F.de Sossyur sistemaning ikki muhim xususiyatini ko‘rsatadi:
a) sistemaning barcha a'zolari tenglikka ega; b)
sistema yopiq
hisoblanadi. Lckin keyinchalik til sistemasida ochiq sistemalar ham
borligi aniqlandi.
F.de Sossyur konsepsiyasida sistema atamasi bilan birgalikda
struktura atamasi ham muhim ahamiyatga ega. Struktura atamasi
ostida sistema a'zolarining munosabat tiplari tushuniladi.
E.Benvenist turli sistemalarni tahlil qilish
natijasida til shakllari
m a’lum strukturaga ega, degan xulosaga keladi va uning quyidagi
xususiyatlarini ko‘rsatadi:
1) u qismlari ustidan hukmronlik qiladigan m a'lum
butunlikning
birligi sanaladi;
2 )
bu birliklar m a’lum barqaror tamoyillar asosida shakliy tartibga
solingandir;
3) butunning barcha qismlari u yoki bu vazifani bajarganligi
tufayligina struktura xarakteriga ega bo ‘ladi;
4) bu qismlar m a’lum sathning har bir birligi
boshqa yuqoriroq
sathning kichik birligi, ya’ni butunning bo‘lagi b o iish i mumkin.
M unosabatlar yig in d isi tilning aloqa vositasi sifatida amal
qilishini belgilaydi. Bu esa uning sotsialligini ko'rsatadi.
Lekin tilning
boshqa sotsial hodisalardan, xususan, siyosiy, huquqiy hodisalardan
farqi nimada, degan savolga F.de Sossyur:
« T ilg ‘oyalami ifodalovchi
belgilar sistemasidir», deb javob beradi. Shuning uchun Sossyur
lingvistik ta'lim otida lingvistik belgi masalasi markaziy o 'rin n i
egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: