. yangi tamoyili eski yozma yodgorliklar tilini emas, balki so‘zla-
shayotgan kishilar nutqini o ‘rganish va til tarixi tahlili davomida
fonetik qonuniyatlar va analogiyalarni e'tiborga olish lozim, deb
hisobladilar.
3. Tilshunoslikda tadqiqot obyektining o ‘zgarishi nazariy asos-
ning o ‘zgarishiga olib keldi. Ularning metodologik tamoyilida til
faqat o ‘zi uchun yashaydigan msondan ta^qaridagi, uning ustida 2
2 — A. N urm onov
17
www.ziyouz.com kutubxonasi
turuvchi narsa emas, balki faqat individda mavjuddir degan g'oya
bosh g‘oyaga aylandi. Shuning uchun tildagi har qanday o ‘zgarish
faqat so'zlovchi shaxs bilan bog‘liq deb hisobladilar.
XIX asming 80-yiIlaridan boshlab alohida lingvistik oqim sifatida
e ’tirof etilgan va 50-yillar atrofida katta ilmiy kuch sifatida faoliyat
ko'rsatgan yosh grammatikachilar tilshunoslik tarixida ilmiy
mahsulotlarining ko‘pligi, ilmiy tekshirish metodining yetukligi va
til amaliyotiga ta’sirining kuchliligi jihatidan XIX asr va XX asr
boshlarida mavjud bo‘lgan lingvistik oqimlar ichida tengi yo‘q oqim
sanaladi.1
4.
Yosh grammatikachilar bir qancha tillar misolida juda katta
daliliy materiallarni to'plab, sistemalashtirib berdilar. Bu bilan
tilshunoslikning amaliy tom onini rivojlantirishga, yangi-yangi
lingvistik yo‘nalishlaming maydonga kelishiga zamin hozirladilar.
Natijada tilshunoslikda dialektologiya, lingvistik geografiya
yo'nalishlari vujudga keldi. Ularning faoliyati tufayli fonetika
sohasida, xususan, eksperimental fonetika sohasida va fonetik
qonuniyatlar yuzasidan katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |