Olishda asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining tavsifi
-rasm. Yuklagichning ishlash jarayoni
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Ma'ruza (3)
10.10-rasm. Yuklagichning ishlash jarayoni. Yuklagichlar chо‘michlarining hajmi 0,5 m³ dan 20-23 m³ gacha bо‘lib, gusenitsali va gildirakli kо‘rinishda ishlab chiqariladi. G‘ildirakli yuklagichlar – avtoyuklagichlar deb ataladi. Yumshoq va portlatilgan tog‘ jinslarida yuklagichlar bilan ishlash texnologiyasi shundan iboratki, bunda yuklagichning chо‘michi qazish joyining quyi qismiga kiritiladi va gidravlik sistema bilan kо‘tarilib tо‘lg‘aziladi va shu vaqtning о‘zida gorizontal tekislikda buriladi. CHо‘michning qazish joyiga bо‘lgan bosimi yuklagichning yuritish mexanizmi hisobiga amalga oshiriladi. CHо‘mich tо‘lgach yuklagich qazish joyidan chiqadi, chо‘michni bо‘shatish balandligigacha kо‘taradi va tuntarib transport vositasiga yoki bunkerga bо‘shatadi. 10.12-rasm. Yuklagichning ishlash prinsipi. Yuklagichlar bilan ishlaganda qazish joyining balandligi 8 m. dan 15 m. gacha bо‘ladi. Qazish joyi kengligi cheklanmaydi. Yuklagichning unumdorligi – uning chо‘michi hajmi, qazib olish texnologiyasi, tashib borish masofasi bilan bog‘liq bо‘lib, xuddi ekskavatorlardagi bog‘lanishlar kabi aniqlanadi. Yuklagichlar bilan qazib olish paytida siklning davomiyligi (texnika fanlari doktori K.N.Trubetskiy tavsiyasiga kо‘ra): CHо‘mich hajmi: 2÷3 m³ bо‘lganida 50-60 s; 4÷6 m³ bо‘lganida 54-56 s; 7,5÷12,5 m³ bо‘lganida 57-62 s; 5÷20 m³ bо‘lganida 66-70 s ni tashkil etadi. Qazib-yuklash ishlari olib borilganida yuklagichning foydalanish koeffitsiyenti R i = 0,8 ni tashkil etadi. Kon massasini tashishda avtomobil transportini qо‘llash. Karyerlarda avtomobil transporti keng qо‘llaniladi. Bunga sabab uning avtonomligi, harakatchanligi, topogorafik, geologik va ob-havo sharoitlarida ham yuqori unumdorligi va temir yо‘l transportiga nisbatan soddaroq tuzilganidir. Avtomobil transporti tashish masofasi 4-5 km bо‘lgan va yillik yuk aylanish hajmi uncha katta bо‘lmagan, ya’ni 15-20 mln.t bо‘lgan hollarda karyerda keng qо‘llaniladi. Ishlash prinsipi kon massasini zaboylardan qabul qilish punktlarigacha tashish va tо‘kishdan iborat. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling