Olishda asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining tavsifi
-rasm. Karyer avtomobil transportining ish jarayoni
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Ma'ruza (3)
12.1-rasm. Karyer avtomobil transportining ish jarayoni. Karyerlardagi avtomobil yо‘llaridan foydalanish sharoitlariga qarab yо‘llar kapital va vaqtinchalik yо‘llarga bо‘linadi. Kapital yо‘llar doimiy uchastkalarda, yer yuzasida, transheyalarda va transport bermalarida quriladi. Kapital yо‘llar yо‘l qoplamasiga ega. Vaqtinchalik yо‘llar zaboylarda, ishchi maydonchalarda, suriluvchi tushish joylarida va ag‘darmalarda quriladi. Ular pog‘ona va ish frontining siljib borishi bilan davriy о‘zgarib turadi va yо‘l qoplamasiga ega emas. Yо‘llar yuk zichligi, bir kilometr uzunlikdagi yuk miqdori yoki harakat uzluksizligi vaqt birligi ichida bir tomonga о‘tgan mashina soni bilan xarakterlanadi. Yuk kо‘tarish va harakat uzluksizligi bо‘yicha kapital yо‘llar uch kategoriyaga bо‘linadi va о‘z qoplamalari xususiyatlari ularning kо‘rsatkichlari bilan farqlanadi. Kapital avtomobil yо‘llari asosan kyuvetlar, suv uzatuvchi ariqcha, ag‘darma, yо‘l о‘tkazgich qurilma, kо‘prik, yо‘l qoplamasi о‘tkazuvchi qism va obochinalardan tuzilgan. Obochina kengligi 1-2 m ni tashkil etadi. Lahimlarda joylashgan yо‘llar trapetsiya shakldagi enliligi 0,4 m bо‘lgan yon kyuvetlar (chuqukurligi 0,8-0,9m) ga ega bо‘lishi kerak. Yо‘l parametrlari о‘tish qismining kengligi, burilish radiuslari, bо‘ylama yо‘nalishdagi qiyalik, kо‘ndalang muyulishdagi qiyalik va eng qisqa qurish masofalaridan iboratdir. 12.2-rasm. Karyerda avtomobil yо‘о‘llari. Yо‘l qoplamasi betondan, asfaltobetondan, sementbetondan va shebenlardan iborat bо‘ladi. Yо‘l qoplamasi turi yо‘ldan foydalanish muddatini, harakat intensivligini, harakatlanuvchi sostav turi va maxalliy yо‘l qurilishi materiallarini hisobga olgan holda tanlanadi. Karyerlarda doimiy yо‘llarda, katta harakat intensivligida (sutkada avtosamosvallar reysi 2000-3000 bо‘lganda) sementbeton yoki asfaltobeton qoplamalari qо‘llaniladi. Kam harakat intensivligida (sutkada avtosamosvallarning reysi 1000-1500 bо‘lganda) shebenli qoplama qо‘llaniladi. Vaqtinchalik yо‘llar qoyali muxitda joylashgan bо‘lsa qoplamaga ega bо‘lmaydi, yumshoq muhitda joylashgan bо‘lsa gruntli qoplamaga ega bо‘ladi. Qor kо‘chkisi kutiladigan yо‘l qismlarida qordan tо‘suvchi passiv va aktiv qurilmalar yasaladi. Qordan ximoya kiluvchi passiv vositalar qish paytida о‘rnatilib, ular shamol tomondan qorni tо‘sib qо‘yadi. Qordan ximoya kiluvchi aktiv vositalar balandligi 6 m bо‘lgan tayanchlarga osilgan tо‘siq devor bо‘lib, yul balandligidan 2 m balandga osiladi. Ularning ishlash prinsipi qor bо‘roni oqimi yoriq kengligigacha qisilib tezligi oshadi, natijada yо‘lni qor qoplamasdan о‘tib ketadi. Avtomobil yо‘lini asosiy kо‘rsatkichi о‘tkazish kobiliyatidir. Avtomobil yо‘lining о‘tkazish qobiliyati – ma’lum bir uchastkadan vaqt birligida о‘tishi mumkin bо‘lgan avtosamosvallar sonidir. Karyer avtomobil yо‘llarining о‘tkazish qobiliyatini oshirish uchun yо‘l fonarlari bilan yoritish yoki umumkaryer yoritkichlari bilan yoritish kо‘zda tutilgan. Avtosamosvallarning bir qator bо‘lib, bir yо‘nalish bо‘yicha harakatlanishida avtomobil yо‘llarining о‘tkazish qobiliyati quyidagi formula bilan aniqlanadi: N=(600·k n.d )/t a =(1000·V· k n.d )/l b ; Bu yerda: t a – avtosamosvallar orasidagi vaqt intervali, m V - avtosamovallarning harakat tezligi, km/s; l b - avtosamosvallar о‘rtasidagi xavfsizlik masofasi, m; k n.d =0,5÷0,8. Avtosamosvallar orasidagi xavfsizlik masofasi avtosamosval tormoz yо‘lining uzunligi va avtosamosvalning о‘zining uzunligidan kelib chiqadi va 50 m dan kam bо‘lmasligi kerak. Karyerdagi yо‘l harakati asosiy trassaning yuk oqimida ishchi gorizontlardan ag‘darmagacha о‘ng tomondan yurilib yо‘lni kesib о‘tmasdan xarakatning uzluksizligi ta’minlanadi. Karyer avtotransportining harakatlanuvchi sostavining konstruktiv tuzilishiga kо‘ra ikki guruxga bо‘linadi: - avtosamosvallar; - yarimpritseplar. Avtosamosvallar bu – ramada joylashgan kuzovdan iborat mashinadir. Yarimpritseplarning avtosamosvallarga qaraganda afzalliklari – bu katta yuk kо‘tarish quvvati, yoqilg‘i va ekspluatatsion xarajatlarining kamligidir. Karyer avtosamosvallarining asosiy parametrlari – yuk kо‘tarish quvvati, dvigatel quvvati, kuzov hajmi, g‘ildirak formulasi va burilishning minimal radiusidir. G‘ildirak formulasi – bu avtosamosval g‘ildiragi sonining sifrlarda ifodalanishidir. M-n: 4x2. 1 sifr – g‘ildiraklarning umumiy sonini bildiradi. 2 sifr – yetaklovchi g‘ildiraklar soni. Karyerlarda yuk kо‘tarish quvvati 27-75 t bulgan BelAZ tipidagi avtosamosvallar keng qо‘llaniladi. Avtosamosvallar xarakteristikasi quyidagi jadvalda keltirilgan: Parametrlari Avtosamosvallar KrAZ- 256B BelAZ- 540 BelAZ- 548 BelAZ- 549 BelAZ- 7519 BelAZ- 7520 Gildirak formulasi 6x4 4x2 4x2 4x2 4x2 4x2 Yuk kо‘tarish quvvati,t 10 27 40 75 110 180 Og‘irligi (yuksiz), t 11,5 21 29 66 85 145 Kuzov hajmi, m³ 6 15,8 21,7 37,8 44 90 Harakatning maksimal tezligi, km/s 62 55 50 50 52 50 Avtosamosval kengligi, m 2,65 3,48 3,8 5,36 6,1 7,64 Avtosamosval uzunligi, m 8,2 7,3 8,1 10,3 11,3 13,6 Burilishning minimal radiusi, m 10,5 8,5 10,0 11,0 12 15 Dvigatel quvvati, kVt 175 265 367 770 955 1690 100 km yо‘lga sarflanadigan yoqilg‘i sarfi, l 60 125 200 350 - - Kon massasini tashishda avtotransport ishini tashkillashtirish. Karyer avtomobil transportining ishi karyerdan qoplama jinslarni, foydali qazilmasi kam rudalarni ag‘darmaga, foydali qazilmalarni omborga yoki boyitish fabrikasi bunkeriga karyer avtoyо‘llarida tashishga xizmat qiladi. Avtotransportni zaboyda yuklashga kuyish usullari kuyidagilardan iborat 11.3. rasm: Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling