Yosh grammatikachilar o ‘z nazariyalarining induktiv xarakterini
doimo ta'kidlaganlari holda, til nazariyasi bilan bog‘liq bo'lgan
qator
muammolarni muhokam a qilisbni, tilning falsafiy masalalari
bilan shug‘ullanishni ortiqcha deb bildilar.
XIX asrning o ‘rtalarida tabiiy fanlarda qo'lga kiritilgan yutuqlar
barcha fanlarning tadqiqot metodologiyasiga katta ta ’sir qildi. Turli
fan tarmoqlarida m atem atik am allardan keng foydalanishga o'tildi.
Bevosita kuzatishda berilgan hodisalarni faqat ro'yxatga
olish
bilangina cheklanmasdan, ularni umumlashtirishga,
ular zamirida
yotgan mohiyatlarni aniqlashga o'tish harakati tufayli deduktiv
tamoyil o ‘rin ola boshladi,
Tilni o ‘rganishning bunday yangi tamoyillning
asosiy belgilari
Boduen de Kurtene asarlarida namoyon bo ‘ldi.
Natijada sof empirik, induktiv tamoyil bilan ish ko‘ruvchi yosh
grammatikachilar qarashlari bir qator olimlar tom onidan tanqidiy
baholana boshladi. Ana shunday yoshlarning eng ko'zga ko‘ringan
vakillaridan biri Ivan Aleksandrovich Boduen de Kurtenedir.
Yosh grammatikachilarga xos bo'lgan
til hodisalarini avtonom
holda analitik o'rganish o 'rn ig a ular o ‘rtasidagi m unosabatni
o ‘rganishga ko‘proq e'tibor qaratila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: