Olishda asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining tavsifi


 – rasm. Portlovchi skvajina paramertlari


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana14.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1703785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3-Ma'ruza (3)

9.3. – rasm. Portlovchi skvajina paramertlari. 
a – yaxlit zaryadli qiya skvajina; b – havo bо‘shlig‘i hosil qilib kо‘p qatorli holatda joylashtirilgan vertikal 
skvajina; 1 – PM zaryadi; 2 – zaboyka; 3 – havo bо‘shlig‘i. 


9.4. Rasm. Skvajinalarni pog‘onalarda joylashish sxemalari. 
a – birqatorli; b, v – kvadrat va “shaxmat”setkasi shaklida kо‘p qatorli joylashishi; g – birinchi qatorda juft 
yaqinlashgan skvajinalar bilan; 
Shpurli zaryadlash usuli. Shpur – bu tog‘ jinsida silindrik shaklda о‘yilgan 
bо‘shliq bо‘lib, uning chuqurligi 5m gacha va diametri 75 mm gacha bо‘lishi 
mumkin. 
Massivda shpurli zaryadlash usulini qо‘llash natijasida portlovchi 
moddalarni ancha tо‘g‘ri taqsimlash mumkin bо‘ladi. Shpurli zaryadlash usuli 
asosan, qurilish materiallarini qazib olish karyerlarida, yer osti usulida qо‘llaniladi 
va ma’lum darajada foydali qazilmalarning strukturasini о‘zgartirmasdan saqlab 
qolish imkoniyatini beradi. Bu usulning kamchiliklari: mehnat darajasi yuqori
portlovchi modda sarfi baland. 
Quyma zaryadlash usuli. Qayta maydalashda va yordamchi ishlarda bu usul 
qо‘llaniladi. Quyma zaryadlarni portlatishdan avval ularning ustki qismi loy yoki 
yopishqoq modda bilan berkitiladi. Berkitilgan qismining balandligi zaryad 
balandligidan kichik bо‘lmasligi kerak. Zaryadning о‘zi katta tog‘ jinsi bо‘lagining 
chuqurroqqismiga yoki ostiga qо‘yiladi. (8.1 rasm a). 
Quyma zaryadlarni joylashtirish oddiy bо‘lib tayyorlash ishlarini talab 
qilmaydi, lekin juda katta portovchi modda sarflashga tо‘g‘ri keladi. Hattoki 
xarsang toshlarni maydalashda kichik shpurli usulga qaraganda 10 baravar kо‘p 
portlovchi moddalar sarflanadi.
Gorizontal, qiya va vertikal skvajinalar mavjud. Hozirgi kunda vertikal 
skvajinalar keng qо‘llanilmoqda. Skvajinada portlovchi modda zaryadi yaxlit va 
oraliq bо‘shliqli holda, portlatiladigan blokda esa bir qatorli va kо‘p qatorli holatda 
qilib joylashtiriladi.
Qazish-yuklash ishlari haqida tushuncha. 
Tog‘ jinsi massivini tо‘g‘ridan tо‘g‘ri qazib olish va transport vositalariga 
yuklash yoki qazib olishning о‘zi, mashinaning ishchi organi yordamida tog‘ 
jinsini bir joydan ikkinchi joyga siljitish va agdarmaga bо‘shatishga – qazish-
yuklash ishlari deb ataladi. Bu jarayonni mexanizatsiyalash uchun ishlatilish va 
texnologik sifatlari turlicha bо‘lgan universal va karyer mashinalarining turli 
turlaridan foydalaniladi va bu mashinalarning qayerda va qaysi sharoitlarda 
qо‘llanilishi hududiy tabiiy sharoitga va kon texnik sharoitga qarab belgilanadi. 
 
 
 
а 
 
 
 
б 
 
 
 
в 
 
 
 
г 
Рис. 3.13. Схемы расположения скважин на уступе: а  однорядная; бв  
многорядное по квадратной и «шахматной» сетке; г  с 
парносближенными скважинами в первом ряду 
 
 
 
а 
 
 
 
б 
 
 
 
в 
 
 
 
г 
Рис. 3.13. Схемы расположения скважин на уступе: а  однорядная; бв  
многорядное по квадратной и «шахматной» сетке; г  с 
парносближенными скважинами в первом ряду 


Ekskavator deb shunday mashinaga aytiladiki, tog‘ jinslarini chо‘michlab, 
qisqa masofaga tashib va transport vositalariga yoki ag‘darmaga tо‘kuvchi 
mashinadir. 
Ish jarayoni quyidagi 4 xil ketma-ket bajariladigan harakatlardan iborat: 
chо‘michni tо‘ldirish (chо‘michlash), uni tо‘kish joyiga surish (harakatlantirish), 
tо‘kish va bо‘sh chо‘michni chо‘michlash joyiga qaytarib keltirish.
Ekskavatorlar umumiy holda quyidagi belgilar bо‘yicha turlanadi: 

mо‘ljaliga va bajariladigan ish turiga qarab; 

chо‘mich hajmiga qarab (bir chо‘michli) yoki nazariy unumdorligiga 
qarab (kо‘p chо‘michli). 
Ishchi a’zosini turiga qarab kо‘p chо‘michli ekskavatorlar: zanjirli, 
sidirg‘ichli-chо‘michli, rotorli, frezerli-chо‘michli va chо‘michsiz frezerli ishchi 
a’zoli turlarga bо‘linadi. Harakatlanish turiga qarab: 

bо‘ylama qazuvchi ekskavatorlar, ularda harakatlanish yо‘nalishi qazish 
yо‘nalishiga tо‘g‘ri keladi; 

kо‘ndalang qazuvchi ekskavatorlar, ularda harakatlanish yо‘nalishi 
yо‘nalishiga perpendikulyar bо‘ladi; 

radial qazuvchi ekskavatorlar, ularda ishchi a’zo asos bilan birgalikda 
mashinaning umumiy asosiga nisbatan buriladi. 
Ekskavatorlar pastdan kovlaydigan va yuqoridan kovlaydigan turlarga 
bо‘linadi. Harakatlanish mexanizmlari bо‘yicha relslik, gusenitsalik, relsli 
gusenitsalik va qadamlovchi turlarga bо‘linadi. 
Normal iqlim sharoitiga va yukori unumdorlikka ega bо‘lgan karyerlarda 
ochish ishlari uchun kо‘p chо‘michli rotorli ekskvavatorlar va draglaynlarni 
qо‘llab yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Vaqt qisqa bо‘lganida, ya’ni qazib 
oluvchi mashina va uskunalar qisqa vaqt davomida ishlaganida – ochish ishlarida 
chо‘michi hajmi katta bо‘lgan sidirg‘ich (skreper) lardan foydalanish maqsadga 
muvofiq bо‘ladi. Karyer unumdorligi kam bо‘lgan yoki mavsumiy sharoitlarda yoz 
paytlarida buldozerlardan, chо‘michi sig‘imi kam bо‘lgan sidirg‘ichlar va minorali 
ekskavatorlarni qо‘llash mumkin. 
Yarim qoya va qoyali tog‘ jinslarini oldindan yumshatilib qazib olishda – 
mexanik kurak, yuklagichlar va chо‘michi hajmi katta bо‘lgan draglaynlarni 
qо‘llash mumkin. 
Konchilikda qо‘llaniladigan barcha mashinalar ishlash prinsipiga qarab: 

uzluksiz ishlovchi mashinalar (kо‘p chо‘michli rotorli va zanjirli 
ekskavatorlar, buroshnekli qurilmalar, uzluksiz yuklovchi mashinalar
kombaynlar); 

davriy ishlovchi mashinalar (bir kovshli ekskavatorlar, g‘ildirakli va 
gusenitsali yuklagichlar, kabelli ekskavatorlar, mexanik kuraklar, 


buldozerlar va sidirg‘ichlar) ga bо‘linadi.
Transport vositalariga nisbatan mashinalar quyidagilarga bо‘linadi:
Qazib-yuklovchi mashinalar. Bu mashinalar foydali qazilmani qazib oladi va 
qazish joyining о‘zida transport vositasiga yuklaydi. Bularga misol qilib, rotorli va 
kо‘p chо‘michli ekskavatorlarni, mexanik kurak, minorali ekskavatorlar va 
burozaryadli kombaynlarni olish mumkin. 
Ekskavatsiyalovchi mashinalar. Bu mashinalar qazish joyida ishlaydi va 
chо‘michi bilan qazilgan tog‘ jinsini mashina konstruksiyasida kо‘rsatilgan 
masofaga va ag‘darmaga yuklaydi (bо‘shatadi), bularga misol qilib draglaynni 
olish mumkin. 
Qazib-tashuvchi mashinalar. Bu mashinalar qazib olingan tog‘ jinsini 
iqtisodiy jihatdan samarali bо‘lgan masofagacha tashiydi. Bunga misol qilib 
g‘ildirakli yuklagichlarni, sidirg‘ich va buldozerlarni keltirish mumkin. 

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling