Оliy malaka tоifasi uchun: Nafas shovqinlari. Bronxial shovqin va vezikulyar shovqin orasidagi faqrni toping


KASALXONAGACHA KO’RSATILADIGAN MALAKALI YORDAM


Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/95
Sana11.11.2023
Hajmi2.4 Mb.
#1767326
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   95
Bog'liq
@TezyordamUZB Тоифа учун саволларга жавоблар

KASALXONAGACHA KO’RSATILADIGAN MALAKALI YORDAM 
Miokard infarkti bilan kasallangan bemorlarni davolashda asosiy maqsad — shikastlangan 
miokard sohasida iloji boricha tezroq qon aylanishini tiklashga va ta’minlashga qaratilgan. 
Bemorlarning sog’lig’i va hayoti ko’p jihatdan kasalxonaga yotqizilgunga qadar bo’lgan davrda 
yordam ko’rsatiilshiga bog’liq. 
Tez yordam shifokorlari oldida turgan eng muhim masalalardan biri — og’riq xurujini 
qoldirishdir. Chunki simpatoadrenal tizimining faollashishi natijasida yurak mushagining 
zo’riqishi oshadi va kislorodga bo’lgan ehtiyoj ortadi, bu shikastlangan soha ishemiyasini yanada 
oshiradi. Ko’pincha shifokorlar og’riqdan xalos qilish uchun narkotik analgetiklarni qo’llashlari 
mumkin, ko’pincha kasalxonagacha bo’lgan bosqichda morfin ishlatiladi. Agar narkotik 
analgetiklarni qo’llash ta’siri yetarli bo’lmasa, vena ichiga nitropreparatlar yoki beta-blokatorlar 
yuboriladi. 
Toj arteriyalarida qon aylanishini qayta tiklash ham davolashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qarshi ko’rsatmalar mavjud bo’lmaganda shifokor tez yordam mashinasida trombolizisni 
boshlashi mumkin. Ushbu muolaja hamma bemorlarga ham qilinavermaydi, uning mumkinligini 
shifokor EKG natijalariga asoslanib belgilaydi. Trombolizisning samaradorligi uning qay vaqt 
boshlanganligiga bog’liq bo’lib, yurak-qon tomir kasalligi boshlanishining dastlabki soatlarida 
trombolitik preparatlarni yuborish qon aylanishini yuqori ehtimollik bilan tiklashi mumkin. 
Tez yordam transportida olib ketish paytida trombolizni o’tkazish to’g’risidagi qaror vaqt 
omiliga bog’liq bo’ladi. Bunday preparatlar tez yordam mashinasi kasalxonaga yetib borishi 
vaqti 30 daqiqadan ko’p bo’lsa qo’llaniladi. 
MIOKARD INFARKTINI KASALXONADA DAVOLASH 
Qon aylanishini va toj arteriyalar o’tkazuvchanligni tiklashning eng yaxshi usuli — darhol 
tomirning angioplastikasini o’tkazishdir, bu vaqtda arteriya ichiga maxsus stent kiritiladi. Stent 
qo’yish miokard infarktining boshlanishidan keyingi dastlabki soatlarda ham talab qilinadi. Ba’zi 
hollarda yurak mushaklarini saqlab qolishning yagona yo’li shoshilinch toj arteriya shuntlash 
operatsiyasino o’tkazish hisoblanadi. 
Miokard infarkti bilan og’rigan bemor intensiv terapiya bo’limiga yotqiziladi. Kerak bo’lganda 
reanimatsiya bo’limiga yotqizilib, u yerda maxsus apparatlar yordamida shifokorlar bemorning 
holatini nazorat qilib turishadi. 
Ushbu kasallikni davolashda ko’plab dori guruhlarini qo’llash mumkin, chunki miokard 
infarktini davolashda bir vaqtning o’zida bir necha vazifani bajarish kerak: 
 
Tromb hosil bo’lishini oldini olish va qonni suyuqlashtirish uchun antikoagulyantlar, 
antiagregantlar va dizagregantlar guruhi dori vositalari qo’llaniladi; 
 
Miokard shikastlanishi hududini cheklash yurak muskullarining kislorodga bo’lgan 
ehtiyojini kamaytirish orqali erishiladi, buning uchun, beta-blokatorlar va AAF ingibitorlari 
(angiotenzin-aylantiruvchi ferment) ishlatiladi; 
 
Og’riq sindromining kamaytirilishiga narkotik va narkotik bo’lmagan analgetiklarni 
qo’llash bilan erishiladi; 
 
Qon bosimi darajasini normallashtirish uchun bemorga antigipertenziv preparatlar 
buyuriladi; 
 
Yurak ritmi buzilganda, bemorga antiaritmik preparatlar buyuriladi. 
Miokard infarktini davolashda ishlatilishi mumkin bo’lgan barcha dorilar guruhlari sanab 
o’tilmagan. Terapevtik usullar bemorning umumiy holatiga, buyraklar, jigar va boshqa 


J:
Silni aniqlash va davolash usullari odamzodga ko‘p yillardan beri ma’lum. 100 yildan ortiq davr 
ichida sil kasalligini qo‘zg‘a- tuvchi mikobakteriyalarni mikroskop yordamida aniqlash mumkin, silga 
qarshi samarali dorilardan esa, 50 yilga yaqin vaqt ichida foydalanilyapti. Shunga qaramasdan, har 
yili 2 millionga yaqin odam sil tufayli dunyodan ko‘z yumadi. Silni aniqlash va davo- lashning 
samarali usullari borligiga qaramasdan, bemorni, ayniqsa, yuqumli bemorlarni aniqlash va davolash 
tizimining yetarlicha yaxshi tashkil qilinmaganligi muammosi saqlanib qolmoqda. Bugungi kunda 
silga qarshi kurashishning DOTS nomi bilan ma’lum bo‘lgan strategiya mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda 
samarali va iqtisodiy jihatdan foydali deb tan olinib, JSST hamda Sil va o‘pka kasalliklariga qarshi 
kurashish ittifoqi tomonidan tavsiya qilingan. DOTS (ingliz. directly observed treatment, short-
course) — qisqa standart kimyoviy terapiyaning keskin cheklangan va nazorat ostiga olingan 
davolash strategiyasi.
JSST tavsiya qilgan silga qarshi kurashish strategiyasi tibbiy va ma’muriy tadbirlar majmuasi bo‘lib, 
aholigacha yetib boruvchi silni aniqlash va davolash dasturini ishlab chiqish hamda ishlatishga 
yo‘naltirilgan. Bu strategiya infeksiyaning tarqalishini oldini olish bilan birga, ko‘p hollarda o‘lim 
holatlarini ko‘paytiradigan va katta xarajat talab qiladigan doriga chidamli silning rivojlanishining 
oldini oladi.
Silning kimyoviy terapiyasi standart sxemalari JSST va Sil va o‘pka kasalliklariga qarshi kurashish 
ittifoqi tomonidan tavsiya qilingan. Ular silni samarali davolash hamda doriga chidamli sil 
rivojlanishining oldini olish imkonini beradi. Har bir silga qarshi dori qisqartirilgan belgi — harf bilan 
belgilanadi, masalan:
 
Izoniazid — H;
 
Rifampitsin — R;
 
Pirazinamit — Z;
 
Etambutol — E;
 
Streptomitsin — S.
Sil bemorlari kimyoviy terapiyasi ikki bosqichdan iborat: davolashning jadal bosqichi va quvvatlovchi 
bosqich.
Jadal bosqich — davolashning 1-bosqichida (2—3 oy) bemor unga tayinlangan davolashning 
rejimiga asosan 4—5 silga qarshi dorilarni qabul qiladi va bu vaqtda M. Tuberculosisning tez nobud 
bo‘lishi kuzatiladi. Natijada, bemor yuqumli bo‘lmay, doriga chidamlilik paydo bo‘lishining oldi olinadi. 
Bemor tayinlangan dorilarning hamma dozasini qabul qilishi muhimdir. Buning uchun bemor 
dorilarini qabul qilishini bevosita nazorat qilish kerak. Jadal bosqich davomida bemor ixtisoslashgan 
sil kasalxonasida davolanadi. Ba’zida davolashni ambulator sharoitda o‘tkazish mumkin.
Quvvatlovchi bosqich — silni davolashning 2-bosqichida (jadal davolash bosqichiga nisbatan bu 
davrda qabul qilinadigan dorilar soni kamayadi) shikastlangan o‘choqni zararsizlantirish uchun M. 
Tuberculosisning persist shakllariga ta’sir qilinadi. Bu bosqichda bemor ambulator davolanadi. Bemor 
o‘zini yaxshiroq his qilishi va boshqa har xil sabablarga ko‘ra, davolash ustidan to‘liq nazorat 
o‘tkazish qiyin bo‘lib qoladi. Bosqichda kimyoviy terapiya kursini uzilish xavfi ko‘payadi.

Download 2.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling