Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi abduhamid nurmonov struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/90
Sana06.09.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1673631
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90
Bog'liq
abduhamid nurmonov.struktur tilshunoslik ildizlari va yo\'nalishlari

1 Skalichka V. O'sha asar, 98-bct; Bcrezin F.M. O'sha asar, 264-bet.
Berezin F.M. 0 ‘sha asar, 265-bct.
125
www.ziyouz.com kutubxonasi


A m erika tilsh u n o sla ri (L .B lu m fild va unin g izd o sh lari) 
fonemaning distributiv belgilariga asosiy e’tiborni qaratadilar. Praga 
tilshunoslari esa fonem ani distinktiv (m a’no farqlash) belgilari 
yig‘indisi sifatida tushunadilar.
Fonem alarni m atndan ajratish usuli b o ‘yicha ham Praga va 
A m erika strukturalistlari o ‘rtasida m a’lum m a'n o d a um um iylik 
mavjud. Xususan, fonem a va uning variantlarini belgilashda har 
ikki m aktab vakillari uch tayanch nuqtaga asoslanadilar. Faqat 
bu uch tayanch nuqtaning 
nom lanishida ular o 'zaro farqla- 
nadilar.
Jum ladan, N .Trubetskoy yuqoridagi uch tayanch 
nuqtani 
fonemalarrting ajratish qoidalari deb nomladi va ularni tartib bilan 
birinchi qoida, ikkinchi qoida, uchinchi qoida deb bergan bo'lsa, 
Amerika tilshunoslari ularni distributsiya qoidalari deb nomlaydi. 
N Trubetskoyning birinchi qoidasini kontrast distributsiya, ikkinchi 
qoidasini qo ‘shimcha distributsiya, uchinchi qoidasini csa erkin 
almashinish distributsiyasi nomi bilan yuritadilar.
Shu bilan birgalikda ko‘pchilik Amerika tilshunoslari semantik 
to m o n n i n azard an so q it q ilad ilar. Praga tilsh u n o slari 
esa 
fonemaning m a’no farqlash vazifasiga doim o ta ’kid beradilar.
Praga tilshunoslari Amerika transformatsion metodiga ham 
tanqidiy baho beradilar.
Bu m etodning til sistem asining dinam ik tabiatini hisobga 
olmaslikda ayblaydilar.
Shuningdek, Praga lingvistik maktabi Amerika tilshunoslari 
tom onidan olg‘a tashlangan BI tushunchasini ham qabul qilishni 
xohlam aydilar. U larning fikricha, BI morfologik va sintaktik 
birliklarni e’tiborga olmagan holda til birliklarini mexanik distributiv 
tahlil qilishga olib keladi.
Praga tilshunoslari Amerika tilshunoslari 
tom onidan ilgari 
surilgan tilning sathlarga bo'linishi g'oyasi va unda har bir sathning 
boshqa sathdan chegaralanishi masalasi b o ‘yicha cheklangan 
tom onlarni to ‘ldirishga harakat qiladi. U la rb ir sathda ro ‘y bergan 
o'zgarish boshqa m a’lum sathlarga ham ta'sir etishi mumkinligini 
ta'kidlagan holda, turli til sathlari o'rtasida mavjud bo'lgan o ‘zaro 
munosabatlarni hisobga olishga chaqiradi.
126
www.ziyouz.com kutubxonasi


Amerika tilshunoslari tilning sinxron holatini o'rganishga jiddiy 
e ’tibor berish barobarida, til va jamiyat o ‘rtasidagi o ‘zaro aloqani 
o ‘rganishrri nazardan soqit qiladilar. Bundan farqli ravishda Praga 
tilshunoslari har bir til jam iyatning kommunikativ va ekspressiv 
ehtiyojlarini qondirish uchun xizm at qilishini, shuning uchun 
jamiyat bilan uzviy bog iiq ekanligini ta ’kidlaydilar.
III. 
Amerika deskriptiv lingvistikasi bilan glossematika o'rtasida 
m a iu m umumiylik va ayrim farqli jihatlar mavjuddir.
Har ikki yo‘nalishning umumiy tomonlari shundaki, ularning 
har ikkisi Iingvistik holatlarni m atem atik ifodalar yordamida bayon 
qilishga urinadilar. Jumladan, Z.Xarris o ‘zining lingvistik tahlilining 
m atem atik xarakteriga ega ekanligini bayon qilsa, L.Yelmslcv 
o'zining bosh maqsadi lingvistik algebrani yaratish ekanligini 
ta ’kidlaydi. Ularning har ikkisi tilshunoslikning asosiy vazifasi 
Iingvistik tadqiqot texnikasini ishlab chiqish deb biladilar.
Har ikki maktab a n ’anaviy lingvistik atam alardan voz kechgan 
holda, atam alarning um um iy sistemasini, metatilni yaratishga 
urinadilar. H ar ikki maktab vakillari ikki a ’zoli bo'lishni m a’qul- 
laydilar:
Ular har qanday jum lani dastlab ikki qismga ajratadilar. Bu 
qismlaming har birini yana ikki qismga boMadilar. Shunday bo'linish 
bo'lm ishning oxirgi ishtirokchisiga qadar olib boriladi. Bunday 
tamoyilni L.Yelmslev deduktiv deb atasa, Amerika tilshunoslari 
BI tahlili deb nomlaydilar.
Shu bilan birgalikda bu ikki yo‘naIish o'rtasida jiddiy farqlanish 
ham mavjud. Bunday farqlanish tilshunoslikning fan sifatidagi 
mazmuni va vazifasirri turli xil tushunishdan kelib chiqadi.
A m erika tilshunoslari o 'zlarin in g oldilariga tilni tavsiflash 
modellarini hosil qilishrri asosiy maqsad qilib qo ‘yadilar. Glos- 
sematiklar tilni m atnlar yig'masi bilan tenglashtiradilar. Ana shu 
matnlarni ziddiyatsiz va to ‘liq tavsiflashni bosh maqsad qilib oladilar. 
Lekin bu m a tn la r k o ‘p in c h a d ed u k tiv , fikran tav siflan ad i. 
Boshqacha qilib aytganda, oldindan ishlab chiqilgan tushunchalar 
matnga, ya’ni tilga nisbatan berilganday bo‘ladi.
Agar m atnni strukturlashtirish (ularning distributsiyasi, q o ‘shi- 
lishi va b.) A m erika tilshunoslarining asosiy m aqsadi b o ‘lsa,
127
www.ziyouz.com kutubxonasi


glossematiklaming yakuniy maqsadi doimiy va barqaror belgilarni 
qidirishdan iboratdir.1 Amerika tilshunoslarining tekshirish obyekti 
bevosita nutqiy jarayon sanaladi. Shuning uchun ular boy daliliy 
materiallarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldilar. Lekin ularga 
aniq m a ’ium bir tildagi yoki u m u m an tiltia m avjud b o 'lg an
munosabatlar sistemasini aniqlash hech qachon nasib etm adi.2

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling