Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Download 401.59 Kb.
bet3/26
Sana08.05.2023
Hajmi401.59 Kb.
#1444785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
DURDONA Mdi tayyor

Mavzuning dolzarbligi. TORCH infektsiya muammosi, inson organizmiga viruslarning ta’siri jarayonini o’rganishda, profilaktika, diagnostika va davolash usullarini ishlab chiqishda sezilarli yutuqlarga qaramay, zamonaviy tibbiyotda hanuz eng muhim muammolardan biri hisoblanib kelmoqda. Dolzarbliligi sabablari orasida homila tushishi, xomila o’smay qolishi, homila bo’lmasligi, o’lik chaqaloq tug’ilishi yoki chaqaloq tug’ilgandan keyin nobud bo’lishi havfi bilan kasallik dunyo bo’yicha yetakchi o’rinda turadi. Chunki TORCH infektsiyasi kasalligini tashuvchisi insonlarning o’zi va hayvonlardir. Kasallik insonlarga bir-biridan jinsiy yo’l bilan, hayvonlardan esa: virusga chalingan hayvon go’shtini yaxshi pishirmasdan iste’mol qilinganda, qiymasini pishirishdan oldin ta’mini ko’rganda, hayvon so’lagi tekkan ko’katlarni yaxshi yuvmasdan iste’mol qilinganda, sutini yaxshi qaynatmasdan iste’mol qilganda, parrandalardan esa: kasallikka chalingan tovuqni go’shtini va tuxumini yaxshi pishirmasdan iste’mol qilganda va hozirgi kunda eng dolzarb muammo bo’lib kelayotgan onadan chaqaloqqa plasenta orqali, tu’g’ruq davrida va sut orqali yuqib kelmoqda. Kasallik alomatlarsiz kechganligi, bemorni bezovta qilmaganligi sababli kasallikga insonlar befarq bo’lib kelmoqda. Homilador ayollarda imuninet tushib ketganligi uchun istima yoki uchuq chiqib kasallik belgilari namoyon bo’ladi. Shunda ham doktr qistovi bilan homilador ayollar I-trimestrda qon topshirib virus aniqlangan taqdirda virusga qarshi zamonaviy sintetik dori-vositalarini qabul qilib kasallik ma’lum darajada kasallik bartaraf etilib kelinmoqda.
TORCH infektsiyasi kasalligini davolashda ishlatilib kelinayotgan zamonaviy sintetik-dori vositalari kasallikni davolashga yaxshi samara berib kelmoqda, lekin qo’shimcha yon ta’sirlarni yuzaga keltirmoqda.
Chunki, bu insonlar muhitida mavjud bo’lgan konserogen mahsulotlarining ko’payishi bu esa, o’sma kasalligining yanada rivojlanishiga sharoit yaratib bermoqda. Shuningdek, oddiy hujayraning o’smaga o’zgarishi sabablari, o’smalarning pot ogenezi, hamda ularning rivojlanishiga qanday sharoitlarda ko’payishiga aloqador ma’lumotlar ham mavjud emas.
Dunyoning ko’plab mamlakatlarida turli kimyoviy birikmalarining antioksinlari va fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’rganish sintez qilish usullarini o’rganib chiqish bo’yicha intensiv tadqiqotlar olib borilmoqda. Onkolog-shifokorlar saratonga qarshi dori vositalarning muhim miqdoriga ega, ularning hajmi yildan-yilga dunyoning ko’plab mamlakatlarida ekspimental onkologlar tomonidan o’tkaziliyotgan mitinglar, seminarlar hisobidan to’ldirib kelinmoqda.
TORCH infektsiyasi kasalliklariga qarshi kurashishning yuqori samarali vositalari va usullarini ishlab chiqish xalq sog’lig’ini saqlashning muhim vazifalaridan biridir. Ular orasida homilaga jiddiy ta’sir ko’rsatib kelayotgan viruslarni davolash uchun yuqori samarali dori vositalarning yaratilinishi va tibbiyot amaliyotiga joriy etish alohida o’rin tutadi. Shuning uchun bu xavfli kasallik bilan kurashishning yangi samarali vositalarni izlash, intensiv rivojlanishda davom etilmoqda.
Qidiruvni jadallashtirishi va yangi dori vositalarini yanada izchilroq tadqiq qilish ularni ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga olib kelinishi kerak (asosan, muvaffaqiyatsiz preparatlar sonini qisqartirish hisobiga).
Zamonaviy insoniyat jamiyati ilm-fan va texnik yutuqlardan faol foydalangan holda yashaydi va rivojlanib boradi. Bu yo’lda to’xtash va orqaga qaytish, insoniyat allaqachon egallagan dunyo haqidagi bilimlardan voz kechish deyarlik aqlga sig’dirmaydi, shuning uchun esa doimo izlanib kelinmoqda. Ilm-fan bu bilimlarni to’plash, ulardagi qonuniyatlarni, qidirish va ularni amalga qo’llash bilan shug’ullanadi.
TORCH infektsiyasi kasalliklarining davolashda tabiiy dori vositalardan yangi xalq tabobati uslublaridan ratsional foydalanish yo’llarini topish orqali, ushbu eng dolzarb muammoni ma’lum darajada hal etish mumkinligi mavzuning qay darajada dolzarbliginin tasdiqlaydi.

Download 401.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling