Oliy geodeziya


§ 10. KURS ISHINI BAJARISH VA RASMIYLASHTIRISH


Download 186.64 Kb.
bet9/11
Sana30.04.2023
Hajmi186.64 Kb.
#1411232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

§ 10. KURS ISHINI BAJARISH VA RASMIYLASHTIRISH BO‘YICHA UMUMIY TAVSIYALAR



  1. Kurs ishini bajarishga kirishishdan oldin, uslubiy ko‘rsatmaning mazmunini puxta o‘rganish lozim, zaruriy adabiyotlarni tanlab olish va ular bo‘yicha quyidagi masalalarni o‘rganish lozim:

1.Triangulyatsiya loyihasini tuzish. 2.Triangulyatsiya punktlarini rekognossirovka qilish.
3.Geodezik belgilar balandligini hisoblash.
4.Triangulyatsiya aniqligini hisoblash.

Dastlabki tayyorgarlikdan so‘ng talaba topografik karta bo‘yicha joyning rel'efini o‘rganadi va geodezik punktlar uchun joy tanlaydi, bunda 2-klass triangulyasiyaga qo‘yiladigan talablarga Nya qilish lozim. To‘r punktlari uchun tanlangan joylar kartada yumshoq qalam yordamida kichik doira shaklida belgilanadi. Punktlar orasidagi yo‘nalishlarni kartaga chizish tavsiya etilmaydi.


Keyinchalik ishni osonlashtirish maqsadida ishchi chizmani tuzish
lozim.
Buning uchun topografik karta o‘lchamidagi qog`ozga kartaning ramkasi va
barcha loiyihaviy nuqtalar ko‘chiriladi. Har bir loyihaviy nuqta (ya'ni geodezik punkt) joyga mos ravishda nomlanadi va dengiz sathidan balandligi yoziladi. Ishchi chizmada (kartadan foydalangan holda) yo‘nalishlar o‘tkaziladi va har bir yo‘nalishda eng baland to‘siqlar belgilanadi va dengiz sathidan balandligi yoziladi. Agar to‘siqda o‘rmon, qurilish va boshqa mahalliy predmetlar bo‘lsa, unda to‘siqning balandligi bu predmetlarning balandligini hisobga olgan holda aniqlanadi. Agar bitta punkt asosining balandligidan to‘siqning balandligi katta bo‘lsa ham uni belgilash lozim. Aks holda agar to‘siqning balandligi ikkala punkt balandligidan kichik bo‘lsa, unda bu punktlar orasida bevosita yerdan ko‘rinish bor, demak to‘siqni belgilash kerak emas. Ishchi chizmani tush yordamida chizish zarur. Keyingi ishlar ishchi chizmadan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

  1. So‘ngra talaba belgilar balandligini analitik va grafik usul bilan aniqlashga kirishadi.

Eng baland to‘siqlarga nisbatan to‘rtta boshlang‘ich punktlarni belgilar balandligini hisoblash lozim. Masalan, 158.2 to‘siqga nisbatan Alat punkti belgisining balandligini hisoblash lozim; demak, bir vaqtning o‘zida Narin punkti belgisining balandligini hisoblashga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, to‘siqlarni joylashishga bog‘liq holda talaba 4-8 punkt belgisining balandligini hisoblaydi va ularni korrektirovka qiladi. Bu punktlar belgilarining balandligini nazorat qilish uchun belgilar balandligi grafik usul bilan ham aniqlanadi. Bu ishlarning yakunida jadval tuzilib, barcha hisoblashlar jadvalga yoziladi(1-jadvalga qarang).
Yuqorida keltirilgan belgilar balandligini grafik usulda aniqlash qog‘ozda bajariladi. Qolgan punktlar belgilarining balandligi oddiy profil tuzish yo‘li bilan aniqlanadi (bu profillar loyihaga kiritilmaydi).
Belgilarning hisoblangan balandligiga bog‘liq holda punktlarda belgilarining quyidagi turlari quriladi:

  1. Agar bir-biri bilan bog‘langan punktlar orasida bevosita yerdan ko‘rinish bo‘lsa piramida quriladi.

  2. Agar hisoblangan belgining balandligi 10 metrdan kichik bo‘lsa, oddiy signal quriladi.

  3. Agar hisoblangan belgining balandligi 10 metrdan katta bo‘lsa, murakkab signal quriladi.

v)Loyiha qog`ozga ko‘chiriladi. Triangulyasiya punktlari quyidagi shartli belgilar bilan belgilanadi:


∆ - piramida (uchburchak tomoni uzunligi 5mm).

    • - oddiy signal (kvadrat tomoni uzunligi 5mm).

    • -murakkab signal (kvadrat tomoni uzunligi 5mm).

Shartli belgilar va trapetsiya ramkasi qora rangli tush bilan chiziladi. Belgining o‘ng tomoniga punktning nomi va signalning hisoblangan balandligi yoziladi. Boshlang‘ich tomonlar ikkitalik qizil rangli chiziqlar bilan chiziladi, qolgan yo‘nalishlar qora rangli tush bilan chiziladi.


Triangulyasiya qatori uchun kalkaga alohida sxema tuziladi. Chizish qoidalari va shartli belgilar xuddi shunday

g)Shundan so‘ng talaba aniqlikni dastlabki hisoblashga va triangulyasiya loyihasini matn qismini rasmiylashtirishga kirishadi. Bunda quyilagilarga Nya qilish lozim:



  1. Hisoblashlar uslubiy ko‘rsatmadagi sxema bo‘yicha bajarilishi kerak.

  2. To‘r loyihasining u yoki bu elementlari tegishli nomlar bilan yozilishi kerak (Masalan: L-Ooxirgi tomon azimutining o‘rta kvadratik xatosi va x.o.).

  3. Loyihaning matn qismi va hisoblashlarida hech qanday yo‘nalishlar bo‘lmasligi kerak, aniq va ravon yozilishi kerak.

  4. Hisoblashlarda oldin formula keltiriladi, so‘ng qiymatlar qo‘yiladi (oraliq hisoblashlarsiz) va yakuniy natijalar qisqartilgan shaklda o‘lchov birliklari ko‘rsatilgan holda yoziladi.

  5. Ko‘rsatmada ko‘rsatilgan joylarda hisoblashlarning taqqoslash tahlili keltiriladi va ularni qisqacha tushuntirish xati yoziladi.

6.2-paragrafning “Triangulyasiya loyihasini tuzish” qismida loyihani tuzish, triangulyasiya punktlarini rekognossirovka qilish to‘g‘risida qisqacha ma'lumotlar keltirish lozim va ulardan kelib chiqqan holda talaba o‘zining loyihasini tavsiflaydi (xarakterlaydi).
1.3-paragrafaning “Belgilar balandligini hisoblash” qismida geodezik punktlarning markazlari va belgilari hamda belgilar balandligini turli usullar bilan hisoblash to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.Bu
paragrafning oxirida loyihalanayotgan belgilar haqida umumiy ma'lumotlar berish lozim (ularni umumiy soni va turlari bo‘yicha miqdori, qaysi materialdan qurilishi ko‘zda tutilmoqda, vizir silindrining turi va x.o.).

d)Kurs ishining grafik qismida talaba quyidagilarni taqdim etadi: 1.Loyihaning topografik kartasi va ishchi chizmasi (loyihadan alohida). 2.Triangulyasiya loyihasi (qog`ozda).



  1. Triangulyasiya qatori sxemasi (qog`ozda).

  2. Belgilar balandligini grafik usulda aniqlash qag‘ozda.

e) Loyihaning matn va grafik qismi chizma qog‘ozda rasmiylashtirilishi kerak. Tituldagi yozuvlar namuna bo‘yicha Word dasturi orqali rasmiylashtiriladi. Kurs ishining mundarijasi birinchi betda keltiriladi.


TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR:




  1. Yuldashev A.O., Nazarov B.R. 5311500 - «geodeziya, kartografiya va kadastr» yo‘nalishi bakalavrlari uchun kurs ishini bajarish bo‘yicha“Oliy geodeziya” fanidanuslubiy ko‘rsatma. TAQI., 2020y.

  2. Tashpulatov S.А., Muborakov Х.М., Nazarov B.R. “Олий геодезия” ТАQI. 2014y.

  3. Lu,Z.; Qu, Y., Qiao, S. Geodesy: Introduction to Geodetic Datum and Geodetic Systems., “Spriger”.2014.

  4. Toshpo‘latov S.A., Avchiev Sh.Q. Oliy geodeziya. TAQI. 2003y.

  5. И.Ф. Куштин «Геодезия» Учебно-практическое пособия. М.

«Издательство ПРИОР». 2001г.

  1. N.V. Yakovlev. Высшая геодезия, 1992g

  2. Instruksiya po postroeniyu gosudarstvennoy geodezicheskoy seti, 1991g.

Интернет сайтлари

  1. www.ziyo.net

  2. www.bookpump.com

  3. www.geostart.ru

  4. www.geokniga.org

  5. www.studzona.com

  6. www. Trimble.com

Download 186.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling