132. Miya chayqalishi va uning sabablari, klinik belgilari, hamshiralik parvarishi haqida
ma`lumot bering.
J:
Miya chayqalishi
— eng keng tarqalgan bosh jarohati. Oddiy odamga oddiy lat yeyishni
miya chayqalishidan ajratib olish qiyin. Boshga har qanday zarar yetishida birinchi yordamni
ko’rsatish va shifokorni o’z vaqtida chaqirish muhimdir.
Miya chayqalishi
— kalla-miya jarohatining yengil shakli, kalla-miya travmatizmi tuzilishida
uchrashi chastotasi bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi. Miya chayqalishini davolashda asosiy
narsa — dam olish va uxlashdir. Biroq, miya chayqalishini jiddiyroq shikastlanish — miya lat
yeyishi bilan osonlikcha adashtirish mumkin. Ushbu travma majburiy medikamentoz davolash
va gospitalizatsiyani talab qiladi.
Har qanday holatda, boshga sezilarli
zarba berilganda, shifokorga uchrashish,
rentgen tasviri,
bosh suyagining yorilishlari, qon ketishi yo’qligiga amin bo’lish va nevrolog konsultatsiyasini
olish kerak.
MIYA CHAYQALISHIDA BIRINCHI YORDAM
Kichik bosh jarohatlarida (insonning o’z bo’yidan yuqori bo’lmagan balandlikdan yiqilishida),
hushini yo’qotmaslikda, jabrlanuvchiga birinchi yordam ko’rsatiladi va alomatlar kuzatilib
boriladi. Yuqoriroq
balandlikdan yiqilishda, qon ketishi va hushni yo’qotish kuzatilganda darhol
tez yordam chaqirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: