Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti
Download 401.59 Kb.
|
DURDONA Mdi tayyor
Sifilis yoxud zaxm kasalligi — jinsiy yo’l bilan yuqadigan, davolanmagan taqdirda juda jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi, ammo to’g’ri yondashuv bilan oson davolanishi mumkin bo’lgan kasallik sanaladi. Qo’zg’atuvchisi - treponema pallidum bakteriyasi. Kasallik bosqichlarga bo’linadi (birlamchi, ikkilamchi, yashirin va uchlamchi). Kasallikning har bir bosqichida o’ziga xos turli xil alomatlar kuzatiladi. Kasallik infektsiyalangan onadan homilaga o’tishi ham mumkin. Sifilisni seftriakson kabi preparat bilan davolash ham o’zining ijobiy natijalari va dinamikasini beradi - bu xatto homilador ayollar uchun ham, ayniqsa rivojlangan holatlarda ham buyuriladi. Ushbu preparatni tashkil etuvchi barcha birikmalar treponema pallidum hujayralarining bo’linishi va o’sishining ichki sintezini bostiradi. Davolash rejimi oddiy - kuniga 1 marta inektsiya, davolash kursi kamida olti oy. Yagona cheklov shundaki, shifokorlar sifilisning konjenital shaklini ushbu preparat bilan davolashmaydi. Agar shifokor sifilisning yashirin shaklini aniqlasa, davolash sxemasi va dorilar o’xshash bo’lib, immunostimulyatorlarni qabul qilish kursi va fizioterapiya muolajalari bilan to’ldiriladi. Sifilis erta bosqichlarda oson davolanadi. Odatda penitsillin kursi qo’llaniladi, mushak ichiga inektsiya shaklida kiritiladi. Penitsillinga allergiyasi bo’lgan bemorlar boshqa dorilar bilan davolanadi. Sifilis uchun samarali bo’lgan uyda davolanish yoki retseptsiz dori-darmonlar mavjud emas. Antibiotik treponema pallidumni o’ldiradi va daxshatli asoratlarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi, ammo asoratlar natijasida etkazilgan zararni tiklay olmaydi[10].
Sifilis infektsiyasini davolash uchun quyidagi sintetik dori – vositasidan foydalaniladi. Seftriakson: asosiy ta’sir etuvchi modda – seftriakson. Farmokologik xususiyati: seftriakson beta-laktam guruhi, sefalosporinlarni III avlodiga mansub bakteritsid ta’sirga ega yarimsintetik antibiotik. Ta’sir qilish mexanizmi transpeptidaza fermenti faolligini susayishi, mikroorganizm hujayralari devorida peptidoglikan biosintezini buzilishi bilan bog’liq. Preparat keng ta’sir doirasiga ega: aerob grammusbat mikroorganizmlar: fakultativ anaeroblar (penitsillinaza hosil qiluvchi shtammlarni ham qo’shganda), b-gemolitik A guruhi, V guruhi streptokokklari, noenterokokk D guruhi streptokokklari; grammanfiy mikroorganizmlar shu jumladan, mikroaerofillar; aeroblar, obligat bakteroid anaerob-turlari. Nojo’ya ta’siri: preparat qabul qilinganida allergik reaksiyalar (eshakemi, qichishish, eozinofiliya, zardob kasalligi, bronxospazm, ko’p shaklli ekssudativ eritema, anafilaktik reaksiyalar, kam hollarda – anafilaktik shok), stomatit, glossit, me’da-ichak yo’llari tomonidan esa ko’ngil aynishi, qusish, ta’m bilishni yo’qolishi, qorinda og’riq, disbakterioz, superinfeksiya, soxtamembranoz kolit paydo bo’lishi mumkin. Periferik qon ko’rsatkichlarini o’zgarishi, neytropeniya, limfopeniya, leykopeniya, trombositopeniya, kam hollarda – gemolitik anemiya yuz berishi mumkin, ayrim hollarda qon zardobi plazma omillarining (II,VII,IX,X) darajasi pasayadi, protrombin vaqti uzayadi, burundan qon ketishi kuzatiladi, xolestatik sariqlik rivojlanadi, siydikda kreatinin darajasi oshadi, silindrlar paydo bo’ladi, oliguriya, anuriya, biokimyoviy o’zgarishlar (jigar transaminazalari faolligini va bilirubinni qon plazmasida oshishi), o’tkir buyrak yetishmovchiligi, aritmiyalar, bosh og’rig’i, yuborish joyida og’riq yoki infiltrat, alohida xollarda yuborilganda flebit yoki tromboflebit bo’lishi mumkin[11]. Xlamidiya- bu jinsiy (tanosil) infeksiyasi bo’lib, juda yuqumli kasallik. Chlamydia trachomatis qo’zg’atuvchisi tomonidan kelib chiqadi. Infeksiya jinsiy yo’l bilan yuqadi. Xlamidiyani erta tashxislash qiyin, chunki kasallik uzoq vaqt davomida alomatsiz bo’lishi mumkin. Natijada, infeksiya surunkali holatga kelib, turli xil asoratlar bilan kechadi bu ba’zida bepushtlik va bola tushishini keltirib chiqaradi. Bolalarning infeksiyasi homiladorlikda - kasallangan homilador ayoldan plasenta orqali va tug’ruq paytida sodir bo’ladi. Ushbu infektsiya tufayli homila oldi suvlari infektsiyalanib, bolaning to’g’ri rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bolani muddatidan oldin tug’ilish ehtimoli katta bo’ladi. Bachadon membranasi muddatidan oldin yorilib suv ketib qoladi. Bola tabiiy yo’l bilan yoki kesarev – kesilish orqali tug’ilishidan qat’iy nazar Xlamidiyani yuqish extimoli juda katta. Agar bolaga Xlamidiya yuqib tug’ilsa, unda ko’z shamollashi, pnevmoniya kabi kasalliklar ilk kunlardanoq rivojlana boshlaydi. Bu davrda chaqaloqni pnevmoniyadan davolash juda kuchli nazoratni talab qiladi. Yaxshi davolanmagan holatda bola nobud bo’ladi. Xlamidiya infektsiyasining asoratlanmagan shakllarida (servitsit, uretrit, urogenital yo’llarda Xlamidiyaning asemptomatik tashilishi) tetratsiklin va doksisiklin buyuriladi. Eritromitsin uzoq vaqtdan beri xlamidiyani davolashda qo’llanilgan, azitromitsin (sumamed) dan ikki baravar ko’p faollikka ega, ammo dispeptik kasalliklar tufayli toqat qilish qiyin[12]. Xlamidiya infektsiyasini davolash uchun quyidagi sintetik dori – vositasidan foydalaniladi. Eritromitsin: asosiy ta’sir etuvchi modda – eritromitsin. Farmokologik xususiyati: eritromitsin makrolidlar guruhiga kiruvchi bakteriostatik antibiotik, ribosomalarning 50S subbirligi bilan qaytar ravishda bog’lanadi, bu aminokislotalar molekulalari o’rtasida peptid aloqalarining shakllanishini buzadi va mikroorganizmlar oqsillari sintezini bloklaydi (nuklein kislotalarning sinteziga ta’sir qilmaydi). Yuqori dozalarda qo’llanilganda, patogen turiga qarab bakteritsid ta’sir ko’rsatishi mumkin. Nojo’ya ta’siri: ovqat hazm qilish tizimidan: ko’ngil aynishi, qusish gastralgiya, qorin og’rig’i, tenezmlar, diareya disbakterioz, kamdan-kam hollarda – og’iz bo’shlig’i kandidozi, jigar faoliyatining buzilishi, xolestatik sariqlik, jigar transaminazalari faolligining ortishi, pankreatit. Eshitish organlari tomonidan: ototoksiklik - eshitish qobiliyatining pasayishi yoki quloqlarda shovqin. Yurak-qon tomir sistemasi tomonidan: kamdan-kam hollarda – taxikardiya, atrial fibrilatsiya yoki bo’lmachalar titrashi. Allergik reaksiyalar: torvoq va teri toshmalarining boshqa shakllari, eozinofiliya, kamdan-kam hollarda - anafilaktik shok. Mahalliy reaksiyalar: inyektsiya joyida flebit[13]. Download 401.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling