi. 
Konveyerning texnik tasnifi. 
Konveyer 
KL-500 
KLJ-800 
S-160 
KMMZ 
NKMZ 
Lenta eni 
1000 
1200 
1600 
1200 
1800 
Harakat tezligi, 
m/s 
2,26 
2,58 
1,6-3,15 
3,6 
4,35 
Unumdorlik, t/s 
500 
800 
600-1950 
5000 
3150 
Konveyer stavining 
uzunligi, m 
400 
800 
1100 
800 
500 
Yuritgich quvvati, 
kvt 
75 
150 
400-800 
400 
1500 


Ochiq kon ishlari uchun katta konveyer komplekslari GDR, Chexiya, 
Germaniya, AKSH va Rossiya mamlakatlarida ishlab chiqiladi. 
Ag‘darmalarni hosil qilish tо‘g‘risida tushuncha. 
Ag‘darma hosil qilish usuli qo‘llaniladigan transport va ishchi uskunalar 
turlariga bog‘liqdir. 
Temir yо‘l transportida – ekskavatorli (mexanik kurakli, abzetserli), plugli 
va buldozerli ag‘darmalar, konveyer transportida esa, ag‘darmaga tog‘ jinslarini 
joylashtirishda konsolli ag‘darma hosil qilgichlar qо‘llaniladi. 
Ochiq kon ishlari natijasida qazib olingan qoplovchi jinslarni va 
nokonditsion hisoblangan foydali qazilma tо‘planadigan joyga ag‘darma deyiladi. 
Ularni joylash bilan bog‘liq bо‘lgan texnologik jarayonga ag‘darma hosil qilish 
deyiladi. Ag‘darmalarning karyer konturiga nisbatan joylashuviga qarab ular ichki 
va tashqi ag‘darmalarga bо‘linadi. Agar ag‘darma karyer konturi ichkarisida 
joylashgan bо‘lsa ichki ag‘darma, tashqarisida joylashgan bо‘lsa tashqi ag‘darma 
deyiladi. 
Turg‘unligi bо‘yicha – doimiy va vaqtinchalik ag‘darmalarga bо‘linadi. 
Ag‘darma о‘z konstruksiyasiga kо‘ra kon massasi uyumi hisoblanib, bir necha 
qatlamdan (yarusdan) iborat va planda notо‘g‘ri shaklga ega tо‘g‘ri burchakka 
yaqin bо‘ladi. 14.1 chizma. 
Bitta ag‘darmaga alohida qilib 4 xil turdagi tog‘ jinsi yoki nokonditsion 
foydali qazilmalar joylashtirilishi (tog‘ jinslarini navlarga bо‘lgan holda 
joylashtirish) mumkin. 
Qazib chiqarilgan qoplovchi jinslar qayta ishlov beruvchi va qurilish 
sanoatining xom ashyosi yoki nokonditsion foydali qazilma hisoblangan 
(nokonditsion – ma’lum vaqtda iqtisodiy samara bermaydigan, ammo texnik va 
texnologiyaning rivojlanishi bilan birgalikda kelgusida samarali bо‘lishi mumkin 
bо‘lgan foydali qazilma) hollarda ag‘darmalar alohida (navlarga bо‘lib) 
joylashtiriladi. Bunda har xil turdagi kon jinslari bir-biriga qо‘shilib ketmasligi
bir-birini yopib qо‘ymasligi zarur. Natijada ag‘darma uchastkalarga bо‘linadi. Har 
bir uchastka atrofida birinchi yarusdan to oxirgi yarusgacha bir xil turdagi tog‘ 
jinsi joylashtiriladi. Tog‘ jinslarining fizika-mexanik xususiyatlari va sifat 
kо‘rsatkichlariga bog‘liq bо‘lmagan holda g‘aramlash (skladirovaniye) yalpi 
g‘aramlash (valoviy) deb aytiladi. 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling