Mastopatiya, fibroz-kistoz mastopatiya
(
FKM
) — ko’krak bezlarining eng keng tarqalgan kasalliklaridan
biri hisoblanadi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) statistika ma’lumotlariga ko’ra, tug’ish yoshidagi
deyarli har ikkinchi ayol bu kasallik bilan tanish.
Patogeneziga ko’ra mastopatiya yaxshi sifatli gormonal kasallik hisoblanadi. Uning rivojlanishi uchun
asosiy sabab gormonal muvozanatning buzilishi hisoblanadi. Xususan, organizmda progesteron
yetishmasligi va giperestrogeniya — estrogen gormonining me’yordan ortiqligi fibroz-kistoz mastopatiya
rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu patologiya rivojlanishiga prolaktin ham bilvosita rol
o’ynaydi. U sut bezlari rivojlanishi va faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi, prolaktin sekretsiyasining ortishi bu
jarayonlari buzadi.
Yuqorida ko’rsatilgan gormonlar ishlab chiqarishdagi buzilishlar patologik gormonal disbalansga olib
keladi, bu esa alveola va ariqchalarni qoplovchi va biriktiruvchi to’qimalarning o’sib ketishiga va buning
oqibatida epiteliy va biriktiruvchi to’qima nisbatining patologik shakllanishiga olib keladi. Shu asnoda
ayollarda fibroz-kistoz mastopatiya kasalligining birinchi alomatlari bo’lgan ko’krak bezlarida yuqori
sekretsiya va og’riq yuzaga keladi.
FIBROZ-KISTOZ MASTOPATIYANING KLINIK TASNIFI
Zamonaviy tibbiyot FKMning ikkita asosiy shaklini ajratadi:
Diffuz (tarqoq);
Tugunli.
Diffuz shakli sut bezlarida tariq shaklidagi kichik tugunchalarning paydo bo’lishi bilan ta’riflanadi va o’z
vaqtida tashxis qo’yish va davolashga qarab, yoki so’rilib ketadi, yoki kattalashadi. Bu tugunchalar
tarkibiy qismining ustunligiga ko’ra, diffuz mastopatiya o’z navbatida to’rt guruhga bo’linadi:
Kistoz;
Fibroz;
Bezli (to’qimaning shiningdek parenxima deb ataladi);
Aralash.
Hosil bo’lgan shakllanma kattaligi diametriga 0.5-2 santimetrga yetsa, fibroz-kistoz mastopatiya tugunli
shaklga o’tadi.
Bundan tashqari, FKM kechish jiddiyligiga qarab uch guruhga ajratiladi: yengil, o’rta va sezilarli,
shuningdek, tugunchalar bir yoki ikkala ko’krakda paydo bo’lganligiga qarab bir yoki ikki tomonlama
shakllarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |