Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti
Download 401.59 Kb.
|
DURDONA Mdi tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
- NONI - ANTIVIR
Qo’llanilish tartibi va dozasi: har kuni 2 marotaba ertalab va kechkurun, ovkatlanishdan 30 daqiqa oldin, 1 donadan kapsula iliq suv bilan qabul qilinadi. Virus infektsiyasi paytida: 5 kun davomida 3 dona kapsula; 5 kun davomida 2 dona va 5 kuna davomid 1 bir donadan kapsula qabul qilinadi. Qabul qilish kursi davomiyligi - 15 kun.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar: Ush profilaktika vositaga o’ta sezuvchanlik kuzatilganida homilador va emizikli ayollarga, yosh bolalarga tavsiya etilmaydi. Alohida ko’rsatmalar: Biologik faol qo’shimchalar dori vositasi hisoblanmaydi. Tavsya etilgan dozalardan orttirilmasin. Qo’llashdan avval doktor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. NONI - ANTIVIR 1. Kurkumin (lot. Curcumin) flavanoid ekstraktlari - 5%; 2. Na’matak (lot. Fructus Rosea) ekstrakti konsentrati - 2,5%; 3. Noni sharbati konsentrati - 80%; 4. Oshqovoq (lot. Cucurbita) urug’i ekstrakti konsentrati - 2,5%; 5. Rutin (Vitamin P) poroshogi – 2,5%; 6. Sarimsoq (lot. Alliumsativa) ekstraktlari konsentrat – 2,5%; 7. Qora Sedan (lat. Nigella sativa) moyi - 5% Kurkumin flavonoidi yallig’llanishda ishtirok etadigan molekulalarni faolligini susaytiradi, immun tizimini rag’batlantradi, kuchli antioksidant sifatida hujayra membranalarini mustaxkamlaydi, suyak, bo’g’imlar faoliyatini yaxshilaydi, bakteriyalar rivojlanishini susaytiradi. Na’matak ( Rose L) mevasidan tayyorlangan konsentrat tarkibida, katta mikdordagi vitaminlar guruhi, mikroelementlar va mineral moddalar, odam immunitetining mustahkamlanishiga yordamlashuvchi aminokislotalar, uglevodlar, oqksillar, yog’lar, moy kislotalari va boshqa turdagi o’simlik moddalari mavjud. Noni sharbati - subtropik mamlaktlarda oʻsuvchi, doimo yashil ko’rinishli sitrusbargli Morinda (Morinda Citrifolia) daraxtining “noni” deb nomlanuvchi mevasidan tayyorlanadi. Sharbatning sifatini yaxshilash va uning ta’siri samaradorligini oshirish maqsadida, noni sharbati tarkibiga: Aloe vera (Aloe vera L) sharbati, Kokkoma (Cambodja Gertsiniyasi) mevasi, Greypefrut (Citrus Paradisi) mevasi sharbati qo’shilib tayorlanadi (AMV BOTANICS J-384 COMPANY, INDIA). Morinda (TNI- TAHITIAN NONI INTERNATIONAL USA) kompanyasining NONI sharbatlari esa, aloe vera sharbati, uzum va chernika mevalari ekstraktlari qushib ishlab chiqaradi. Oshqovoq urug’i - tarkibida inson organizmlari faoliyati uchun zarur bo’lgan: Aminokislotalar - alanin; arginin; valin; gistidin; metionin; izoleysin; leysin; lizin; triptofan; fenilalanin; tirozin; treonin; sistein; Vitaminlar katta miqdorda C, P va E vitaminlari: To’yinmagan moy kislotalari (olein, linolein, araxidon, Omega-6, Omega-3); fitosterol, 50 dan ortik turdagi makro va mikroelementlar borligi aniqlangan. Rutin (P - vitamin) moddasi molekulalari, viruslar ishlab chiqaruvchi tirik organizm hujayralari qobig’ini yemirish xususiyiyati bo’lgan fermentlarga ta’sir etib, fermentning yemiruvchanlik xususiyiyatini bloklaydi. Natijada virusning tirik organizmga yuqishi imkoniyati kamayayadi. Sarimsoq (Allium sativum L) piyozning maxsus texnologiya asosida tayyorlangan konsentrati tarkibida juda ham yuqori darajadagi antivirus, antibakterial va antiseptik xususiyiyatiga ega bo’lgan alkaloidlar va flavonoid moddalar guruhi mavjud. Ko’p yillik ilmiy izlanishlar shifokorlarga ularni yuqumli kasalliklar profilaktikasi uchun qo’llashga imkon beradi. Ularning ta’siri organizmning himoya kuchlarini stimullash, organizm hujairalarini o’stirish va patogen (kasallik chaqiruvchi) mikroorganizmlar o’sishini tuxtatish, shamollashni kamaytirish va erkin radikallarni yo’otish xususiyiyatiga raqobatdosh. Lekin tabiiy antibakterial mahsulot yaxshi o’rganilgan va bundan tashqari ko’p asrlik muvaffaqqiyatli foydalanish tajribasiga ega. Sarimsoq antibiotiklarga turg’un bo’lgan bakteriyalarga qarshi samarali vosita bo’lib, limfa tizimini stimullaydi va bu bilan organizmni tozalaydi. Dori vositalariga zid o’laroq u ichakni foydali mikroflorasini o’ldirmaydi, biroq patogen bakteriyalar o’sishini tuxtatadi. Sarimsoq tomirlarni kengaytiruvchi ta’sirga ega va qon bosimini tushiradi. Bundan tashqari sarimsoq qondagi xolesterin va yog’ kislotalarini kamaytiradi va tromblar (tomir ichidagi to’qilmalar) hosil bo’lish havfini kamaytiradi. Ko’plab ilmiy tajribalar natijasiga ko’ra, u patogen mikroorganizmlar oldida odam himoya tizimlarini buzuvchi gialuronidaza fermenti hosil bo’lishining oldini oladi. Tibbiyot olamida uning virusli va zamburug’li infektsiyalar va bug’im infektsiyalarida samarador va organizmning barcha infektsion va septik jarayonlarga qarshi turish qobiliyatini oshiradi deb hisoblash umum qabul qilingan. Qora sedana (lat. Nigella sativa) Bu o’simlik urug’lari ko’plab shifobaxsh xususiyatlarga ega, organizmdagi biologik jarayonlarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Qora urug’ining quyidagi biologik ta’sir etish xususiyatlari aniqlangan:• Immunitetni mustahkamlaydi; • Shamollash va yallig’lanishni oladi; • Ko’plab virus, bakteriya hamda zamburug’larni yo’qotadi; • Fikrlash jarayoniga ijoby ta’sir ko’rsatadi, stresslardan halos qiladi va ko’tarinki kayfiyat beradi; • Og’riq qoldirish va spazmolitik ta’sirga ega; • Jigarni himoya qiladi, unga tiklanishiga yordam beradi; • Ichak parazitlarini xaydaydi; • O’t ajralanishi rag’batlantiradi; • Ishchanlik qobiliyatini oshiradi; • Oshqozoning kislotaliligini kamaytiradi, hazm qilishni yaxshilaydi; • Qon bosimini gipertoniyaning ilk bosqichlarida samarali tushiradi; • Saraton hosilalarini o’sishini sekinlashtiradi, ularni payo bo’lishini oldini oladi; • Sochlarni qayta tiklanishiga yordam beradi; • Ayollarda sutni ko’paytiradi; • Organizmdan toksinlarni chiqaradi; Noni sharbati 150 dan ziyod tarkibiy tabiiy moddalarni o’z ichiga olgan, jumladan 16 turdagi aminokislotalar (salomatlik uchun zarur bo’lgan 20 xil aminokislotalardan 9 tasi) sharbatda jamlangan. Tarkibida A, B1, B2, B6, B12, C va E vitaminlari, niasin, biotin, pantoten va folat kislotalari mavjud. Suningdek minerallardan: azotli birikmalar, kaliy, kalsiy, magniy, marganes, molibden, mis, natriy, rux, fosfor, xrom, alkaloidlar va uglevodlar noni sharbat tarkibida mujassam. Ko’p yillik ilmiy tadqiqod va kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, muntazam ravishdagi noni sharbati iste’mol qilinishi, natijasida u organizmga immunodulyatorlik effektini beradi. Gripp epidemiyasi va boshqa turdagi virusli yuqumli kasalliklar tarqalgan payitda, morinda mevasidan tayorlangan sharbat, organizmni yuqumlikasalliklar tasiridan ishonchli himoya qiladi [19] . Xulosa: NONI-ANTIVIR qo’llanish uchun qulay, sifatli, havfsiz va yuqori samarali - Viruslarga qarshi oldini olish vositasi, har qanday turdagi viruslarga va shu ANTIVIRR FITO CHOYI, ANTIKOVIR, ASKAROVIR, NONI – ANTIVIR tabiiy mahsulotlari qo’llanish uchun qulay, sifatli, havfsiz va yuqori samarali - viruslarga qarshi yaxshi samara berib kelmoqda, lekin homilaga jiddiy ta’sirga ega bo’lgan TORCH infektsiyasi kasalligini batamom davolash hali ham dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Download 401.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling