Olishda asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining tavsifi
–rasm. Mexanik kurakli ekskavatorlarning parametrlari va qazib olishtexnologiyasi
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Ma'ruza (3)
10.6–rasm. Mexanik kurakli ekskavatorlarning parametrlari va qazib olishtexnologiyasi. CHо‘michlash radiusi R ch –chо‘michlash jarayonida ekskavatorning aylanish о‘qidan kesuvchi tishigacha bо‘lgan gorizontal masofa. CHо‘michlash balandligi N ch – chо‘michlash jarayonidan ekskavtor turgan gorizontdan kesuvchi tishgacha bо‘lgan vertikal masofa. Yuklash (razgruzka) radiusi R r – yuklash jarayonida ekskavatorning aylanish о‘qidan kovsh о‘qigacha bо‘lgan gorizontal maosfa. Yuklash (razgruzka) balandligi N r – ekskavator turgan gorizontdan kovshgacha (ochiq turgan holatida) bо‘lgan vertikal masofa. Rukoyatni siljitish prinsipiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar kanatli va gidravlik siljituvchi ekskavatorlarga bо‘linadi. Ishlatilish sferasiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar ikki turga bо‘linadi: karyerlarda ishlovchi ekskavatorlar; ochish ishlari uchun mо‘ljallangan ekskavatorlar. Karyerda ishlovchi ekskavatorlar – tog‘ jinslarini qazib olish va ularni transport vositalariga yuklashga mо‘ljallangan. Ochish ishlariga mо‘ljallangan ekskavatorlar esa, qazib olingan tog‘ jinslarini ishlangan (foydali qazilma qazib olingan) bо‘shliqlarga tashlab ishlaydi. Bir chо‘michli mexanik kurakli ekskavatorlar asosan Rossiya, AKSH, Fransiya, Germaniya va Yaponiya davlatlarida ishlab chiqariladi. Tog‘ jinslarini skreperlar bilan qazib olish. Skreperlar (sidirg‘ichlar) qazib tashuvchi mashinalar guruhiga kirib, tog‘ jinsini qazib olish, ularni 0,2-6 km gacha tashish va ag‘darmalarga joylashtirish amallarini birgalikda bajaradi. Bunday mashinalar yо‘l qurilishi ishlarida va yarim qoyali tog‘ jinsli (olidindan portlatilib yumshatilgan) karyerlarda tog‘ jinslarini qazib olish uchun ishlatiladi. Skreperlar ikki xil turda – о‘zi yurar va sudraluvchi skreperlar kо‘rinishida ishlab chiqariladi. Skreperlar bilan uncha katta hajmda bо‘lmagan tog‘ jinslarini qazib olish qulay. Skreperlar karyerlarda rekultivatsiya ishlarini olib borishda ham qо‘llaniladi, ya’ni, unumdor qatlamini olishda va keyinchalik, karyerdagi qazish ishlari va ag‘darmalarni tekislash tugallangangach, unumdor tuproqni qayta olib borib ag‘darmalar ustiga yotqizish ishlarini bajarishda qо‘llaniladi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling