Oliy geodeziya


Download 186.64 Kb.
bet1/11
Sana30.04.2023
Hajmi186.64 Kb.
#1411232
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI



TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI


«GEODEZIYA VA KADASTR» «GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR»

YO‘NALISHI

“OLIY GEODEZIYA”

FANIDAN



KURS ISHI


Bajardi: _____ guruh talabasi _________________
Tekshirdi: katta o`qituvchi Yuldashev A.O



TOSHKENT 2023



1.BO‘LIM. UMUMIY HOLAT


§ 1. Kurs ishining maqsadi va vazifasi
Ushbu ishni bajarishdan maqsad talabalar o‘qish davrining 3-kursida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashdan hamda Oliy geodeziyaning quyidagi bo‘limlarini chuqur o‘rganishdan iborat.

  1. Tayanch geodezik to‘rlarini barpo etish dasturi va sxemasi.

  2. Triangulyasiya punktlarini rekognossirovka qilish va qurish.

  3. Loyihalashtirilgan geodezik to‘r elementlarining aniqligini hisoblash. Loyiha ikkita matniy va chizma qismdan iborat: Loyihaning moliyaviy-

iqtisodiy qismi ushbu loyihada hisoblash ko‘zda tutilmagan, sababi bu bo‘limlarni talabalar alohida fan sifatida o‘rganadilar va kurs loyihasini bajaradilar.
Talabaga loyihalash uchun topshiriq va 1:100000 masshtabdagi topografik karta beriladi. Bu kartaga 2 klass yaxlit triangulyasiya to‘ri loyihalashtiriladi. Ma'lumki, 2- klass triangulyatsiya to‘ri instruksiyaga muvofiq uzunligi 7-20 km bo‘lishi kerak.
Unda talaba kartaga taxminan 15-20 punktni loyihalaydi, shu bilan birga 1 punktga 140 kv.m. zichlik ta'minlanadi.


§ 2. Geodezik to‘rlarni loyihalash to‘g‘risida ma'lumot

Loyihalashning asosiy vazifasi shundan iboratki, ya'ni geodezik to‘rning shunday variantini ishlab chiqish kerakki, u aniqligi va punktlarning zichligi bo‘yicha qo‘yilgan talabga javob berishi kerak va uni joriy qilganda eng kam mehnat, mablag‘ va vaqt talab qilsin.


Geodezik to‘rlarni loyihalash uchta ketma-ket bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Loyihani tuzish uchun zarur ma'lumot va materiallarni yig‘ish;

  2. Karta va sxemalar geodezik to‘r loyihasining grafik sxemasini ishlab;

  3. Loyihani texnik va iqtisodiy asoslash hamda to‘rni barpo etish xarajatlarining umumiy smetasini tuzishdan iboratdir.

Loyihalashni muvaffaqqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi materiallar va ishni bajarish xududi to‘g‘risidagi ma'lumot zarur: 1:100000 va undan yirikroq masshtabdagi topografik karta, ushbu xududda oldin barpo etilgan planli va balandlik geodezik to‘rlari haqidagi materiallar, fizik-geografik va geomorfologik sharoitlar, gidrogeologik tadqiqotlar ma'lumotlari va x.o.
Loyihalash uchun yig‘ilgan boshlang‘ich ma'lumotlar puxta o‘rganilgan va sistemalashtilgan bo‘lishi kerak. Bu bosqichda, so‘ngra loyihalash paytida shuni inobatga olish kerak-ki, ya'ni geodezik to‘rning sifati, uni barpo etish aniqligi va tannarxi texnik loyihaning sifatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Qoniqarsiz ishlab chiqilgan loyiha dala ishlarini bajarishda ortiqcha mehnatni sarflanishiga, hamda vazifani vaqtida bajarilmaslikga olib keladi.
Geodezik to‘r loyihasini ishlab chiqishda oldin uning ahamiyati va talab qilingan aniqligiga ahamiyat berish lozim. Bu masalani yechgandan so‘ng ish bajariladigan xududning fizik-geografik va iqlimiy xusuiyatlarini hisobga olgan holda geodezik to‘rlarni barpo etish usullarini (triangulyasiya, trilateratsiya, poligonometriya, su'niy yo‘ldoshli usullar va x.o.) tanlash va asoslashga kirishiladi. Teng sharoitlarda geodezik to‘rlarini barpo etishda eng kam mehnat, material, pul mablag‘lari va vaqt sarflash bilan eng yuqori aniqlikni ta'minlaydigan bunday usullar eng maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu xudud uchun geodezik to‘rlarni barpo etish usulining optimalini tanlash maqsadida uni barpo etishning bir necha variantlari ishlab chiqiladi va oxigisi texnik-iqtisodiy hisoblashlar natijasiga ko‘ra qabul qilinadi.
Turli klassdagi geodezik to‘rlar ma'lum ketma-ketlikda loyihalanadi: oldin yuqori klassdagi to‘rlar loyihalanadi masalan, 1, so‘ngra 2, 3 va x.o.
To‘rni chizma loyihasini ishlab chiqishda har bir alohida punktlarning o‘rnini tanlashga katta etibor qaratish lozim. Davlat geodezik to‘rlarining barcha punktlari joyning eng baland nuqtalarida joylashgan bo‘lishi kerak. Bu esa birinchidan geodezik belgilarning minimal balandlikda yonma-yon joylashgan punktlar orasida o‘zaro ko‘rinishni ta'minlash, ikkinchidan kelajakda to‘rni hohlagan yo‘nalishda rivojlantirish imkoniyatini hosil qilishdan iborat. Joy relefi bilan muvofiqlashmagan o‘zaro yonma-yon joylashgan punktlar tomonlarining uzunliklari baland geodezik belgilarni qurish zaruratini keltirib chiqaradi yoki alohida punktlar orasida ko‘rinish bo‘dmaslikga olib keladi, bu esa ikkiala holatda ham texnik va iqtisodiy nuqtai nazardan noo‘rindir.
Barcha holatlarda geodezik punktlar shunday joylarga o‘rnatilishi kerak-ki, ya'ni ular planli holatda va balandligi bo‘yicha uzoq vaqt maboyinida saqlanishi lozim. Turli klassdagi triangulyasiya va trilateratsiya to‘rlarini loyihalashda past klassdagi to‘rlarni yuqori klassdagi to‘rlarga bog‘lashni ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Bog‘lashni to‘rning alohida punktlariga emas balki tomonlari bo‘yicha amalga oshirish lozim.


Triangulyatsiya loyihasini tuzish

Loyiha 1:100000 masshtabdagi topografik kartada tuziladi. Faraz qilamiz kartada triangulyasiya punktlari mavjud emas.


Talaba topshiriqni olib, geodezik to‘rni barpo etish uchun joyning relefini o‘rganishga kirishadi. Relefdan yaxshi foydalana bilish va punktlar uchun eng qulay joylarni tanlash belgilar balandligini kamaytirish imkonini beradi va bu bilan loyihani iqtisodiy jihatdan tejamli ekanligiga erishiladi.

Loyihani tuzishda quyidagilarni inobatga olish lozim:

  1. Triangulyatsiya punktlarini suvayirgich joylarning eng badand nuqtalariga joylashtirish lozim. Uchburchaklarni tomonlarining uzunliklari joyning relefi bilan muvofiqlashgan bo‘lishi kerak.

  2. Uchburchakning burchaklari 30° dan 120°gacha, tomonlari esa 7-20 km bo‘lishi kerak. Vizir nurining to‘siq ustidan minimal balandligi 2 metr bo‘lishi kerak.

  3. Refraksiyaning ta'sirini kamaytirish uchun yirik daryo va ko‘llar, qiyaliklar hamda shahar va zavodlar yaqinidan yo‘nalishlarni o‘tkazmaslik lozim. Zarurat bo‘lganda daryolarni to‘g‘ri chiziq ostida kesib o‘tish, ko‘llar yuzasini esa simmetrik ravishda kesib o‘tish lozim.

  4. To‘r karta listi trapetsiyasining barcha xududini teng o‘lchamda qoplovchi yaxlit (diagonal yo‘nalishlarsiz) bo‘lishi kerak.

  5. Loyihalangan to‘rning qarama qarshi tomonlarida ikkita boshlang‘ich tonlar (bazislar) belgilanadi. Bazis tomonlar svetodalnomerlar yordamida o‘lchaniladi va astronomik kuzatish orqali ikkita yo‘nalishning Laplas azimutlari aniqlanadi.

§ 3. Belgilar balandligi hisoblash




Download 186.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling