Olishda asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining tavsifi


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/19
Sana14.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1703785
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
3-Ma'ruza (3)

б
ч
p
l
R
R
А



ч
p
R
,
б
l


Temir yо‘l transporti qо‘llanganda plug va buldozer yordamida ag‘darma hosil 
qilish. 
Plugli ag‘darmalarda karyerlardan dumpkarlarda keltirilgan jinslar bevosita 
ag‘darma pog‘onasining qiyaligiga bо‘shatiladi, bunda jinslarning bir qismi 
(portlatilgan tog‘ jinslarida 40% ga yaqin, yumshoq tog‘ jinslarida 70% gacha) 
qiyalikda sochilma tarzida qoladi, qolgani esa pastga yumalab tushadi. 
Jinslarni ag‘darma ostiga tushirib yuborish uchun ag‘darma pluglari 
qо‘llaniladi. 
Bо‘shatish bir vaqtning о‘zida sostavning 2-3 dumpkarida amalga oshiriladi. 
Qoyali tog‘ jinslarni sostavdan bо‘shatish vaqti yozda 5-7 min, qishda 15-20 min, 
yumshoq nam jinslarda 1,5-2 baravar ortiq. Vagonlar bо‘shatilganidan sо‘ng 
ag‘darma tupikining uzunligi bо‘yicha ag‘darma plugi yordamida tekislanadi. 
Bunda jinslarning bir qismi ag‘darma ostiga yumalab tushadi, ag‘darma brovkasida 
esa maydon hosil qilinadi va bu maydonga yana jinslar tо‘kiladi.
Plugli ag‘darmaning asosiy yutug‘i nisbatan kam kapital xarajatga egaligi. 
Bitta ag‘darma plugi va bitta yо‘l siljituvchi bir necha ag‘darma tо‘piklariga 
xizmat qilishi mumkin. Ushbu usulning yana bir katta yutug‘i ishlashning kam 
energiya talabligi, ya’ni jinslarning kо‘pchilik qismi ag‘darmaga о‘zining og‘irlik 
kuchi ta’sirida joylashadi. Ag‘darma tupikining qabul qilish imkoniyati 300-400 
ming m
3
/yil, ag‘darma ishchisining mehnat unumdorligi esa 80-270 m
3
/smena. 
Plugli ag‘darma hosil qilishning kamchiliklari: ag‘darma pog‘onasi 
balandligining kamligi (yumshoq tog‘ jinslarida 10-15 m, qoyali tog‘ jinslarida esa 
15-20 m) temir yо‘llarni harakatlantirish va ularni xavfsiz masofada ushlash uchun 
samarali mexanizatsiyaning yо‘qligi. 
Buldozerli ag‘darma hosil qilishda jinslarni ag‘darmaga joylashtirish quvvati 
katta buldozerlar yordamida amalga oshiriladi. Boshlang‘ich tо‘kilma hosil 
qilingandan keyin temir yо‘llar ag‘darma brovkasidan 4-5 m masofada yotqiziladi. 
Yо‘l satxidan 1,5-2 m pastda ishchi maydon yaratiladi. Bu maydonda jinslar 
dumpkarlardan tо‘kiladi keyinchalik esa, buldozerlar yordamida ag‘darma 
qiyaligiga joylashtiriladi. Bu maydonning minimal kengligi buldozerning qaytib 
olishi uchun yetarli bо‘lishi kerak. U buldozer ishi sxemasiga bog‘liq bо‘lib 7-8 m 
ni tashkil etadi. Qabul qiluvchi maydonning uzunligi taxminan ikkita sostav 
uzunligiga teng bо‘lishi kerak. Maydon ag‘darma qiyaligi tomonida uncha katta 
bо‘lmagan qiyalikda joylashtiriladi. Sostav bir joyda turgan holda yoki distansion 
boshqarish orqali 3-4 km/soat tezlikda harakatlanayotgan paytida bо‘shatiladi. 1m 
frontga 4-4,5 m
3
jins tо‘kiladi. Lokomotivosostavni bо‘shatish uchun 300-400 m 
maydon yetarli bо‘ladi. Bо‘shatilgandan sо‘ng buldozer jinsni ag‘darmaga 
joylashtiradi. Maydonda jinslarni g‘aramlash bir yoki ikkita buldozerlar 
yordamida amalga oshirilishi mumkin. 


Quvvati 240-360 kVt bо‘lgan buldozerlardan foydalanilganda ag‘darmaning 
ratsional о‘lchamlari: kirish kengligi 50-60 m, tо‘pik uzunligi 1000-1400 m, 
ag‘darma yarusining balandligi 30-40 m. Buldozerning ratsional yillik ish hajmi 10 
mln. m
3
ni tashkil etadi. Temir yо‘l transporti qо‘llanilganda ag‘darmalar hosil 
qilishda buldozerlardan foydalanishning asosiy yutug‘i: mexanik kovushlarga 
nisbatan kam kapital xarajat talab qilishi va temir yо‘l siljitish qadamining 2-3 
marta oshishi va shu bilan birga karyerdagi kon ishlari mexnat sarfini sezilarli 
darajada kamayishi. 
Asosiy kamchiligi: dumpkarlarni yopishgan va muzlagan jinslardan 
tozalashning qiyinligi, dizel yoqilg‘isiga ketadigan xarajatlarning kо‘pligi. 

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling