Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Download 401.59 Kb.
bet15/26
Sana08.05.2023
Hajmi401.59 Kb.
#1444785
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
DURDONA Mdi tayyor

Qo’llanish tartibi va dozasi: har kuni 2 marotaba ertalab va kechkurun, ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 1 donadan kapsula, iliq suv bilan qabul qilinadi. Qobul qilish kursi davomiyligi - 15 kun.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar: Ush profilaktika vositaga o’ta sezuvchanlik kuzatilganida homilador va emizikli ayollarga, yosh bolalarga tavsiya etilmaydi.
Alohida ko’rsatmalar: Biologik faol qo’shimchalar dori vositasi hisoblanmaydi. Tavsya etilgan dozalardan orttirilmasin. Qo’llashdan avval doktor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
ASCAROVIR
1. Zanjabil (lot. Zingiber officinale) ekstraktlari konsentrat 20%
2. Kurkumin (lot. Curcumin) konsentrati ekstraktlari - 20%;
3. Na’matak mevasi (lot. Fructus Rosea) konsentrati 10%;
4. Oshqovoq (lot. Cucurbita) urug’i ekstrakti konsentrati 10%;
5. Rutin (Vitamin P) kukunlari - 1,0%;
6. Sarimsoq (lot. Alliumsativa) ekstraktlari konsentrat 10%;
7. Qalampirmunchoq (lot. Syzygium aromaticum) ekstraktlar 4,0%;
8. Qizilmiya (lot. Glycyriza) ekstrakti konsentrati 10%.
9. Qora Murch (lot. Piper nigrum) ekstrakti konsentrati – 5,0%
10. Qora Sedan (lat. Nigella sativa) ekstrakti konsentrat 10%;
Qo’shimcha komponentlar - farmatsevtika kraxmali, magniy stereoti.
ASKAROVIR BFQ odam organizmini viruslar ta’siridan himoya qilish, ya’ni viruslar profilaktikasi uchun maqsadli dastur asosida tayorlangan ozuqa qo’shimchasidir. ASKAROVIR BFQ tarkibida bo’lgan moddalar quyidagi xususiyiyatlarga ega.
Kurkumin flavonoidi immun tizimini rag’batlantiradi, kuchli antioksidant sifatida hujayra membranalarini mustahkamlaydi, suyak, bo’g’imlar faoliyatini yaxshilaydi, bakteriyalar rivojlanishini sussaytiradi.
Sarimsoqpiyoz va zanjabildan tayyorlangan konsentratlar tarkibida, antivirus, antibakterial va antimikrob xususiyiyatiga ega bo’lgan alkaloid va flavonoid moddalar guruhi mavjud.
Na’matak, Qora sedana va Qizilmiya o’simliklaridan tayyorlangan konsentratlar tarkibida, katta mikdordagi vitaminlar guruhi, mikroelementlar va mineral moddalar, odam immunitetining mustahkamlanishiga yordamlashuvchi aminokislotalar, uglevodlar, oqksillar, yog’lar, moy kislotalari va boshqa turdagi o’simlik moddalari mavjud.
Oshqovoq urug’i - tarkibida inson organizmlari faoliyati uchun zarur bo’lgan: Aminokislotalar - alanin; arginin; valin; gistidin; metionin; izoleysin; leysin; lizin; triptofan; fenilalanin; tirozin; treonin; sistein; Vitaminlar katta miqdorda C, P va E vitaminlari: To’yinmagan moy kislotalari (olein, linolein, araxidon, Omega-6, Omega-3); fitosterol, 50 dan ortik turdagi makro va mikroelementlar borligi aniqlangan.
Rutin (P - vitamin) moddasi molekulalari, viruslar ishlab chiqaruvchi tirik organizm hujayralari qobig’ini yemirish xususiyiyati bo’lgan fermentlarga ta’sir etib, fermentning yemiruvchanlik xususiyiyatini bloklaydi. Natijada virusning tirik organizmga yuqishi imkoniyati kamayayadi.
Qalampirmunchoq tarkibidagi asosiy efir moddasi - Evengol hisobiga, o’ziga xos betakror uforli va bir payitning o’zida, moyi virus va bakteriyalar rivojlanishiga qarshi kurashda yordam beradi. Shamollashda nafas olishni yengillashtiradi va qon aylanishini yahshilaydi.
Qora murch tarkibida piperin alkoloidi – qora murchning asosiy biologik komponenti bo’lib, unga o’ziga xos iforli hidga ega va achch ta’m beradi. Qora murch tarkibidagi piperin moddasi, BFQ tarkibi bo’lgan Kurkuminning organizmda o’zlashtirilishini 20 marotaba kuchaytiradi. Shu sababli, dunyoning ko’plab kompaniyalari tomonidan ishab chiqaralayotgan Kurkumin BFQlari tarkibiga piperin qo’shiladi.
ASKAROVIR biologik ozik-ovqat qushilmasining, viruslarga qarshi faollik xususiyatlari, RCQ Milestones Inc, Kanada kompaniyasi tomonidan 50-dan ortiq virus shtammlarida, shu jumladan 3-turdagi odam koronovirusi shtammlarida in vitro laboratoriya tajribalarida sinab ko’rildi va tajribalar natijasida ASKAROVIR biologik faol ozuqa qo’shilmasining, antivirus xususiyiyatlari qayd etildi. ASKAROVIR BFQ, har qanday turdagi viruslarning odam organizmiga ta’sir etishi boshlanishi jarayonida, bu virusni batamom yo’q qiladi va organizmida mazkur virusga qarshi antitelo ishlab chiqariladi. Natijada inson organizmi va immuniteti tizimida, ushbu virusga nisbatan virus vaksinasi effekti, ko’nikmasi vujudga keladi. Ushbu qo’llanish uchun qulay, sifatli, havfsiz va yuqori samarali – viruslarga qarshi profilaktika vositasi har qanday turdagi viruslarga va shu jumladan COVID-19 pandemiyasiga qarshi samarali kurashish vositalaridan biri sifatida tavsiya etiladi:
• Inson organizmi va immunitetini mustahkamlaydi;
• Kuchli antioksidant xususiyatli, tabiiy vosita;
• Qonni tozalaydi va tanada qon aylanishi tizimi yaxshilaydi;
• Jigarni toksinlardan tozalashga yordam beradi;
• Organizmni viruslar, mikroorganizmlar ta’siridan asraydi;
• Tananing surunkali tolikishi, tez xolsizlanish ruhiy stress, asabiy zo’riqish, jizzakilik va boshkalarda, samarali ta’sir etadi:
• Ekologiya muxiti buzilgan hududlar aholisi uchun, tog’ - metallurgiya, kimyo sanoati, kon-shahtalari, plastmassalar va yuqori radiatsiya muhiti mavjud bo’lgan ishlab chiqarish korxonalarining ishchi hodimlariga, tashqi muhitning zararli, unsurlari ta’siridan himoyalanish uchun tavsiya etiladi.

Download 401.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling