Olishda asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining tavsifi


 – rasm. Avtomobillarni zaboyga yuklashga kuyish sxemasi


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana14.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1703785
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
3-Ma'ruza (3)

12.3 – rasm. Avtomobillarni zaboyga yuklashga kuyish sxemasi. 
a — s ishchi maydonchada sirtmoqli burilish; b — s zaxodka ichkarisida sirtmoqli burilish; v — zaxodka 
ichkarisida yopiq burilish; g — zaxodka ichkarisida sirtmoqli burilish va yuklashga yopiqqо‘yish; d i ye — ikki 
mashinani birdaniga zaboyda yuklashga qо‘yish. 
Keng ish maydonchalarida avtosamosval ekskavator zaboyiga sirtmoq 
shaklda burilib yuklashga qо‘yiladi. Chegaralangan ishchi maydonchada va tor 
zaxodkada va yuksiz avtosamosval harakat yо‘nalishi ekskavator zaxodkasiga 
tо‘g‘ri kelmaganda avtosamosval sirtmoqli yoki yopiq burilish yasab, agar yukli 
avtosamosval harakat yо‘nalishi ekskavator yо‘nalishiga tо‘g‘ri kelganda yopiq 
burilishdan keyin avtosamosval orqaga harakatlanib yuklashga beriladi. Har 
qanday holatda ham avtosamosvalni yuklashga qо‘yganda ekskavator chо‘michi 


haydovchi kabinasi ustidan о‘tmasligi kerak. Ekskavator burilish burchagi minimal 
bо‘lishi kerak. 
Avtotransportlarni narxi yuqori bо‘lganligi uchun avtotransportni bekorga 
kutib qolishi xuddi ekskavatornikidek minimal bо‘lishi kerak. Ularni kamaytirish 
uchun karyerlarda ikki turda avtotransport ishlari tashkillashtiriladi: ma’lum bir 
miqdordagi samosvallar smena davomida ekskavatorga biriktiriladi va 
biriktirilmagan mashinalarni har safar dispetcher kо‘rsatmasi bilan yuklashga 
qо‘yiladi. 
Avtotransportni 
ekskavatorga 
biriktirib 
ishlatish 
soddarok 
tashkillashtirish bulib yukori unumdorlikni ta’minlaydi. Agar qazib yuklovchi 
mashina. Ag‘darma hosil qiluvchi texnikalar buzilmasdan ishonchli ishlasa va 
foydali qazilma bir xil tuzilishga ega bо‘lsa bu tartib о‘zini oqlaydi. 
Karyerlardagi avtotransport unumdorligi avtoyо‘l holatiga ham bog‘liq 
bо‘ladi. Karyer yо‘llariga xizmat qilish, ta’mirlash va yangilarini qurish uchun 
maxsus 
yо‘l 
xizmati 
bо‘ladi. 
Avtosamosvallarga 
xizmat 
kо‘rsatish 
avtoxо‘jalikning maxsus maydonchadagi inshootlarda bajariladi. Unda 
avtosamosval sistemalarini tekshirish va joriy ta’mirlash kо‘zda tutilgan bо‘lib, 
rejali va kapital ta’mir maxsus ustaxonalarda olib boriladi.
Kon massasini temir yо‘l transporti yordamida tashish. 
Temir yо‘l transporti har qanday ob-havo sharoitida о‘zining ishonchliligi
yuqori unumdorligi va ishlatishda foydaliligi sababli karyerlarda tarqalgan 
transport turidir. Uning asosiy kо‘rsatkichi yuk aylanmasi bо‘lib tonna yoki kub 
metrdagi yuk miqdorini vaqt birligi ichida tashilishiga aytiladi. Karyer yuk 
aylanmasi keraksiz jinslarni, foydali qazilma va materiallar yuk aylanmasi 
yig‘indisidan iborat. 

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling