Olishda asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining tavsifi
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Ma'ruza (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- - ekskavatorning chо‘michlash va yuklash radiuslari
A
o – ag‘darmani о‘tish kengligi Temir yо‘l transporti qо‘llanganda ekskavator yordamida ag‘darma hosil qilish. Ekskavatorli ag‘darma hosil qilishda jinslar sostavdan bо‘shatilgandan sо‘ng ag‘darmaga joylashtirish mexanizmlari sifatida mexanik kovushlar, draglaynlar va kо‘p chо‘michli ag‘darma ekskavator-abzetserlardan foydalaniladi. Mexanik kovshlarni kо‘llash bilan ag‘darma hosil qilish texnologiyasi quyidagi xususiyatlarga ega. Balandligi 10-15 m dan 20-40 m gacha bо‘lgan ag‘darma pog‘onasi 2 ta kichik pog‘onachalarga bо‘lingan. 10.3 chizma. Ekskavator temir yо‘l joylashgan yuqori pog‘onacha ustidan 4-7 m pastda quyi pog‘onacha ustida joylashtiriladi. Jinslar dumpkarlardan uzunligi 20-25 m, chuqurligi ekskavator joylashgan gorizontdan 0,8-1 m past va sig‘imi 200-300 m 3 bо‘lgan yamaga bо‘shatiladi. Ekskavator bu jinslarni 3 yо‘nalish bо‘yicha tо‘kadi: ekskavator yо‘nalishi bо‘yicha oldinga, ag‘darma qiyaligi ostiga va temir yо‘ldan 0,5-1 m balandlikda bо‘lgan ag‘darmali о‘tish hosil qilib orqaga. 14.4-rasm. Mexanik kurak yordamida ag‘darma hosil qilish. R ch va R r - ekskavatorning chо‘michlash va yuklash radiuslari Ag‘darmalarda EKG-4 ekskavatori qо‘llanilganda ekskavator о‘tish kengligi yoki yо‘lni siljitish qadami amalda 24-25 m gacha, yuqori pog‘onacha balandligi esa, 6 m ga teng. EKG-8 ekskavatorini qо‘llaganda esa, yо‘lni siljitish qadami 30 m ga teng, yuqori pog‘onacha balandligi esa 7 m ga yetadi. Temir yо‘llarni siljitish qadami ag‘darma balandligi va tupik uzunligiga bog‘liq bо‘lib, ular odatda 1 yilda 3-4 marotaba bо‘ladi. Jinslarni ekskavator bilan joylashtirishda birdaniga yuqori va quyi pog‘onachalar tо‘kilmasi bilan amalga oshiriladi. Turg‘un bо‘lmagan ag‘darmalarda birinchi navbatda 100 m va undan yuqori bо‘lgan uzunlikda quyi pog‘onacha tо‘kilmasini hosil qilish bilan amalga oshiriladi va jarayon shu tariqa amalga oshiriladi. Ag‘darmada bir kovshli ekskavator ishlaganda qabul qiluvchi yama borti qiyaligining turg‘unligini nazorat qilib borish muhim hisoblanadi. Qabul qiluvchi yamaning uzunligi 1-2 dumpkar uzunligiga teng bо‘lishi kerak. Ag‘darmada mexanik kovshlarni qо‘llashning yutuqlari: odatda zvenolarga bо‘lib kranlar yordamida jinslar bushatiladigan yо‘llarni siljitishning kam mehnat talab etishi; ag‘darmali tupikning ish unumdorligining yuqoriligi; ag‘darmalarni turli sharoitlarda, shu jumladan botqoqliklarda joylashtirish. Asosiy kamchiligi - qimmat turuvchi ekskavatorlar bilan ekskavatsiyalanganda qarzning oshishi. Draglaynlar yordamida ag‘darma hosil qilish mexanik kurak bilan ag‘darma hosil qilish jarayoniga о‘xshaydi. Dumpkarlar sostavi navbati bilan (2-3 vagondan) qabul qiluvchi bunkerga bо‘shatiladi. Yamaning chuqurligi 4-8 m, uzunligi esa 3-4 dumpkarlar uzunligiga teng. Ag‘darma hosil qilish quyidagicha farqlanadi: bir ekskavatorga xizmat kо‘rsatuvchi temir yо‘l tupiklari soni; draglaynning joylashish joyi; bir-biriga va ag‘darma asosi maydoniga nisbatan yо‘llar. ag‘darma yaruslarini tо‘kish usullari (quyi, yuqori va kombinatsiyalashgan) va ularni tо‘ldirish navbati. Amalda kon ishlarida bir tupikli pastdan va kombinatsiyalashgan tо‘kish sxemasi keng qо‘llanadi. Jins qabul qiluvchi bunkerdan draglayn yordamida ekskavator yо‘nalishi bо‘yicha oldinga, yonga ag‘darma qiyaligi ostiga tо‘kiladi. Ag‘darmali о‘tishning maksimal kengligi (m): buerda: - draglaynning chо‘michlash va tо‘kish radiuslari, m; - qabul qiluvchi bunkerning uzunligi, m. О‘tish kengligi qancha katta bо‘lsa, yо‘lni yotqizish qadami va draglayn bilan burilish burchagi shuncha kata bо‘ladi va texnik ish unumdorligi kichik bо‘ladi. Ikkinchi sxemada kombinatsiyalashgan holda tо‘kishda draglayn ag‘darma oldida joylashadi. Karyerlarda kо‘p kovshli ekskavatorlarni temiryо‘l transporti bilan qо‘llaganda ish jarayonida ag‘darmalarda abzetserli ag‘darma hosil qilish qо‘llaniladi. Hozirgi zamon abzetserlari kо‘p kovshli ekskavatorlardan farq qilgan holda maxsus konstruksiyaga ega bо‘lgan qisqa kovshli rama bilan jihozlangan. Ushbu kovsh jinsni eni 1,5-2,5 m bо‘lgan transheyadan chо‘michlash qobiliyatiga ega. Abzetserning bо‘shatish, tо‘kish mexanizmi lentali konveyerdan iborat konsolli fermaga ega. Temir yо‘llarni siljitishdan oldin ag‘darma yuzasini tenglashtirish (viravnivaniya) uchun abzetserlar maxsus uzunligi 10-15 m bо‘lgan kovshli rama bilan jihozlanadi. Jinslarni joylashtirish bо‘yicha kо‘p kovshli ekskavatorlar ishini tashkil etish va texnologiyasi quyidagilarni о‘z ichiga oladi. Ekskavator ish fronti bо‘ylab harakatlanib, qabul qiluvchi transheyaga dumpkarlardan bо‘shatilgan jinslarni kovshi yordamida chо‘michlaydi va uni ag‘darma lentali konveyeriga tо‘kadi. 2 / 2 2 0 Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling