Olishda asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining tavsifi
-rasm. Qazib yuklovchi mashinalar sxemalari
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Ma'ruza (3)
10.1-rasm. Qazib yuklovchi mashinalar sxemalari.
a – tо‘g‘ri kurakli; b – qaytma kurakli; v – draglayn; g – greyfer; d – zanjirli kо‘p kovshli ekskavator; ye – rotorli ekskavator; j – g‘ildirakli skreper; z – buldozer; i – shnekli burg‘ulovchi mashina; Tog‘ kon va transport mashinalari komplektida ekskavatsiyalovchi mashinalar texnologik oqimda asosiy о‘rinni egallaydi. Bu mashinalarning unumdorligi tog‘ jinslarini qazib olishga qanday tayyorlanganligiga va transport xizmatining qanday kо‘rsatilishiga bog‘liq buladi. Transport xizmati kо‘rsatish deganda – transport kommunikatsiyalari barpo etish va transport vositalarining ritmik tarzda yetkazilib turilishi tushuniladi. Ekskavatsiyalovchi mashinalar unumdorligigiga qazish joyi parametrlari va ishlash texnologiyalari aloxida ta’sir kо‘rsatadi. Tog‘ jinslarini draglaynlar yordamida qazib olish. Draglayn davriy ishlovchi ekskavator bо‘lgani uchun uning 1tn konstruksiyasiga tо‘g‘ri keladigan unumdorligi uzluksiz ishlovchi ekskavatorlarnikiga nisbatan kam bо‘ladi. Ammo uning qо‘llanish soxasi juda kengdir. Draglayn bilan yarim qoya tog‘ jinslarini oldindan burg‘ulab portlatib yumshatilganidan keyin qazib olish mumkin. Draglaynning ishchi organi – chо‘michli kanat osilgan strela hisoblanadi. Draglaynlarning ishlash prinsipi shundan iboratki, ekskavator tortuvchi kanat bilan chо‘michni tortib qazish joyi yuza qatlamini kirkadi, chо‘mich chuqurlashib tishlari bilan tog‘ jinsiga botadi. Zich tog‘ jinslarini qazib olishda chо‘michning orqa qismi kо‘taruvchi kanat yordamida biroz kо‘tariladi va qazish joyi bilan chо‘mich tishi orasidagi burchak kattalashtiriladi. Bu esa, о‘z navbatida chо‘michning tog‘ jinsiga botishini osonlashtiradi. Ishchi sikl – ekskavatorning burilish bilan bir vaqtda chо‘michni qazish joyiga tushirishi, undan keyin chо‘michni tо‘ldirish, qazish joyidan kо‘tarish va buralish bilan birga bо‘shatish joyiga bо‘shatishlardan iboratdir. Tо‘ldirilgan chо‘mich gorizontal holatda tortuvchi kanat yordamida ushlab turiladi. Ish vaqtida ekskavator dumaloq – aylanuvchi platformaga tayanadi va shuning uchun xam ekskavatorning og‘irligidan qat’iy nazar yerga bо‘ladigan solishtirma bosim kam bо‘ladi va bu ekskavatorning tо‘kilgan tuproq va ag‘darmalar ustlarida samarali ishlash imkonini beradi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling