Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi abduhamid nurmonov struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
abduhamid nurmonov.struktur tilshunoslik ildizlari va yo\'nalishlari
1
Xancen K. nym n uejw crpyKT>'pajiH3Ma. - B5I, 1959, N° 4, c.92. 121 www.ziyouz.com kutubxonasi Strukturalizm maktablarining o ‘ziga xos jihatlari K o‘pchilik mutaxassislarning e'tiro f etishlaricha strukturalizm- ning Praga va Kopengagen maktablari o'zaro qutbiy zidlanishda b o iib , ularning oralig'ida Amerika deskriptiv lingvistikasi turadi. Bu shuni ko ‘rsatadiki, Praga lingvistlari m a iu m jihatlari bilan glosemmatiklardan farq qilgan holda, Amerika tilshunoslariga yaqin keladilar. Shu bilan birgalikda Praga va Kopengagen maktablarining umum iy jihatlari ham mavjudki, bu tomonlari bilan har ikki maktab Amerika maktabiga qaram a-qarshi qo ‘yiladl. I. Strukturalizm ning ikki qutbida turuvchi Praga lingvistik m aktabi bilan K opengagen lingvistik m aktabi o'rtasidagi farqli to m o n lar V ladim r Skalichkaning «Kopengagen strukturalizm i va Praga maktabi» m aqolasida aniq o ‘z ifodasini topgan. Bu ikki lingvistik m aktab o ‘rtasidagi quyidagi farq larn i k o ‘rsatish m um kin: 1. L.Yelmslevning fikricha, hozirgacha bo ‘lgan tilshunoslik bir- biridan ajralgan turli hodisalardan tashkil topgan. U lardan biri psixologiyaga, ikk in ch isi fizikaga, u c h in ch isi fiziologiyaga, to ‘rtinchisi tarixga, beshinchisi m antiqqa yaqin turadi. L.Yelmslev ana shunday parchalanishdan xalos bo'lish uchun tilshunoslikni boshqa fanlar yukidan ozod qilishni istaydi. Ana shu maqsadni amalga oshirish uchun tilni transsendent o'vgamsYidan, ya'ni tildan tashqari hodisalar ta'sirida o ‘rganishdan im m anent o'rganishga o ‘tishni tavsiya etadi. Lingvistik nazariya tilni o ‘rganishda unga tildan tashqaridagi hodisalar konglamerati sifatida emas, balki o ‘z ichida yopiq bir butun struktura, o ‘ziga xos xususiyatga ega bo‘Igan struktura sifatida o ‘rganish lozimligini ta'kidiaydi. X uddi m ana shu jih a t Praga m aktabi bilan K opengagen maktabi o ‘rtasidagi birinchi va eng m uhim farqlanish hisoblanadi. C hunki Praga lingvistik m aktabi vakillari tilni tildan tashqaridagi b o rliq b ila n b o g ‘liq h o ld a o ‘rg a n a d i va n u tq iy fa o liy a tn i guruhlarga ajratish uchun m uhim omil sifatida lingvistik aloqada b o 'lg a n s o 'z la s h u v c h ila rn in g o ‘zaro m u n o sab a ti: u la rn in g ijtim oiy, kasbiy, hud u d iy va q arin d o sh lik aloqalariga jiddiy 122 www.ziyouz.com kutubxonasi e ’tibor beradilar. Shuningdek, tillarning o ‘zaro aloqasi, tillar ittifoqi, badiiy til kabi m asalalar ham Praga tilshunosligining diqqat m arkazida b o ‘ladi. 2. L.Y elm slev tiln i n u tq d an ajratgan holda, tilga sotsial qo ‘llanishi va moddiy gavdalanishiga bog'liq bo'lm agan sof shakl hisoblanuvchi sxema sifatida yondashadi. Shu bilan birgalikda uni bevosita kuzatishda tu rlich a gavdalanuvchi m oddiy vositalar yordamida tushuntirilishi m umkin b o ‘lgan va muayyan ijtimoiy g u ru h to m o n id a n q a b u l q ilin g a n k o ‘n ik m a la r y ig ‘in d is i hisoblanuvchi «uzus» sifatida ham e ’tirof etadi. L.Yelmslev til tushunchasini izohlashda F.de Sossyurning tilni shaxmat o ‘yiniga qiyoslaganiga ko‘proq e ’tibor beradi. Shunfng uchun u til sxcma sifatida o ‘yindan boshqa narsa emasligini, shaxmatda muhim narsa donalarining material tom oni emas, balki o ‘yin qoidasi ekanligini ta ’kidlaydi. Praga tilshunoslari esa bunga e ’tiroz bildirgani holda, shaxmat o ‘yini o ‘n yoshli o ‘quvchi osongina o ‘zlaslitirib oladigan bir necha qoidalarning yig'indisigina emas, shaxmat o ‘yinidagi muhim narsa sezish qiyin bo ‘lgan, doim iy o'zgarib turuvchi vaziyat sanalib, o ‘yinning muvaffaqiyatini ta ’minlash uchun ularni doim o e'tiborga olish lozimligini ko'rsatdilar. Bu dalillarning barchasi tilni sotsial shart-sharoitga bog'liq holda o'rganish lozimligini ko‘rsatishini bayon qiladilar. 3. Glossem atiklar tom onidan m atem atikadan o ‘zlashtirilgan empirizm tamoyili talabi: 1) ziddiyatga yo‘l qo'ymaslik; 2) tavsifning to'liqligi; 3) soddalik Praga tilshunosligi uchun begona. L .Y elm slev n azariy asi u c h u n e m p iriz m n in g y u q o rid ag i belgilarining ikkinchisi, ya’ni tavsifning to'liqligi tamoyili tayanch nuqta sanaladi. Bu tamoyil tilni har qanday sotsial shart-sharoitdan uzilgan mustaqil struktura sifatida o ‘rganishga imkon beradi. Lekin tilning adabiyot, jam iyat, m adaniyat, san 'at bilan b o ‘lgan barcha murakkab m unosabatlarini yoritishda bu talabni q o ‘yib b o ‘lmaydi. Shuning uchun Praga tilshunoslari tilning boshqa hodisalar bilan yuqoridagi murakkab m unosabatlarini e ’tiborga olib, uni m atndan ajra lg an h o ld a t o ‘liq tav sifi h a q id a g a p irib b o ‘lm aslig in i ta'kidlaydilar. 123 www.ziyouz.com kutubxonasi 4. Epirik tamoyil L.YeImslev uchun induksiyani bildirmaydi. Aksincha, u induksiyaga kcskin qarshi chiqadi va deduksiyani olg'a suradi. Deduksiya ostida L.Yelmslev butundan b o ‘lakka, ya’ni bir butun m atndan abzasga, abzasdan jum laga, ju m ladan so‘zga, so‘zdan tovushga qarab yo‘nalishni tushunadi. V. Skalichkaning e 'tiro f ctishicha, bunday yo'nalish, albatta, foydadan holi emas: butun har doim qismlari yig‘indisidan katta. Lekin bu tilshunosni qanoatlantirmasligi kcrak. Chunki qism faqat butunning qismigina cmas, balki u o ‘zining mustaqil hayotiga va obyektivlikka nisbatan mustaqil munosabatiga ham ega boMadi'. Shuning u ch u n Praga tilshunoslari L.Y clm slevning deduktiv tamoyilini ham rad etadilar. 5. G lossem atiklar ham , Praga tilshunoslari ham funksiya tushunchasiga tayanadilar. Lckin funksiyaning talqinida bir-biridan farqlanadilar. Praga tilshunoslari funksiya atamasi ostida maqsad yoki vazifani tushunadilar. Xususan, Gavranek «Tilshunoslikdagi strukturalizm haqida» maqolasida til haqida fikr yuritar ekan, u doim o m a’lum maqsadni yoki funksiyani bajarishini ta ’kidlaydi. Praga tilshunoslari tom o n id an funksiya atam asi lingvistik birhklarning m a'nosi yoki m a'noli birliklar strukturasi haqida gap ketganda q o ‘llaniladi. M asalan, so‘zning funksiyasi, m orfem a funksiyasi, fonema funksiyasi kabi. Glossematiklar va shaxsan L.Yclmslcv qo‘llagan funksiya atamasi matematikadagi funksiya atamasi m a’nosiga yaqindir. Ya’ni bu atama glosscmatiklar tom onidan qat'iy bog‘liqlikni ifodalash uchun qo ‘llaniladi. L.Yelmslev talqini bo‘yicha funksiyaning bir qancha turlari mavjud. Masalan, so‘z kategoriyasi ham, fe’l boshqaaivi ham, ega va kesim munosabati ham funksiya sanaladi. Lingvistik birliklarning ifodalovchi tomoni ham, ifodalanmish tomoni ham har biri funksiya hisobianadi. L.Yelmslevning fikriga ko‘ra, tilda bir qancha funksiyalar mavjud. Shuning uchun funksiya tiplarini belgilashga harakat qiladi. K o‘rinadiki, «funksiya» atamasining L.Yclmslev talqini uning tilga va tilshunoslikka um umiy qarashi bilan uzviy bog‘liqdir. 1 1 Skatichka V. 0 ‘sha asar, 96-bct. 124 www.ziyouz.com kutubxonasi L.Yclmslev sof munosabat bo‘lmagan narsalarni tilga kiritmaydi. Demak, tilda u funksiya deb nomlagan birqancha munosabatlardan boshqa hech narsa qolm aydi1. 6. L.Yelmslev F.de Sossyur g‘oyalari ta'sirida tilni ikki am orf massa — tafakkur dunyosi va tovushlar dunyosining qo‘shilishidan iborat deb tushunadi. Bu ikki tom onning qo'shilishi natijasida hosil bo‘lgan til substansiya emas, shakl sanaladi. Ifoda plani bilan m a’no planining ajratilishi tilrri tashqi olam dan ajratib qo ‘yadi. Fikrining isboti sifatida rang spektrini keltiradi. L.Yelmslev fikricha, rang spcktrida am orf uzluksizlik mavjud. Xuddi shuningdek, tilda ham a m o rf uzluksizlik b o ‘lib, u turli tillarda tu rlich a ifodalanish xususiyatiga ega. Masalan, son kategoriyasiriing ifodalanishida buni kuzatish mumkin. Bir guruh tillarda birlik va ko'plik son, boshqa tillarda esa birlik — ikkilik — ko'plik son, yana boshqalarida birlik - ikkilik — uchlik — ko'plik son kategoriyalari mavjud. Praga tilshunoslari tilning form a yoki substansiya ekanligi masalasini farqlashni hech qachon kun tartibiga qo ‘ymagan. Shu bilan birga tashqi olam am orf substansiya ekanligiga ham jiddiy e ’tiroz bildiradi. Gavranck yuqoridagi maqolasida tilni Hngvistik belgilar strukturasi sifatida, y a ’ni tashqi olam bilan bevosita m unosabatda bo‘lgan belgilar sistemasi sifatida izohlaydi1 2. F.M .B erezinning ta ’kidlashicha, L.Yelmslev nazariyasining amaliy ahamiyati o ‘ta cheklangan bo ‘lsa, Praga tilshunoslari alohida tillar sistemasini tadqiq etishda, ayniqsa, fonologiya sohasida tilshu- noslikka katta hissa qo ‘shdilar3. II. Agar Praga lingvistik maktabining glossematika maktabidan hech narsa olishi mumkin bo‘lmagan b o isa , fonologiya sohasida Praga lingvistik maktabi bilan deskriptiv lingvistika o ‘rtasida bir qator umumiyliklar mavjud. H ar ikki m aktab vakillari ham fonologiya birligi fonem a ekanligini e'tiro f etadilar. Lekin fonem ani ajratish metodi va uning mohiyati masalasida ular farqlanadilar. 1 Skalichka V. 0 ‘sha asar, 97-bet. Download 4.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling